Xodimning mehnat muhofazasiga doir huquqlari xodimning mehnat muhofazasini ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar



Download 20,57 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi20,57 Kb.
#782212
Bog'liq
XODIMLARNING MEHNATI


XODIMLARNING MEHNAT MUHOFAZASIGA DOIR HUQUQLARNI RO'YOBGA CHIQARISHDAGI KAFOLATLAR

REJA:

  1. XODIMNING MEHNAT MUHOFAZASIGA DOIR HUQUQLARI

  2. XODIMNING MEHNAT MUHOFAZASINI RO’YOBGA CHIQARISHDAGI KAFOLATLAR

  3. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA

XODIMNING MEHNAT MUHOFAZASIGA DOIR HUQUQLARI


O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” 2016 yil 22 sentyabrdagi qonuniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinish huquqiga egadirlar.
Mehnat muhofazasi, eng avvalo, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va mehnat qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgandir.
Xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi qator huquqlari mazkur qonunida, shuningdek Mehnat kodeksining tegishli normalarida aks ettirilgan bo’lib, mehnat muhofazasi talablari xodim ishga qabul qilingan vaqtdan boshlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida ko’rsatilganidek, mehnat shartnomasi (kontrakt)ning shartlari mehnat muhofazasiga oid qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga muvofiq bo’lishi shart.
O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunining 22-moddasida xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari belgilangan. Xodim quyidagi huquqlarga ega:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos bo’lgan ish o’rniga ega bo’lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o’ziga berilishi lozim bo’lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablag’lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug’urta qilinish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o’z hayoti va sog’lig’i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish;
o’z ish o’rnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan o’tkazilishi uchun so’rovnoma berish;
ish beruvchining mablag’lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo’yicha o’qish;
qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini ish beruvchidan undirish;
o’z ish o’rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqilayotganda va o’zi bilan sodir bo’lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o’zi ishtirok etish yoki o’z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko’rikdan o’tish, ushbu tibbiy ko’rikdan o’tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o’rni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag’lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan o’tish.
Xodim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

XODIMNING MEHNAT MUHOFAZASINI RO’YOBGA CHIQARISHDAGI KAFOLATLAR


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi* korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
* Matnda bundan keyin “ma’muriyat” deb yuritiladi.
Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatla
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.

O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunining 18-moddasida xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash ko’rsatib o’tilgan. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlar belgilangan normalar bo’yicha sut (shunga teng bo’lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq tsexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro’yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.


Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfektsiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunining 21-moddasiga muvofiq ishga qabul qilishda va boshqa ishga o’tkazishda mehnatni muhofaza qilishga bo’lgan huquqning kafolatlari berilgan. Mehnat shartnomasining shartlari mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Fuqarolarni sog’lig’ining holatiga ko’ra o’ziga to’g’ri kelmaydigan ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga o’tkazish taqiqlanadi.
Fuqarolarni sog’lig’i va hayotiga yuqori darajada xavf tug’dirishi mumkinligi oldindan ayon bo’lgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga o’tkazish chog’ida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart.
Sog’lig’ining holatiga ko’ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o’tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay o’tkazishi shart.
Sog’lig’ining holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan kam haq to’lanadigan ishga o’tkazishda xodimlarning avvalgi o’rtacha oylik ish haqi O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi.

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA


Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish
Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
* Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.
4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi* korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
* Matnda bundan keyin “ma’muriyat” deb yuritiladi.
Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatla
Download 20,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish