ftorlangan polimerlar) tabiiy polimerlarga kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan hosil
organik shisha, poliuretan (PU), poliamid (PA) va boshqalar)tabiatda uchramaydi,
ular monomerlardan polimerlanish yoki polikondensatlash reaksiyalari yordamida
“toza” holatda kam ishlatiladi, chunki ularning issiqlikka chidamliligi past,
19
mustahkamligi metallar va ularning qotishmalarining mustaxkamligiga nisbatan
ancha kichik, ultrabinafsha nurlari ta’sirida murtlashib tez parchalanib ketadi.
SHuning uchun issiqxonalarda ishlatiladigan PE plenkalarining qo‘llanish muddati
1-1,5 yildan oshmaydi.
Polimerlarning ushbu kamchiliklarini tuzatish, fizik va kimyoviy xossalarini
yaxshilash va mahsulot narxini pasaytirish uchun tarkibiga boshqa turdagi
moddalar (ranglar, yumshatgichlar, barqarorlashtiruvchi moddalar, antistatiklar va
boshqalar) kiritiladi. Bunday materiallarga plastmassalar deyiladi.
Plastmassa ishlab chiqarish jarayonida reaktorlar, monomerlar va organik
erituvchilar saqlanadigan omborxonalar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy
ob’ektlar hisoblanadi. Bundan tashqari, viskoza ipagini ishlab chiqarishda uglerod
va oltingugurtning vodorodli birikmalari ajralib chiqadi. Sun’iy ipakning quritish
jarayonida turli xil uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Bir tonna viskoza ipagi ishlab
chiqarishda 27,5 kg oltingugurt uglerodi (CS
2
) va 3 kg vodorod sulfidi (N
2
S)
ajralib chiqadi. Bir tonna naylon tolasi ishlab chiqarishda 3,5 kg uglevodorod va
7,5 kg yog‘ bug‘lari ajralib chiqadi.
20
Plastmassa ishlab chiqarish jarayonida fenol, amin, yumshatgichlar,
kimyoviy reaksiyalarni jadallashtiruvchi moddalar (katalizatorlar), efir moylari,
organik kislotalar va x. ajralib chiqadi.
Sintetik kauchuk ishlab chiqarishda atmosfera havosiga uchuvchan
monomerlar (izopren, stirol, butadien, xlorpren) va erituvchi moddalar (divinil,
toluol, benzol, atseton va boshqa birikmalar) ajralib chiqib, atrof-muhitni
ifloslantiradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, qattiq plastmassa mahsulotlari oddiy xona
haroratida zararli emas. Ammo ularga ishlov berish jarayonida u yoki bu zaharli
moddalar ajralib chiqadi. Plastmassa mahsulotlarining tizimi va tarkibiga qarab
ularning suyuklanish haroratlari ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, polietilen
(PE) 120-135°S da, polipropilen (PP) 160-172°S da, poliamid-12 (PA-12) 178-
180°S da, poliamid-610 (PA-610) 213-222° S da, poliamid-66 (PA-66) 252-265°S
da, polikarbonat (PK) 220-240°S da, polietilentereftalat (PETF) 225-267°S da,
politetraftoretilen (PTFE) 320°S da, poliformaldegid (PF) 173-180°S da
suyuklanadi, ya’ni qattiq holatidan suyulma holatiga o‘tadi. Mana shu holatda
mahsulot tarkibidan zaharli gaz va bug‘lar ajralib chiqishi mumkin.
Quyidagi
jadvalda
plastmassa
ishlab
chikarish
sexlarida
zaharli
moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalari (RECHK) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: