Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘G‘risida


-modda. Xo‘jalik shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish



Download 151,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana27.01.2022
Hajmi151,26 Kb.
#414239
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
670-I-сон 29.08.1998. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida

15-modda. Xo‘jalik shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xo‘jalik
shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xo‘jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, taraflarning uni o‘zgartirish yoki bekor
qilish to‘g‘risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xo‘jalik shartnomasining
shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taraflardan birining talabi bilan xo‘jalik shartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat
ikkinchi taraf xo‘jalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada
nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Taraflardan birining xo‘jalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xo‘jalik shartnomasi
tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar
yetkazishi xo‘jalik shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad
javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan
muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin,
xo‘jalik shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi
mumkin.

Download 151,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish