Tayyorladi:Hakimjonov Abdulloh Buxorodagi Yetti Pir ziyoratgohining ro’yxati. Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy Xoʻja Ali Romitaniyning shogirdi mashhur soʻfiyning dafn qilingan joyidir. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy XIII asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻida tugʻilgan xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tariqatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilgan. Samosiy bogʻbonlik bilan kun kechirgan. 1354-yilda 95 yoshida vafot etgan. Muqaddas maqbara Romitan tumanining Simas qishlogʻida joylashgan. Ushbu yerda ajoyib insonning oʻz taʼlimotlariga monand ravishda maqbara, masjid, quduq va goʻzal bogʻ barpo etilgan. Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy
Xoja Muhammad Bobo Samosiy taxminan VII/XIII asr o‘rtalarida Buxoro yaqinidagi Samos qishlog‘ida dunyoga kelgan.
U o‘rta bo‘yli, bug‘doyrang, nazari o‘tkir, qat’iy fikrli, yuzidan nur yog‘ilib turadigan zot edi. U umrining oxirigacha Xoja Ali Romitaniy xizmatida bo‘lib, ustozining bog‘idagi daraxtlarga qaragan. Xojagon silsilasining boshqa pirlari kabi Xoja Muhammad Bobo Samosiyning ham kasb-kori bog‘bon bo‘lib, o‘z halol mehnati orqali kun o‘tkazgan. U Samos qishlog‘idagi bog‘ida o‘zi mehnat qilib, turli mevalar, jumladan, uzum yetishtirgan.
Xoja Muhammad Bobo Samosiyning otasi Sayyid Abdulloh asli Xurosonga qarashli Durun qishlog‘idan bo‘lib, Payg‘ambar (s.a.v.) avlodlaridan, imom Muso Kozim (r.a.) naslidan edi. “Matlabut-tolibin” asarida Samosiyning dastlab o‘z qishlog‘ida tahsil olgani, keyin esa otasi ko‘rsatmasiga binoan Buxoroga kelgani qayd etilgan.
Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy
Mazkur manbada aytilishicha, u Buxoroga kelishi hamonoq o‘ziga murshid izlab xojagon silsilasining uchinchi piri Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy huzuriga oshiqadi, Xoja Mahmud esa uning tarbiyasini Xoja Ali Romitaniyga topshiradi. Samosiy doimo o‘z piri yonida yurib, turli joylarga, jumladan, Xorazmga ham boradi. Natijada Romitaniyning ulug‘ xalifalaridan biriga aylanadi. Xoja Ali Romitaniy o‘limi oldidan Xoja Muhammad Bobo Samosiyni o‘z o‘rniga qoldirib, barcha murid va xalifalar tarbiyasini unga topshiradi. Xoja Muhammad Bobo Samosiy o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samos qishlog‘ida muridlar tarbiyalashga kirishadi.
U zot aksar talabalarini o‘zi izlab topar, shogirdlariga mehri baland edi. Bir kuni kurash maydoni oldidan o‘tayotib, Amir Kulol ismli pahlavonni ko‘rib qoladi. Nariroq yurib, polvonga nazar soladi va uni ma’naviy maydonga tortadi... Shundan so‘ng Amir Kulol kurashni tashlab, hazratning xizmatiga kiradi.
Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy
Bobo Samosiy qabri ustidagi maqbara, atrofidagi masjid va toshquduq mustaqillik yillari obodonlashtirildi. Hozirgi kunda ziyoratgoh Buxoro viloyati Romitan tumani, “Bobo Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan. 2018–2019 yillar davomida yetti pir ziyoratgohlari qatorida Xoja Bobo Samosiy ziyoratgohi ham yangidan ta’mirlanib, Sharq me’morchiligi an’analariga mos, barcha qulayliklarga ega maskanga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |