10-modda. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yo`li bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi; alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob`ektlarning qo`riqlanishini va xavfsizligini ta`minlaydi; davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shahslar, guruhlar va tashkilotlar to`g’risida ahborot taqdim etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |