5
o„rganishga, nutqda so„zni o„rnida ishlatish ko„nikmalarini chuqurlashtirishga ijobiy ta‟sir etadi.
Ona tili o„qitishda oldingi o„rganilganlarga tayanib, yangi tushunchalarni kuzatish, guruhlarga
ajratish,
qiyoslash, umumlashtirish orqali qoida, ta‟rif chiqarishga o„rgangan o„quvchi bir –
biriga o„xshash va farqli xodisalar ustida ishlaydi, o„qituvchi yordamida xulosa va hukm
chiqaradi. Ona tili izchil kursida fonetika,
leksikologiya, o„zaro bog‟liq holda bir yaxlitlikni
tashkil etadi. Boshlang‟ich sinflarda o„rganilganlarga suyangan holda so„zning umumiy tahlilini
o„tkazish o„quvchini mustaqil, ijodiy fikrlashga, ixcham, lo„nda va aniq chiqarishga,
har bir
tovush va so„zdan unumli foydalanishga o„rgatadi.
Grammatik tahlildan namuna.
Birinchi ish. «Viloyat» so„zining fonetik tahlili.
Ikkinchi ish. Viloyat – ot, turdosh, aniq, bosh kelishik, birlikda.
Uchinchi ish. Yuqoridagi so„zga ma‟nodosh va uyadoshlar topish.
Undoshlar: viloyat - hudud, tuman, mavzu, mahalla,ko„cha va h.k.
To„rtinchi ish. Topilgan so„zlar ishtirokida so„z birikmasi yoki gap hosil qilish: Sirdaryo
viloyati Mirzacho„l hududida joylashgan.
Birinchi ish fonetik tahlilga bag‟ishlangan bo„lib, unda so„zdagi tovush – harflar tasnifi,
ochiq va yopiq bo„g‟inlar, harf va tovushlar soni aniqlanadi, bo„g‟inlarga ajratiladi va sanaladi.
Yuqoridagi
ishlar bajarilgan, mazkur so„z morofologik tahlil qilinadi; so„zning lug‟aviy
ma‟nosini aniqlash maqsadida uning ma‟nodoshlari va uyadoshlari topiladi; ular ishtirokida so„z
birikmasi yoki gap hosil qilinadi. So„zning bunday umumiy tahlili o„quvchining tildan
egallangan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish,
qolaversa, o„quvchi bilim
darajasini nazorat qilish uchun mo„ljallangan. Lekin grammatik tahlilning o„zi DTS talablarida
ko„rsatilgan barcha talablarni amalga oshirish uchun kifoya qilmaydi.
Tahlilni DTS talablariga xizmat qildirish uchun til bo„limlarini o„zaro aloqadorlikda
o„rganish tahlilni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga yo„naltirish maqsadga
muvofiqdir.
Erkin, ravon fikrlashni o„rganishda so„z qoliplari ustida ishlashning imkoniyatlari ham
benihoya keng.
6
Turli iboralar ma‟nosini, so„z etimologiyasini bilish yoshlar uchun o„ta qiziqarli. O„zbek
tili tarixi, uning tili, unda ro„y berayotgan o„zgarishlar, lug‟at tarkibida yangi so„zlarning paydo
bo„lishi va ma‟no
nozikliklari hosil qilishi, grammatik qurilishning takomillashib borishi kabi
hodisalarni o„zaro aloqadorlikda tahlil qilish yaxshi samara beradi.
- «qildan qiyiq axtarmoq» – yomon niyat bilan aybi yo„q inson faoliyatidan ayb topmoq;
ma‟nodoshi «tirnoq orasidan kir izlamoq».
- «Bag‟ri tosh» - bemehr, iltifotsiz; ma‟nodoshi: «tosh yurak», «ko„ngli qattiq».
-
«Bahri – dili ochildi» - kayfiyati yaxshilandi; ma‟nodoshi: «dimog‟i chog‟ bo„ldi»,
«ko„ngli ochildi» va h.k.
Fanlararo bog‟lanish turli ta‟lim bosqichlaridagi ona tili darsliklarida (o„quv topshiriqlari
tizimida) ko„proq o„z yechimini topishi darkor.
Aniq va ijtimoiy – gumanitar fanlardan matnlar tanlash, atama, so„z va ko„chma ma‟noli
so„z, so„z
birikmasi, ibora va tasviriy ifoda kabilarni tanlash, ular ishtirokida gap va matnlar
qurish, so„z ma‟nolarini konspekt ichida farqlashni singdirish, o„quvchining fikr doirasini
kengaytiradi, kommunikativ savodxonlik darajasini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: