To‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) tomonlarining yig‘indisi
1. Tomonlari 5, 6 va 7 sm bo‘lgan uchburchak ramka yasash uchun qanday reyka olish kerak? Bu reykadan yana boshqa qancha uchburchakli ramka yasash mumkin? (Uchburchak tomonlari butun santimetrlarda bo‘lsin).
2. Kitob shkafi uzunligini butun detsimetrlarda o‘lchang. Uzunligi shunday reykada nechta to‘rtburchakli ramka yasash mumkin?
3. To‘rtburchakli ramkaning uzunligi 20 m bo‘lishi kerak edi. Bundan qancha to‘rtburchakli ramka yasash mumkin? Qancha beshburchakli ramka tayyorlanadi?
4. Birinchi to‘rtburchak bilan ikkinchi to‘rtburchak tomonlarining yig‘indisini hisoblang. Ikkinchi shakl qanday to‘rtburchak?
5 . Rasmdagi shakllarning perimetrini hisoblang.
1. Amaliy ish: Uzunliklari butun santimetr va detsimetrlarda bo‘lgan qog‘oz karton tasmalar va sim bo‘laklarini yasang.
2. Mehnat darsida yasalgan konvertning tomonlarini yig‘indisini hisoblang. Konvertni yasash uchun nechta geometrik shakldan foydalandik? Konvertning yoyilmasida nechta uchburchak, qancha to‘rtburchak bor?
3. 3 sm uzunlikdagi bir xil uchta bo‘lak tasmadan uch bo‘g‘inli yopiq siniq chiziq yasang. Bu shaklni boshqacha nomlang. Uning perimetrini toping.
4. Uzunligi 12 sm sim bo‘lagidan har xil shakllar yasang va ularni nomlang.
5. Bir bo‘lak qog‘oz varag‘ini oling. Ushbu varaqdan buklash yordamida uchburchak yasang. Uchburchakning perimetrini hisoblang.
6. Qog‘oz varag‘ini buklash yordamida beshburchak yasang va hosil bo‘lgan shaklning tomonlari uzunligini hisoblang.
Uzunligi 9 sm bo‘lgan sim bo‘lagidan uchburchaklar yasang. Bu uchburchaklar tomonlari uzunliklarini topib jadval tuzing.
4-sinf bitiruvchilari uchun TIMSS masalalaridan namunalar
1-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 69%, Portugaliya 93%, Rossiya 84%)
Yuqoridagi 6 ta figuradan quyidagilardan qaysi birini tuzsa bo‘ladi?
2-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 63%, Yaponiya 94%, Rossiya 71%)
Burchaklarni o‘sish tartibida yozing
3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 64%, Koreya 93%, Rossiya 70%)
|
f igurani har qadamda aylananin qismiga
bursa qanday ketma-ketlik hosil bo‘ladi?
|
|
4-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 31%, Koreya 88%, Rossiya 38%)
90 gradusdan katta, ammo 180 gradusdan kichik burchak chizing.
5-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 63%, Yaponiya 80% , Tayvanь 75%, Singapur 78%, Rossiya 68%)
Diyora qog‘ozdan korobka yasamoqchi. chap tarafdagi qaysi shakllardan o‘ng tarafdagi korobkani yasash mumkin?
Simmetriya
Kundalik hayotda simmetriyaga juda ko‘plab duch kelamiz. Daraxt barglari shakli, kapalak qanotlari uning tanasiga nisbatan joylashuvi va inson a’zolarining tanaga nisbatan joylashuvi va hokazolar simmetriyaga yorqin misol bo‘ladi.
Boshqa ko‘pgina matematik tushunchalar singari, shakllarning simmetriyasi tushunchasi ham atrofni o‘rab turgan dunyo (tabiat) ob’ektlarini kuzatish natijasida paydo bo‘lgan. Masalan, o‘simliklar va tirik organizmlar tasvirlarini ko‘zdan kechirib (bu tasvirni tekis shakl deb hisoblash mumkin), ularning ko‘plari yuqori darajadagi aniqlikda biror simmetriyaga ega ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, daraxt barglari, kapalaklar va qor uchqunlari o‘qqa nisbatan simmetriyaga egadir.
Aytib o‘tganimizdek, bunday simmetriyani har joyda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, yashayotgan joyingizdagi chiroyli qurilgan imorat, tosh yotqizilgan maydon yoki kafel bilan bezatilgan devorga ahamiyat bering.
Agar siz qadimiy me’morchilik obidalarini ko‘zdan kechirsangiz, ularning chiroyi undagi shakllarning uyg‘unligi hamda ma’lum qonuniyat asosida takrorlanishida namoyon bo‘lishini sezishingiz mumkin. Vatanimizda bunday obidalar behisob. Ularning qadimiylaridan biri esa Amir Temur muzeyidir.
Bunday simmetriyaga ega bo‘lgan shakllar simmetrik shakllar deb ataladi. Bu simmetriyani hosil qiluvchi qonun esa simmetriya deb ataladi.
Simmetriya – geometriya fanining bir qismi bo‘lib, uni to‘la o‘rganish uchun chuqur matematik bilimlarga ega bo‘lish lozim. Biz esa uning boshlang‘ich tushunchalari bo‘lgan “O‘qqa nisbatan simmetriya va markaziy simmetri” bilan tanishamiz.
Simmetriya o‘qi
Burchakning bissektrisasi yotgan to‘g‘ri chiziq shu burchakning simmetriya o‘qidir.
4-sinf bitiruvchilari uchun TIMSS masalalaridan namunalar
1-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 47%, Gonkong 93%, Rossiya 61%)
Simmetriya o‘qini chizing
2-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 53%, Koreya 92%, Rossiya 50%)
Simmetrik figurani chizing
3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 42%, Gonkong 84%, Rossiya 61%)
5 ta tomon va bitta simmetriya o‘qiga ega figurani chizing
4-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 30%, Yaponiya 79%, Singapur 39%, Rossiya 44%)
Rasmdagi figuraning yuzini toping.
5-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 43%, Singapur 80%, Rossiya 46%)
Simmetriya o‘qlari sonini yozing.
Diagrammalar
Turli kattaliklarni o‘lchash natijasida hosil qilingan sonlarni, olingan ma’lumotlarni, bu ma’lumotlardan tuzilgan jadvalni yaqqol tasavvur etish, ulardan amaliyot uchun xulosalar chiqarishda diagrammalardan foydalaniladi.
Diagrammalar uch xil bo‘lishi mumkin: doiraviy, chiziqli va ustunli.
Doiraviy diagrammalar.
Chiziqli diagramma.
3. Ustunli diagramma.
4-sinf bitiruvchilari uchun TIMSS masalalaridan namunalar
1-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 55%, Gonkong 87%, Rossiya 60%)
Qizil qalamlar soni qora qalamlar sonidan qancha ko‘p?
2-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 77%, Koreya 98%, Rossiya 92%)
Eng ko‘p bo‘lib nima sotib olingan?
3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 71%, Koreya 95%, Rossiya 86%)
Doiraviy diagrammaga mos bo‘lgan ustunli diagrammani toping
4-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 72%, Gonkong 97%, Rossiya 89%)
Jadvalga mos bo‘lgan ustunli diagrammani toping
5-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 54%, Tayvanь 79%, Rossiya 53%)
Diagrammada maktab sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan
Har bir sinfga 30 nafar o‘quvchi sig‘adi. Qancha o‘quvchi yetishmayapti?
6-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73%, Singapur 95%, Rossiya 81%)
Murod do‘stlaridan ular yoqtirgan ranglari haqida so‘rab chiqdi va quyidagi jadvalni to‘ldirdi.
Yoqtirgan rang
|
Do‘stlar soni
|
Qizil (Red)
|
4
|
Yashil (Green)
|
2
|
Ko‘k (Blue)
|
6
|
Sariq (Yellow)
|
7
|
Murod olingan ma’lumotlarni ustunli diagramma ko‘rinishida to‘ldirishni boshladi. Uni ohirigacha to‘ldirishga yordam bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |