Xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi


Xo'jalik mablag‘larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun



Download 0,64 Mb.
bet2/75
Sana01.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#476877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
UMUMIY KITOB (4)

Xo'jalik mablag‘larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun natura, mehnatva pul о’lchovlaridan foydalaniladi.
Natural о‘lchovlar - hisob obyektlarini og‘irlik (kg, ts, t ), hajm(m.kub, litr), uzunlik(mm, sm, m, km) , maydon (kvadrat metr,ga) va boshqa o'lchovlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun mehnat o‘lchovidan foydalaniladi. Mehnat o'Ichovlari - odam/kuni, odam/soati, norma/soat va boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o‘lchovlari ko‘p hollarda natura o'lchovlari bilan birga qo'llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchi- laming normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini o'rganishda va hokazolarda qo'llaniladi.
Shunday qilib, mehnat o'lchovlari, natura o'lchovlari kabi qat’iy belgilangan qo'llanilish chegaralariga ega.
Turli xildagi xo'jalik mablag'larini, xo'jalik ehtiyojlarini, hisoblashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda xo'jalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda pul o'lchovi qo'lla­niladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablag'lardan juda tejab foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlan- tirish bilan bevosita hamda chambarchas bog'liqdir.
Pul o'lchovi ko'pincha natura va mehnat o'lchovi bilan birga qo'llaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash uchun esa ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun to'lanadigan haq summasini bilish zarur.

    1. Xo‘jaIik hisobining turlari va ularning tavsifi

Mamlakatimizdagi alohida xo'jalik yurituvchi subyektlaming serqirra moliya-xo'jalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun xo'jalik hisobining har xil hisob turlaridan foydalaniladi (1.2-rasm).

1.2-rasm. Xo 'jalik hisobining turlari.
Operativ hisob rejalaming bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlami olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Operativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgalterlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlami ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlaming bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Nazorat qilinayotgan xo'jalik muomalalarining mazmuniga ko'ra operativ hisobda natura va mehnat o'lchovlari, ayrim hollarda esa pul o'lchovlari qo'llaniladi.
Statistik hisob miqdor ko'rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy- ommaviy hodisalami sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ulaming tuzilishiga ham ta’sir etadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish