Nazorat va mulohaza savollari
Logistika tizimining tuzilishi.
Logistikaning konseptual vaziyatlari.
Logistika qaysi aspektlarni ko‘rib chiqadi?
Logistika tizimi faoliyatida samaradorlik.
Logistika tizimini tuzishda qaysi elementlarga e’tibor beriladi?
bob
LOGISTIKADA MATERIALLARNI BOSHQARISH VA
TAQSIMOTNI TASHKIL QILISH
Moddiy oqimlar harakatlari chizmasining ta’rifi
Materiallar oqimining o‘sishi aks etgan chizmalar tavsifiga e’tibor qilgan holda logistikaning umumiy chizmasi 3 - chizmada, korxona ichidagi moddiy oqimlar harakati chizmasi 4 -chizmada ko‘rsatilgan. Moddiy oqimlar harakatida korxona nazoratini tashkil etish jarayoni bir butun o‘lchov sifatida qaraladi, ayniqsa, moddiy oqimlarning korxona ichidagi harakati, ularni rejalashtirish va zahiralarning boshqaruvi haqida fikr yuritish mumkin. Shuni qayd etmoq kerakki, aksariyat tadqiqotlarda korxona yoki ombor mustaqil o‘lchov sifatida qaraladi va moddiy oqimning kirimi va chiqimi bilan bo g‘ liq bo‘lgan operatsiyalarga asosiy e’tibor qaratiladi.
Biroq masalaga bunday yondashilganda ixtiyoriy operatsiyani (yuklash, yo‘ldagi vaqt) asosiy oqimlar uchun zarur vaqt va operatsiyalarni boshlash uchun haqiqatda kerakli vaqt yetakchi boshqaruv omillaridan hisoblanadi.
3-chizma. Moddiy oqimlarning ishlab chiqaruvchi korxonalardan ombor tizimi orqali iste’molchilarga yetib borish harakati
4 -chizma. Moddiy oqimlarning korxona ichidagi harakati
5-chizma. Moddiy oqimlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
yetib borish harakati.
chizmada buyurtma va uning buzilish vaqtini belgilovchi buyurtmalar harakatlarining yo‘nalishi aks ettirilgan. Iste’molchi mahsulotni mintaqaviy ombor orqali yoki bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zidan olishi mumkin. Aniqki, buyurtmalarni bajarish muddati turlichadir. Ombordan mavjud mahsulotlarni saqlash uchungina emas, balki mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun ham foydalaniladi. Buyurtmalarning o‘z vaqtida bajarilishi transport vositalari, buyurtmalarni tayyorlash texnikalariga ham bog‘ liqdir. 1-jadvalda mahsulotlarni har xil turdagi transportlar yordamida yetkazib berish muddatining aniqlanish formulasi aks ettiriladi.
1-jadval
Turli xil transportlarda yuklarni yetkazib berish muddatini hisoblashning
metodik ko‘ rs atmas i
Transport turi
|
Yetkazib berish muddatini hisoblash formulasi
|
1. Temir yo‘l
|
T j tnk+ LVn' + t20n
|
2. Dengiz yo‘li
|
Tm q LVkom VkomqLVsut+2 LPTG‘ M+t m/+don
|
3. Daryo
|
Tr a To + LG‘VnP + tp don
|
4. Avtomobil
|
Та a TnK + LG‘VEK
|
Bu yerda:
t nk - operatsiyaning boshlanish-tugash vaqti, sutka, soat;
L - tashib keltirish uchun o‘tilgan masofa, km, mil;
VnJ Vnr -1 sutkada vagon yoki kemaning normadagi yo‘lda yurishi; tJ dop t dop t rdop - daryo, dengiz va temir yo‘l transportida qo‘shimcha operatsiyalar uchun vaqt;
Vek - foydalanish tezligi, km/soat;
Vkom - tijorat tezligi, mil/sutka;
V sut - mazkur liniyada ishlovchi kemadan foydalanish tezligi mil/sutka; a - yuk ko‘tarish mashinasidan foydalanish koeffitsiyenti;
Rt - kemaning yuk ko‘tarish quwati, t;
M - portda bir sutkadagi o‘rtacha yuk tashish ishlari, t/sutka;
To - yuklarni to‘plash, rasmiylashtirish va jo‘natish vaqtlari, sutka.
Do'stlaringiz bilan baham: |