Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 11,02 Mb.
bet38/71
Sana12.09.2021
Hajmi11,02 Mb.
#172471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
Matematika majmua 2021 to`g`rilangan

6. Taqqoslash va qarama- qarshi qo‘yish.

Matematika o‘qitishda bir-biriga o‘xshash masalalar juda ko‘p. Masalan, qo‘shishning o‘rin almashtirish va ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossalari

4 + 3  3+4, 3 x 4  4 x 3 o‘quvchilar bu xossalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, farq qiluvchi va o‘xshash tomonlarini ajratib oladilar. Yangi materialni tushuntirish uchun ham mashqlarni shunday tanlash kerakki, ular oldingi darsda yechilgan mashqlar bilan bir xillik va farq qiluvchi elementlarni ajratib olsin. Matematika o‘qitishda qarama-qarshi masalalar ham masalan, qo‘shish va ayirish uchraydi. Bu ikki miqdorni to‘g‘ri qo‘llash bilimlarni umumlashtirishga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi.

7. Dasturlashtirilgan o‘qitish.

O‘quv materialining uncha katta bo‘lmagan, mantiqan o‘zaro bog‘langan qismlarini o‘z ichiga olgan va maxsus ishlangan topshiriqlar bo‘yicha materialni o‘rganish dasturlashtirilgan o‘qitish deyiladi. Nazoratning natijasi o‘quvchiga aytiladi. To‘g‘ri bo‘lsa baholanadi, noto‘g‘ri bo‘lsa uni tuzatish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.

Bu o‘qitishning ayrim xususiyatlari odatdagi o‘qitish metodlarida ham mavjud: materialni bayon qilishda mantiqiy amallarni bajarish va masalalarni yechishda algoritmlardan foydalanish.

Hozir boshlang‘ich sinflarda dasturlashtirilgan o‘qitish uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari bo‘lmasada ba’zi bir topshiriqlarni bajarish mumkin.

Misollar javoblar shifr

56  23 55,49,79,61,85 1

70 - 24 ...46... 2

36 : 12 ....3.... 3

74 • 4 ...296... 4

810 : 9 ....90... 5

O‘quvchilar oldin misolni yechadilar va javoblarni berilgan javob bilan solishtirib ko‘radilar. Topgan javobni yechilgan misol to‘g‘risiga shifrni ham yozadi. Noto‘g‘ri yechsa, o‘quvchi boshqa topshiriq olmaydi. To‘g‘ri yechguncha ishlanadi.

Bu metod hozirgi paytdagi testga juda ham o‘xshashdir. Bunda topshiriqlarning 5 ta javobi yoziladi. Ulardan 1 tasi to‘g‘ri javob bo‘lib, shu to‘g‘ri javobni topib to‘g‘ri belgilasa ball oladi.

Masalan, berilgan to‘rtburchaklar orasida hamma to‘g‘ri to‘rtburchak larni toping va kartochkalar yordamida ularning nomerlarini ko‘rsating:

.




1 2 3 4 5
A. 1, 2, 3, 4, 5 B.1, 3, 2 V. 2, 4, 5 G.1, 2, 3

E. 2, 3, 4, 5

Arifmetik amallarni to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish maqsadida quyidagi misolni olamiz.

Misol. har bir amal o‘zi yoki teskari amal bilan tekshiriladi.



amallar

dastur

javoblar

1 2 3 4 5



1) qo‘shish

2) ayirish

3)ko‘paytirish

4) bo‘lish



a  v  s

a - v  s

av  s

a : v  s



a-sv v sa s-a v s-va v-s a

s-av sv a a-sv asv v  as

asv vsa s:a v s:v a a:s v

s:a v s:va as  v vsa a:s v


Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilarda fanga qi­ziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo‘ladi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘la-to‘kis bilim berishda har bir o‘quv­chining shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda o‘quvchining qobiliyati namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda o‘qituvchi birinchi bosqichda o‘quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.

Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlar didaktik o‘yin­lar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o‘tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog‘langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o‘rganishga imkoniyat beradi.

Boshlang‘ich sinflarda bunday mashg‘ulotlarda o‘quv­chilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika darsini o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim.

Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg‘ulotlar haftasiga 5+2 bo‘lib,dastur mazmuniga 2 soat qo‘shimcha o‘tiladi. Bunda o‘qituvchi

o‘quvchilarni qiziqishi va o‘zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi.

III — IV sinflarda ko‘pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratiladi.

Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan mash­g‘ulotlar taxminiy rejasini keltiramiz.

Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda o‘qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan (murakkab) o‘quv materiallar o‘rganilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.

Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydala­nish har bir mashg‘ulotlarda tavsiya etiladi. Masalan,

1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy;

2-mashg‘ulotda Ibn Sino, keyingisida Al-Xorazmiy, Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang‘ich sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.

IV sinf matematika mashg‘ulotlarida o‘rganish mumkin bo‘lgan taxminiy reja — Abu Ali ibn Sinoga bag‘ishlangan mashg‘ulot namunasini sizlarga havola etamiz.

1- mashg‘ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot.

2- mashg‘ulot. Abu Ali ibn Sinoning „Al-hisob“ nomli asari. Ibn Sinoning „Ash-shifo“ nomli asari bo‘limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algeb­ra) faniga bag‘ishlangan.

Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat.

Birinchi bo‘limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan.

Ikkinchi bo‘limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishti­rish amallari ko‘rsatiladi.

Uchinchi bo‘limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ayrimlari bilan bog‘lanish ifodalanadi.

To‘rtinchi bo‘limda arifmetik va geometrik ko‘rsatmali vositalar aniqlanadi.

Mashg‘ulotlarda quyidagi xossalardan foydalanish mumkin.




Download 11,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish