Xizmat doirasidagi kammunikastiya



Download 42,99 Kb.
bet4/4
Sana13.01.2022
Hajmi42,99 Kb.
#356543
1   2   3   4
Bog'liq
Xizmat doirasidagi kammunikastiya

Darsning borishi


I. Tashkiliy qism.

A) salomlashish,

B) o`quv xonasini ko`zdan kechirish

V) davomat

II. Uyga vazifani so`rash (Guruh o`quvchilari 2 guruhga bo`linadilar «Quvnoqlar» va «Bilimdonlar».
Savollar

I. 1. Tilning ijtimoiy mohiyati nimada?

2. Til nima? Tafakkur nima?

3. Til birliklarining nutqdagi vazifalari haqida gapirib

bering

4. Til va tafakkur ayrim-ayrim holda mavjud bo`lishi



mumkinmi?

5. Tafakkur bilan til o`rtasidagi munosabatni misollar

bilan tushuntirib bering

6. Nutqiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?

II. Yozma tarzda quyidagi so`zlardan maqol va hikmatlarni aniqlang.


  1. Ham, kuydiradigan, bezdiradigan, til.

  2. Kishi, so`z, ko`rki, aql, tilning

  3. Uning, tilidadir, kishining, go`zalligi

  4. Odamizod, har neni, qilmish, bilmish ki, tafakkur, birla

  5. Arslon, til, kabidir

  6. Hayvondir, insonni, judo, ayladi, so`z, bilim, andin, yo`q, guhari, sharifi.

III. Fikrlarni jamlash

  1. «Davlat tili haqidagi qonun» qabul qilingan sana (1989 y, 21 oktabr)

  2. «Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmoqdir» so`zlarining muallifi *A.Avloniy)

  3. Tafakkur so`zining o`zagi (fikr)

  4. «Davlat tili haqidagi qonun» ga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan sana (1995 y, 21 dekabr)

IV. Yangi mavzu bayoni:

Telegramma, faksogramma matnlari tarkibi,

ularni tayyorlash.

Reja:


  1. Telegramma

  2. Faksogramma

  3. Telefonogramma

Milliy istiqlol xayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo'lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo'l ochildi. Mustaqil davlatimizning asosiy Qonuni-Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonun va boshqa rasmiy xujjatlarda ona tilimiz bo'lmish o’zbek tilining huquqiy maqomi va istiqloli aniq ko'rsatib berilgan.

Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlari ham xilma-xil va miqdoran juda ko'p. Xujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. SHunday ekan, xujjatlar tilida bo’lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum xujjatlar tuzish ishida qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi xujjat, albatta, o'ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal xujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. SHuning uchun bu o'rinda xujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavjudligiga ko'ra xujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy xujjatlar, farmoyish xujjatlari, ma’lumot axborot xujjatlari, xizmat yozishmalari.

Telegramma.

Telegramma-xizmat yozishmalari guruhiga kiradi. Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nixoyatda qiska shakli «U bir muassasadan (yoki shaxardan, ikkinchisiga yo’llangan rasmiy xujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni o'z vaqtida yetkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan yetkazish uchun telegrafdan foydalaniladi.

Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan joylardagi muassasa, shuningdek shaharlar orasida bo’ladi.

Telegrammaning boshqa ish kog’ozlaridan o'ziga xos ixchamligi va kisqaligidir. Xizmat telegrammalari 2 nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa uchun aloqa bo'limiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o'zida saqlash uchun saqlanadi. Telegramma, qoidaga binoan, maxsus ish kog’ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko'pincha odatdagi kog’ozga yozuv mashinasida bosh xarflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo'natuvchining adresi mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik xarflar bilan yoziladi. Ko’lga yozilganda, xarflar yirik-yirik so’zlar orasi aniq va ravshan bo’lishi kerak. Telegramma bosma ish kog’ozining yoki oq kog’ozining faqat bir tomoniga yoziladi.

Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qiska va siqiq uslubda yoziladi. Unda to'liqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so'zlar, tinish belgilar faqat zarur bo'lgandagina, ya’ni ularsiz gapning mazmuni o'zgarib ketsa yoki ikki xil ma’noda qabul qilinsagina ko’llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushurilib qoldiriladi. Xarfni bayon qilishda ixcham so’zlarni tanlash, qiskartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf usulining eng asosiy talaflaridan biridir.

Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’in ko'chirilmaydi. Xatboshisiz barcha qatorlar to’ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so’z (xarflar) bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo’lgan murakkab sonlarni o'zicha yozish mumkin.

Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:



  1. Xujjatning nomi (Telegramma)

  2. Turi hakidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar)

  3. Telegramma yetib borishi zarur bo’lgan joy adresi, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi)

  4. Matn

  5. Jo'natuvchi muassasaning qiskacha nomi va matnini imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas)

  6. Xabar jo’natuvchining adresi

  7. Matn kim tomonidan jo’natilayotgan bo’lsa, o’sha shaxsning imzosi.

  8. Muhr

  9. Sana

Telegrammaning matn adresidan ajralib turushi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo’lsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (indeks), matn oxirida esa o’z jo’natma shartli raqami yoziladi.

Telegramma namunalari:



Kattako'rg’on bjg’ ko’cha 25 paxtazavodi Karimovga tezda besh vagon paxta tolasi jonating. SHartnoma hisob raqami 1356 Toshto’qimachilik kombinati Salimov 162

700160 Toshkent To’qimachilar 5

Toshkent to’qimachilik kombinati direktori Salimov

1999.02.09 Muhir



Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular tuzulishiga ko’ra xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi:

Telegramma

Farg’ona 12 Kattabog’ 18

Salimovga

Yigirma oltinchi dekabrda 123 reys bilan uchaman kutib oling.

Sayyora


700187 Toshkent 187 sadaf ko'chasi 4-uy

Telegrammaning har bir so’zi uchun pul to'lanadi, narxi uning turiga va so'zlar miqdoriga bog’liq.

Telegramma matnini tahrir qilish va qisqartirish telegrammani qabul qiluvchi tomonidan xabarning to’g’ri tushunilishiga ham e’tibor berish zarur. Qaysi so’zni tushirib qoldirish mumkinligini faqat telegrammani jo'natuvchigina emas, balki telegramma yo’llagan shaxsning nima haqida xabar berayotganligidan avvaldan qisman voqib bo’lganligiga ham bog’liq. Masalan, telegramma jo’natuvchi o’z tanishini to’yga taklif qilmoqchi. Agar xabar telegramma yo’llagan shaxsga butunlay yangilik bo’lsa, matn qayerda, qanday va kimning to’yi ekanligi alohida ko'rsatilishi kerak. Agar to’y haqida u qisman xabardor bo’lsa, telegrammaning taxminiy matni quyidagicha bo’ladi:

To’y o’n ikkinchi iyunda belgilandi. Yetib keling.Zudlik, tezlik talab qilinadigan barcha vaziyatlarda xatlar allaqachon o'z urninitelegrammalarga, telegrammalar esa farmoyishlar, shoshilinch xatlar, arizalar va boshqalar telegraf yoki faks orqali yo’llanmoqda.

Telefonogramma

SHoshilinch xabarning matnini belgilangan joyda telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy xujjat sifatida qabul qilinadi va ish kog’ozining bir turi hisoblanadi.

Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar o’rtasida kq’llaniladi.

Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki ma’sul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda tayyor matn asosida yetkaziladi.

Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh bo'lish va u qabul qilishda tayyor bo’lgach matn qabul qiluvchi uni yozishda ulguradigan sur’atda bayon qilinishi kerak. Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirish kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va famioiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi.

Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to’g’ri va qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, murakkab jumlalar yoki juda xam ishlatiladigan so’zlar qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim. Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak. Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:



  1. Adres

  2. Хujjatni yo’lovchi muassasaning nomi.

  3. Telefonogrammaning yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari

  4. Qabul qilish vaqti

  5. Nomi

  6. Tartib raqami

  7. Sana 8. Matn

9. Imzo chekkan shaxs

Mashqlar.



  1. Buyruqlarni telegramma usulida yozing.

  2. Taklifnomalarni telegramma usulida yozing.

  3. Uzoqdagi qarindoshingizga telefonogramma yullang.

  4. SHoshilinch xatni telegramma orqali yozing

  5. Quyidagi telefonogramma shaklini to’ldiring:



___________________ Kimga:_____________

(yullovchi tashkilot)

Telefonogramma yetkazuvchi: Qabul qiluvchi:

______________________ ___________________

(lavozimi, ismi, fami.) (lavozimi, ismi, fam)

tel: ___________________________

(qabul qilingan vaqti)



VII Xulosa:

VIII Uyga vazifa: Тelefonogramma va faksogramma namunaviy matnini tuzib kelish.
Adabiyotlar:

Oxunjonova O. «Davlat tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish; «Davlat tilida ish yurtiish» T.2000 y.





Aim.uz


Download 42,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish