O'zimdan qoniqmay.
She'rlarim sodda oddiy barisi,
Yozyapman yozganim ko'nglim suymaydi.
Menga kelmay qo'ydi ilhom parisi,
She'rimdan yuragim hisni tuymaydi.
Armonu ayriliq haqida baytlar,
Yozdim negaligin bilmayin o'zim,
Menda bu holatlar bo'lmagan desam.
Ishonmas o'zgalar to'xtatib so'zim.
Demak yozmayapman yuragimdagin,
Demak aldayapman qalbim ayovsiz,
Ayriliq haqida she'rlarni bitib,
Qiynadim yuragim dardla to'xtovsiz.
Endi baxt haqida yozaman ashor,
Ilhomim kelaqol men ijod qilay,
Faqat baxtni kuylab yashab betakror,
Sizlarni ulug' baxt sari yetaklay...
Oshiq maqsadi.
Ko'ngil yaproqdayin qurib qolmasdan,
Azoblar yo'limizga tikon solmasdan.
Foniy dunyo bizni yutib olmasdan.
Men seni meniki qilishim kerak.
Taqdirga baxt nomin bitishim kerak.
Yo'llar uzoqlashib ado bo'lmasdan,
Dilda faryod unib nido bo'lmasdan,
O'zgalar qalbimiz vayron qilmasdan.
Men seni meniki qilishim kerak.
Taqdirga baxt nomin bitishim kerak.
Bahor tassurotlari.
Ko'klam nafasining qo'lidan tutib,
Mayin esayapti sokin shabboda.
Qishning sovuqlarin endi unutib,
Boychechak ochildi yaprog'i shoda.
Ko'kdan taraladi quyosh nurlari,
Tongda yaltiragan shudring durlari,
Qalblarda bahorning ilk shuurlari,
Bahor kirib keldi, keldi azizlar
Qizg'aldog'im.
Go'zal qizning yanog'imisan,
Yoki xijron qiynog'imisan,
Tomirimda oqqan jon qonim.
Yurakkinam titrog'imisan.
Falakdan yo tushdingmi gulim,
Mo'jizadek yerdan unubsan,
Yarashgansan qara dalaga,
Sen jilmayib kulib turibsan.
Qayga boqsam sening siyrating,
Bir dam turib o'yga tolaman,
Qizg'aldog'im seni kuyingda,
Men ham shoir bo'lib qolaman...
ISHQIM QISSASI…
Bir kun o'tirgan edim.
Amakimni uyida.
Yurakka davo istab,
Yurardim ishq ko'yida.
Bir vaqt eshik taqillab,
Yangam eshikka boqdi,
Ijaraga kelgan qiz,
Meni qalbimni yoqdi.
Ko'zlari charos ekan,
Lablari gilos misli,
Termuldim ko'z uzmasdan.
Menikidek shu asli.
So'radim xol ahvolin.
Ahvolim yomon etdi.
Ishq ko'rmagan yurakka,
Shu payt alanga ketdi.
Olib qochar ko'zlarin,
Men yuziga mahliyo,
O'ylab aytar so'zlarin.
Turishida bor hayo.
Baxtim izlagan edim,
Zora shu go'zal bo'lsa.
Shunchalar sevishsakda,
Ishqimiz g'azal bo'lsa.
Uydan chiqdim qalb qoldi,
Ul go'zalni yonida,
Sevib qolgan ekanman.
Bildim chiqqan onimda,
Oradan oylar o'tdi,
U pariga bog'landim.
Sevarmi yo sevmas deb.
Yurak bag'rim dog'landim.
Bir kun aytdim izhorim,
U jim qoldi egilib.
Men turardim javobim,
Aytarmi deb termulib.
Biroz qarshilik qildi,
Yuragida bor ishqi.
Men ham sevishin bildim,
Kelar ekan ko'p rashqi.
Hayotdan xursand bo'ldim.
Inom etgan baxtidan,
Hech bir oshiq qaytmasin.
Yorga aytgan ahdidan.
Shu zaylda umrimiz,
Baxtli o'ta boshladi.
Zimdan kulib boqishib.
Xijron ko'zin yoshladi.
Men sevaman yorimni.
Vafodorim borimni,
Unga hadya etgayman.
Butun jon jahonimni.
U ham meni sevadi.
Beradi bor mehrini.
Ollohim ko'rsatmagin.
Ayriliqning qahrini.
Ushbu she'rni bitdim,
Abadiy sevgi uchun.
Seni sevaman gulim.
Kurashamiz baxt uchun!!!
Bir kun.
Umir ne'mat berilar bir bor.
Vaqt o'tkinchi qaytmaydi takror.
Yoshlik o'tar uchqur saman ot.
Bu hayotning lazzatidan tot.
Erta qanday bilmaydi hech kim,
O'zing uchun yasha, olgin tin.
Balki erta o'lishing mumkin.
O'zing uchun yashagin bir kun.
Ko'rgin dunyo go'zalligini.
Bilding qancha razilligini.
Yilda to'rtta faslligini.
O'zing uchun yashagin bir kun.
Mol talashib yurmagin qo'ygin.
Gaplarimning mag'zini tuygin.
Hayotingga bir kunni o'ygin.
O'zing uchun yashagin bir kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |