Logistika strategiya korxona faoliyati strategiyasining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim.
Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqishda uning tarkibiga transport operatsiyalari va harajatlar, quvvat, aloqa, buyurtmalarni qayta ishlash, zahiralarni boshqarish nazorat va reja tizimlari hamda tizim tashkiliy tuzilmasi kiradi.
Logistika strategiyasini ishlab chiqishning andozaviy texnik usullaridan biri harajat va xizmatlar orasidagi logistik muvozanatni tahlil etishdan iborat. Bundan tashqari yana bir element komplekslilik b o‘lib, u o‘z ichiga: ta’minot hamda zahira manbalari soni; tovar hamda qadoqlash nomenklaturasi; buyurtma tushadigan manba va tovarlarni yuklash manzillari soni; mavsumiylik; ishlayotgan markazlar soni kabilarni oladi.
Xo‘jalik strategik muammolarini hal etish logistik tizimning har bir funksional sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar guruhi qarorlariga asoslanadi. Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda, strategik maqsad aniqlanadi va xo‘jalik rivojlanish yo‘nalishi belgilab olinadi. Ushbu bosqichda quyidagi muammolar hal etilishi ko‘zda tutiladi:
Bozor talabining o‘zgarishi. Turli taqsimlash kanallaridan o‘tayotgan tovarlar hajmida biror - bir kanal foydasiga siljishlar bo‘lishini ko‘rsatadi.
Logistikaga talabning ortishida. Taqsimlash kanallaridagi siljishlar logistikaga talabning ortishida aks etmo g‘ i lozim.
Tovarlarni Pareto tamoyili bo‘yicha taqsimlash. Tovarlarning cheklangan hajmiga asosiy oqim to‘g‘ ri keladi.
Zahiralar hajmi va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi. Firmaning bozor talablariga moslashuvchan ishlab chiqarish tizimining tuzilishi va zahiralar hajmi qulay bo‘lishi lozim.
Faoliyatning ayrim turlariga e’tibor. Nafaqat oddiy yoki maxsus, balki faoliyatning o‘ziga xos turlari bo‘lgan: iste’mol yoki maxsus ishlab chiqarish tovarlarini tamg‘alash va qadoqlash kabilarga ham e’tibor berish kerak.
Yetkazuvchilar logistika ko‘rsatkichlarini oshirish. Ushbu bo‘lim mahsulotlarni yetkazish tadbirlarini ishlab chiqish bilan bo g‘ liq.
Birinchi bosqichda firma strategiyasi ishlab chiqiladi (uzoq muddatga mo‘ljallangan tadbirlar). Ikkinchi bosqichni birinchi bosqichning davomi desak bo‘ladi. Bunda strategiyani amalga oshirishga yordam beradigan taktikalar ishlab chiqiladi. Taktikaning strategiyadan farqi shundaki, u bozor sharoitlariga mos holda o‘zgaruvchan va qisqa muddatga mo‘ljallanadi. 2-bosqich 1-bosqichda ishlab chiqilgan strategik reja yo‘nalishini ta’minlaydi. Ikkinchi bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarish quvvati. Logistika guruhi ishlab chiqarish hajmining kompyuter modellaridan, mahsulot assortimenti, bozorlar, mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash quvvatidan foydalanib, ishlab chiqarish quvvatini aniqlaydilar;
taqsimlash milliy tizimlari (TMT) material resurslari o‘zgarishlarining TMTning ishlab chiqarish quvvatiga ta’siri hisobga olinadi;
ko‘tarish - transport ishlari. Butun zanjir (yetkazuvchi - iste’molchi)ning hamma qismlari samarali ishlashini ko‘tarish - transport tizimining yaxshi ishlashiga bog‘ liq;
transport turlari. Transporting turli xillari izlanadi va ishlab chiqarish tizimi logistika talablarini qondirish usullari ko‘rib chiqiladi;
nazorat tizimlari. Faoliyat natijalarini hisoblash va nazorat qilish;
yetkazuvchilar. Moliyaviy natijalar;
umumxo‘jalik rejasi.
Logistika strategiyasining korxonalar mahsulotlarini yetkazishda ahamiyati kattadir. Hozirda bozor munosabatlari sharoitida logistik tizim va uning strategiya va taktikasini to‘g‘ri amalga oshirish xizmatlar va tovarlarning iste’molchilarga sifatli holda yetib borishini ta’minlaydi. S huningdek, to‘g‘ ri tuzilgan strategiya bir qator muammolarni qisqartiradi va ombordagi zahiralar qulayligini ta’minlaydi.