Xodimlarni boshqarish
Reja:
1. Inson resurlarini boshqarish va xodimlarni boshqarish haqida tushuncha.
2.Xodimlarni boshqarish tamoyillari.
3. Xodimlarni boshqarish tizimining asosiy vazifalari
Adabiyotlar
Xodim” iborasi o`zbek tilining izohli lug`atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi ” ma`nosida talqin etiladi. Hozirgi kunda xodim va uni boshqarish muamosiga 2 xil yondashuv mavjud.
Inson resurslarini boshqarish;
Xodimlarni boshqarish;
“Inson resurslarini boshqarish” – tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o`z ichiga oladi va ularga ustivorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ko`proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi.
Inson resurslarini boshqarish faoliyat turlari
Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo`radil) faoliyat ko`rsatish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan tashkiliy-iqtisodiy ca sotsial tadbirlar tizimi tushuniladi.
Funksional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasini yechish bilan bog`liq masalalar, yani kadrlarni tanlash,ishdan bo`shatish malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar ,yani rahbarlar , kadrlar bo`limi , kasaba uyushmalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Xodimlarni boshqarish tizimi deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, larning normal faoliyat ko`rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan iqtisodiy-tashkiliy va sotsial tadbirlar tizimi tushuniladi.
Xodimlarni boshqarish tamoyillari
Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi. Har bir tamoyil
xodimlarni boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik
tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar
boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savolga
javob bersa, muvoziylik tamoyili esa xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va hokazo (3-
jadval).
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki
xizmat ko‘rsatuvchilar va boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar).
Xodimlarni, ya’ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
O’ziga xos faoliyat turi bo’lgan boshqarishning maksadi ijtimoiy mehnatni tartibga solish va muvofiklashtirishdan iborat. Bu ta’rif umuman, boshqarishga xam, "umumiy boshqarish"ga xam taalluklidir.
Boshqarish to’rt kichik soxaga bo’linadi. Ular boshqarishning turli tarkibiy jixatlari - maxsulotni boshqarish, bozorni boshqarish, moliyaviy boshqarish va xodimni boshqarishni ochib beradi.
Xodimni boshqarishning (XB) moxiyati shundan iboratki, odamlar kompaniyaning rakobatchi boyligi deb karaladi. Ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshka resurslar bilan birga asoslash talab kilinadi. Bundan maksad tashkilotning strategik maksadlariga erishishdan iboratdir.
O’zbekiston va chet ellardagi korxona va tashkilotlar tajribasini umumlashtirish xodimni boshqarish tizimining asosiy maksadlarini ifodalash imkonini beradi. Bu maksadlar kadrlar bilan ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, kasbiy va ijtimoiy jixatdan rivojlantirishni tashkil etishdan iborat.
Korxona va tashkilot, avvalo, ikki kichik tizim: texnik va ijtimoiy (yoki shaxsiy, insoniy) tizimlarning yigindisidan iborat. Bu kichik tizimlar bir-biridan butunlay fark kiluvchi funkstional xarakatlarni amalga oshiradilar. Bu esa ularni kattik va yumshok tizimlar sifatida ta’riflash imkonini beradi
Texnik kichik tizim kattik xisoblanadi, chunki uning xarakatlari (ya’ni boshqaruv ob’ektining boshqaruv organidan oladigan maksadni amalga oshirishga doir buyruklar, dasturlarga javobi) oldindan belgilab ko’yilgan va yukori darajada nazorat kilinadigan bo’ladi. Odatda, bu tizim xuddi kibernetika tizimiga o’xshab ketadi. Bunga konveyer misol bo’lishi mumkin. Bu kattik tizimning moxiyati avtomat liniyalarda ancha yakkolrok namoyon bo’ladi.
Odamlarning olinayotgan komandalarga javobi va xatti-xarakati bir xilda bo’ladi va anik natijalar beradi, chunki kishilarning ishlab chikarish vazifalari fakat mexanika konunlari bilan emas, balki psixika konunlari bilan xam belgilanadi. Bu konunlar ta’sirini xisobga olmasdan turib ijtimoiy tizimlarni boshqarish samarali bo’lmaydi. Shu sababdan texnik tizimlarga karama-karshi ularok, ijtimoiy tizimlar, yumshok tizimlar, deb ataladi.
Insoniy yoki ijtimoiy tizim mazkur korporastiyada ishlovchi, ishlab chikarish uchastkalari va funkstional operastiyalar bo’yicha guruxlarga bo’lingan barcha kishilarni kamrab oladi. Bunday uchastka va operastiyalarga ma’muriy - kommunikativ, farmoyish berish - ijro etish, iqtisodiy, yuridik, o’ta shaxsiy, axlokiy va psixologik aloka shakllari kiradi. Xox aloxida olingan shaxs bo’lsin, xox xar kanday kishilar uyushmasi - brigada, laboratoriya, kasaba uyushmasi, shuningdek, umuman, korporastiya bo’lsin, ular o’z kizikishlari, birinchi navbatda, moddiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga ega bo’ladi. Ayrim kishilar manfaatlari bilan korporastiya manfaatlarini bir-biriga boglash, uning strategik maksadlari bilan muvofiklashtirish menejmentning eng muxim va ancha murakkab vazifasi xisoblanadi. Firmaning muvaffakiyatli ishlashi ana shu vazifa yaxshi ado etilishiga bog`liq bo’ladi.
Korporastiyaning tashkiliy tuzilishida ijtimoiy tizimga ayrim ma’muriy bo’linmalar (gurux, bo’lim, departament ) to’gri keladi. Bu erda fakat nom va mikyosgina emas, balki inson resurslarini o’rganish va ularni boshqarish soxasidagi bunday ixtisoslashgan gurux ajratib ko’rsatilishining o’zi xam axamiyatga ega.
Korxona va tashkilot sostiotexnik tizim bo’lganligi sababli fakat bir element ustida ishlash bilan yaxshi umumiy natijaga kelib bo’lmaydi.
Tashkiliy muxitning murakkablashuvi korxona va tashkilot a’zolarining intilishi xilma-xil va ziddiyatli bo’lib borgani sari xodimni boshqarishga ko’rsatiladigan tazyik xam ortib boradi. Afsuski, ko’pgina tajribali kishilar xozirga kadar o’zlarini tashkiliy muammolardan uzok tutib, texnik mutaxassislarga o’xshab yuradilar. Ular texnik dasturlar va xususiy tadbirlarning ma’muriyatchilari bo’lishni afzal ko’radilar. Birok xozirgi zamon raxbari tor metodologiyaga bog`liq bo’lib kola olmaydi.
Kadrlarni boshqarish soxasi jamiyat manfaatlari, kasaba uyushmalari, xukumat karorlari talablari, shaxs istaklari xamda ko’pgina tashkiliy talablar va muammolar bilan boglanib ketadi.
Keyingi o’n yilliklarda tadkikotchilar va ma’muriyatchi - amaliyotchilar xodimni boshqarishga yondashuv kiska muddatli samara berishi xakidagi fikrlarning asossizligini anglab etdilar, chunki barkaror xodim tarkibiga ega bo’lmaslik mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir etib, firma nufuziga zarar etkazdi va bu bilan uzok istikbolga mo’ljallangan iqtisodiy potenstial samaradorligini pasaytirib yubordi. Endilikda kadrlarni boshqarish soxasida asosiy e’tibor ularni rivojlantirishga (birinchi navbatda, to’gri tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish xisobiga) karatilmokda. Bu esa mehnat unumdorligi darajasini ko’taradi va bu orkali boshqaruv jarayonini iqtisodiy jixatdan samarali kiladi.
Korxona va tashkilotda mavjud bo’lgan xam jismoniy, xam inson resurslardan samarali foydalanishga kuyidagi yo’llar bilan erishiladi:
" tashkiliy tuzilishni takomillashtirish, boshqarish darajalarini kamaytirish, boshqaruvning o’rta bo’ginini kiskartirish;
" karorlar kabul kilish jarayonini iloji boricha kuyi darajagacha ixchamlashtirish;
" vazifalarning bir kismini vositachilar, xom ashyo etkazib beruvchilar, maslaxatchilarga topshirish;
" xar bir ish o’rnida mehnatning sermazmunlik darajasini oshirish;
" mehnat unumdorligini oshirish maksadida mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish; ishlab chikarishda va noishlab chikarish soxasida ish kuchini tejash;
" yukori ma’muriyat va korporastiya tuzilmalarida ish bilan band bo’lgan xodimni birmuncha kiskartirish;
" xodimlarni tayyorlash va kayta tayyorlash, maxoratini oshirish dasturlarini investistiyalash va xokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |