Xo‘jalik subyektlarining mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari



Download 0,78 Mb.
bet1/10
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши молия


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI


MOLIYAVIY TAHLIL” FANI

MAVZU: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.

KURS ISHI

Bajardi: SST-50 guruh talabasi Aisheva Iroda
Ilmiy rahbar: Ibragimov G’ayrat Artikovich
Toshkent-2022
Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Reja.
Kirish.

  1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari

  2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha belgilangan biznes-rejalarning bajarilishi.

  3. Mahsulotlarning buzilishi va yo‘qotishlar, ishlab chiqarish hamda sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: «Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka oʼrgatish orqali ularni kambagʼallikdan chiqarishi lozim» deb ta’kidlagan.1 Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trln soʼm imtiyozli kredit va 2,5 trln soʼm subsidiya ajratiladi, har bir mahallaga oʼrtacha — 1,3 mlrd soʼm.
Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon imzolandi.2
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%gacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi 15%gacha tushiriladi;

  • “Yashil iqtisodiyot” teхnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026 yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20%ga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20%ga qisqartirish choralari koʻriladi;

  • 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etiladi hamda takrorlanuvchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan majburiy talablar qayta koʻrib chiqilib, yagona reyestr 2025 yil 1 iyuldan boshlab toʻliq ishga tushiriladi.

Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisobkitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonchliligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.
Moliyaviy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqtisodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan.
Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi.
Moliyaviy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmasi; likvidligi; to‘lovga qobiliyati; moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va rentabelligi; pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‘yicha reyting baholashlar kiradi.


  1. Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish