Suv transporti
Suv transporti deb, suv orqali yuklarni yoki yo‘lovchilarni tashuvchi transportga aytiladi. Tashish tabiiy (daryo, dengiz, ko‘llar, okeanlar) orqali va sun’iy (kanal, suv omborlari va h.k.) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suv transporti 2 ga b o‘linadi:
Dengiz orqali
Ichki suvlar orqali.
Daryo transporti. Yuk va yo‘lovchilarni asosan ichki suv yo‘llari orqali tashuvchi transport turiga kiradi. Daryo transporti quyidagilarga b o‘linadi:
Magistral daryo yo‘llari yoki xalqaro davlatlar o‘rtasidagi tashqi savdoni amalga oshirishga xizmat qilish. Dunay, Oder, Reyn, Amur.
Rayonlararo. Davlat ichidagi yirik rayonlararo tashish Volga, Missisipi, Amudaryo.
Mahalliy, ya’ni rayonlararo yuklarni tashishni amalga oshirish.
Daryo transporti bir necha davlatlarda mavsumiy ish ko‘rsatishiga qaramay, transportning boshqa turlariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Masalan, katta daryolarda kemachilikni tashkil qilishning birinchi bosqichidagi harajatlar temir yo‘lni tashkil qilishdagi harajatlardan 8-10 marta arzon. Magistral daryolarda yuklarni tashish temir yo‘l narxlaridan 55 %, avtotransportdan 3-5 barobar arzon b o‘ladi.
1999 yilga kelib, O‘zbekistonda suv yo‘llarining umumiy uzunligi 2800km ga yetdi. Amudaryo, Panjdan Mo‘ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga oshirildi.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yo‘ llari keskin qisqardi, ammo shunga qaramay, 1999 yili daryo transportida 1420 ming t yuk tashildi. O‘rta Osiyo paroxodchiligi Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston o‘rtasida taqsimlandi. 1994 yili may oyida O‘zbekiston Respublikasida joylashgan daryo floti bo‘linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. O‘rta Osiyo paroxodchiligi O‘zbekistondagi bo‘linmalari negizida «Termiz daryo porti», «Qoraqalpog‘iston daryo floti» ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. «O‘zavtotrans» Korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma tuzildi. Respublikada Termiz daryo porti, Shorlovuq, To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratog‘, Xo‘jayli bandargohlari, Amudaryo orqali To‘rtko‘l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko‘priklari, Xo‘jayli kema ta’mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz porti 2,5 mln. t yuk qabul qilish, jo‘natish quvvatiga ega. Afg‘ onistonning Xayraton bandargohi orqali eksport-import yuklari yetkazib berishda xalqaro, shuningdek birjalar, zemlesoslar, suzuvchi port kranlari va boshqa yordamchi kemalar, texnika vositalari bor. Respublika suv yo‘llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Xalq xo‘jaligi yuklari asosan Termiz- Xayraton, Shorlovuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, Qoratog‘ - Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. 1999 yil daryo flotida 132,7 ming t yuk tashildi. O‘zbekistonning port va bandargohlari temir yo‘llari bilan bo g‘ langan. Daryo floti uchun mutaxassislar Chorjo‘y daryo texnikumi va Odessa floti muhandislari institutida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |