MAC flud MAC-flud tarmoq qurilmalarining MAC-manzilini uzatish protokoliga asoslangan [34]. Hujum mexanizmi boshlang’ich ulanishni o'rnatish uchun kompyuter tarmog'ining qabul qiluvchi tuguniga juda ko'plab bo'sh tarmoq paketlarini yuborishdan iborat. Ushbu turdagi hujumlar OSI modelining L2 kanali sathida amalga oshiriladi. Har bir kiruvchi paket uchun qabul qiluvchi tarmoq qurilmasi ulanish o'rnatiladigan qurilmadan ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash uchun ma'lum miqdorda hisoblash resurslarini aniqlaydi. Ushbu hujumning muvaffaqiyat me’zonlari tarmoq uskunalari hisoblash resurslarini to'ldirishdir, bu nafaqat tarmoq foydalanuvchanligini buzilishiga, balki OSI modelining yuqori sathlarida marshrutizatsiya jadvallarini buzilishga olib keladi.
TCP SYN flud SYN-hujum mexanizmi paketlar sarlavhalarini mavjud bo'lmagan IP-manzillar tizimida ko'rsatiladigan qilib almashtirishga asoslangan.
SYN hujumlari birinchi navbatda ulanishni tasdiqlash, oqimlarni boshqarish va boshqalar uchun mas'ul bo'lgan TCP transport protokolidan foydalanadi. TCP protokoli orqali ulanish "mijoz - server" ga o'xshaydi, bu yerda mijoz SYN so'rovini serverga yuboradi va serverni tasdiqlaganidan so'ng (SYN-ack) ulanish faollashadi. SYN hujumi ushbu "mijoz-server" ulanishini o'rnatishga to’sqinlik qilishni maqsad qilib qo'yadi, buning uchun qonuniy foydalanuvchilar natijada DDoS hujumiga ega bo'ladigan ulanishlar navbatini yaratib, ortiqcha miqdordagi paketlarni yo’naltiradi. SYN hujumlari ikki barobar xavflidir, chunki ular bir vaqtning o'zida ma'lumotlar uzatish kanalini to'ldiradilar va hujum qilingan serverning ko'plab resurslaridan foydalanadilar.
UDP flud UDP (User Datagram Protocol - foydalanuvchi datagrammmasi protokoli) TCP-dan farqli o'laroq, ulanishni o'rnatmasdan IP-ni yuborishning asosiy xususiyati bo'lgan transport darajasidagi protokoldir. Barcha UDP paketlar jo'natuvchi ma'lumotlarini o'z ichiga olgan sarlavhalar bilan birga keladi, ya'ni protokol IP-datagrammalarni oldindan yuborilgan portlarning sarlavhasiga kiritilgan bo’lib, paketni olish imkonini beradi (1.4-rasm).
1.4-rasm. UDP paket sarlavhasi
UDP-flud-bu DDoS hujumining bir turi bo'lib, unda ko'plab maxsus datagramma protokolli paketlar (UDP) ushbu qurilmaning paketlarni qayta ishlash va ularga javob berish - o'tkazuvchanlik qobiliyatini tushirish maqsadida serverga yuboriladi. Shunday qilib, maqsadli serverni himoya qiluvchi xavfsizlik devori ham samarasiz bo'lishi mumkin, natijada UDP-flud "hujumi" oqibatida qonuniy trafikka xizmat ko'rsatish rad etilishiga olib keladi.