“TASDIQLAYMAN”
Termiz davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori________________ Oʻ.Xoliyorov
2022-yil 23 - Termiz shahri
Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.03.2021. Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning Djabbarova Shoira Baltayevna tomonidan taqdim etilgan “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (oʻzbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya yuzasidan 2022-yil 23-sentyabrdagi _sonli yig‘ilishi
BAYONNOMASI _
QATNASHDILAR: (Ilmiy seminarning 13 a’zosidan 13 a’zosi ham to‘liq ishtirok etdi, bayonnomaga qayd varoqsi ilova qilinadi)
f.f.d., (DSc) dots. Sh. Mahmaraimova (rais), f.f.n, dots. Sh. Yoqubov (rais oʻrinbosari), f.f.f.d., (PhD) Z. Normurodov (ilmiy kotib), f.f.d., prof . P. Bakirov, f.f. d (DSc) prof B. Umurqulov, f.f.d. prof. A. Mamatov, f.f.d (DSc) dots. Gʻ. Mirsanov, f.f.f.d. (PhD) Sh.Omonturdiyeva, f.f.f.d. (PhD) A.Xudoyqulov, (PhD) M.Hoshimxoʻjayeva, f.f.f.d. (PhD) dots. A. Eshmuminov, f.f.f.d. (PhD) O‘.Xolyorov.
KUN TARTIBI:
Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Djabbarova Shoira Baltayevnaning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidagi Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (oʻzbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi.
ESHITILDI:
Rais: Hurmatli seminar a’zolari! Bugungi seminarimiz yigʻilishida 13 nafar seminar a’zosi ishtirok etyapti. Majlisimizni boshlashimiz mumkin. Agar ma’qul koʻrsangiz, yigʻilishimizni boshlasak. Bugungi majlisimizning kun tartibida bitta masala qo’yilgan. Tadqiqotchi Djabbarova Shoira Baltayevnaning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidagi Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (oʻzbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi. Agar ma’qul boʻlsa, kun tartibiga ovoz berishingizni soʻrayman. Rahmat. Dissertant Shoira Baltayevna haqida ma’lumot berish uchun soʻz ilmiy seminar kotibi Zayniddin Normuradovga.
Do'stlaringiz bilan baham: |