XO’JALIK YURUTUVCHI SUBEKTLARNING BAHO SIYOSATI
Shavkatov Axyorjon
Toshkent moliya instituti
2 kurs MMT- 86 guruh talabasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar ozaro hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, ya'ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xojalik muomalalari vujudga keladi. Natijada subyektlar ortasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom- ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, haridor va buyurtmachilar bilan ortib jonatilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan budjetga tolovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar- moddiy boyliklarga tolovlar yuzasidan va h.k. Xojalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xojalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.
Baholar xo‘jalik subyektlari va xaridorlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatuvchi vosita bo‘lib, ularning keyingi rivojlanishigaham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Baholar xo‘jalik subyektlari va xaridorlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatuvchi vosita bo‘lib, ularning keyingi rivojlanishigaham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Baholar xo‘jalik subyektlarining rentabelligi va daromadliligi, yashovchanligini aniqlab beradihamda korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlovchi element sifatida raqobat kurashida kuchli qurol bo‘lib hisoblanadi.
Bozorlarda har bir tovarning o‘z bahosi bo‘ladi, lekin har bir korxona (firma) mustaqil ravishda sotiladigan tovarigao‘zi baho belgilashi mumkin. Agar raqobatchilar ko‘p bo‘lsa,korxona bozordagi bahoni hisobga olgan holda bahoni belgilaydi. Òovarning xususiyati, firma-sotuvchining mavqeyi va moliyaviy qudratiga qarab baholarni shakllantirishda turli uslublardan foydalaniladi. Baholarni hisoblash uslublarini tanlashda tovarning yangilik darajasi, sifati, tovarning yaroqlilik sikli darajasi kabilar ta’sir qiladi. Minimal belgilanadigan baho mahsulotning tannarxi bilan, maksimal belgilanishi mumkin bo‘lgan baho buyumning noyobliligi bilan aniqlanadi. Raqobatdosh tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarga odatda o‘rtachadarajadagi baholar belgilanadi. Baholarni shakllantirishuslublarini tanlashda ichki cheklashlar hamda tashqi cheklashlarni ham hisobga olish lozim.Baholarni shakllantirish uslublari asosan uchta guruhdao‘z aksini topadi: xarajat, bozor va ekonometrik uslublari.Iqtisodiy islohotlar davrida baholarni shakllantirishda asosan quyidagi parametr uslublaridan foydalaniladi:1
o‘rtachasolishtirma kattalik uslubi,
balli baho uslubi,
korrelatsion-regression tahlil.
Baho har doim xaridor tanlashini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Baho — tovar qiymatining puldagi ifodasi bo‘lib, pirovard natijada mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiyasi uchun sarflangan mehnat xarajatlari asosida aniqlanadi. Baholar darajasi, nisbati va ularning harakati asosida qiymat qonuni, talab va taklif qonuni amal qiladi. Mehnat unumdorligi oshib borishi bilan qiymat pasayib boradi, ayrim davrlarda (urush, hosilsizlik, qurg‘oqchilik va boshqalar) ba’zi guruh tovarlari bahosining oshishi kuzatiladi. Qiymatning harakati baho dinamikasida o‘z aksini topadi. Ishbilarmonga, firmaga rejlashtirilgan daromadni ta'minlaydi, ularningmahsulot-xo’jalik tarkibini raqobatbardoshligining barcha mahsulotlarmajmuasini, xizmat va servisni iste'moli foydasiga xal bo’lishiga guvoh bo’ladi. Kompaniyalar butun tovar-miks nomenklaturasi bo’yicha maksimal foyda olishni ta'minlovchi baho tizimini yaratishga harakat qilishadi. Bahonio’rnatish - oddiy ish emas, chunki bu nomenklaturaga kiruvchi tovarlar talab va harajatlar nuqtai nazaridan o’zaro aloqador va turli xil darajada raqobatga uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, baho kuchli iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etishi mumkin. Baholarni to‘g‘ri belgilash korxona qabul qilgan muhim qarorlardan biridir. Baho foydaga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin ayrim korxona, kompaniyalar baholarni to‘g‘ri belgilashga erishadi, ya’ni kimda qobiliyat kuchli bo‘lsa, baholarni to‘g‘ri belgilaydi. Baholarni samarali shakllantirish ayrim kompaniyalarningustunligi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3946-son qarori. 2018 yil 19 sentyabrь.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʼtish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida »gi PQ-4611-son qarori. 2020 yil 24 fevral.
3. Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-Т: Sharq, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |