Mavzuning tarkibiy qismi. Ushbu disertatsiya tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob
va xulosa qismlaridan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o`rganilish darajasi
va bugungi kunda dunyo tarixidagi ahamiyati xususida to`xtaladi.
“Fransuz inqilobchilari siyosatida madaniyat masalalari”-deya nomlangan
birinchi bob uch qismga ajratilib tahlil qilingan. Birinchi qismda Xalq ta’limining isloh
qilinishi, uning cherkovdan ajratilib dunyoviy bilim maskaniga aylantirilishi hamda,
unga doir masalalarning Milliy Konventda ko`rib chiqilishi yoritilgan. Ikkinchi qism
inqilob davrida akademiya faoliyati bilan bevosita bog`liq. Unda akademiyaning inqilob
amalga oshishida tutgan roli, ichki o`zaro kurashlar, bu davrdagi ilmiy yutuqlari va
olimlar faoliyati, Konvent tomonidan nizomlarning o`zgartrilishi tahlil qilingan.
Uchinchi qismda bayramlar, nashriyotlar va yodgorliklar borasidagi siyosat o`z aksini
topgan.
Ikkinchi bob “Diniy masalalar siyosatchilar muhokamasida”-deb nomlanib u ham
uch qismda yoritilgan. Birinchi qism cherkovning hokimiyatda ta’sirini kamaytirish, u
bilan bog`liq turli munosabatlarning Konvent va departamentlardagi muhokamasi
xususida. Ikkinchi qism bevosita Konvent tomonidan qabul qilingan cherkov va uning
mulkiga doir hujjatlarning tahliliga bag`ishlangan. Uchinchi qism isloh qilingan
cherkovda ruhoniylarning vazifasi, huquq va burchlari haqida.
Bundan keyin yuqorida keltirilgan bob va qismlarni umumiylashtirib xulosa
yasalgan. Eng so`nggida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ham keltirilgan.
Mavzuning tarixshunosligi. XVIII asr fransuz inqilobi nihoyatda katta voqeya
bo`lganligi uchun uning xususiyatlari, sabablari, natijalari haqida juda ko`plab
tarixchilar shug`ullandilar. Inqilobning umumiy xarakteri yoki undagi yirik
namoyondalar faoliyati haqida alohida maxsus kitoblar chop etilgan.
Ikkkinchi jahon urushidan so`ng dunyo ikki qarama – qarshi tomonga bo`linib
ketganidan so`ng inqilob xarakteriga bir-biriga zid nashrlar e’lon qilina boshlandi.
G`arbiy Yevropa va Amerika tarixchilari unga o`z qarashlari bilan baho bersa,
sotsialistik davlatlar uning sinfiyligini ochib berishga urindilar.
Inqilobning din va madaniyat masalalaridagi tarixini o`rganishda A.Olarning
1918-yilda rus tiliga tarjima qilingan “Политическая история французкой
6
революции”
3
asari umumiy voqealarni qamrab olsada unda din va madaniyat
masalalariga ham alohida boblar ajratilgan va mavzuni hujjatlarga tayanib yoritib
bergan. Bu sohada rus tarixchilarining faoliyati ham ancha samarali. N.Konchevskiy
fransuz tilidagi bir nechta inqilobga doir kitoblarni qo`shimcha mulohazalar bilan rus
tiliga tarjima qildi. M.Ya.Domnich bu davrning diniy masalalari bilan shug`ullandi va
1960-yilda bu haqda kitobini nashr qildirdi.
4
Unda diniy masalalar to`liq yoritib berildi.
XX asrning 80-90 yillarida ayniqsa unumli faoliyat olib borildi. Din va madaniyatga
doir bir necha hujjatlar bevosita rus tiliga tarjima qilinib to`plam shaklida nashr qilindi,
xususan A.V.Ado muharrirligida turli hujjatlar 1990-yili ikki tomlik kitob qilib nashr
etildi. Shunday hujjatlar Ye.Ye. Yurovskaya rahbarligida va shu yili V.G.Sirotkin
muharrirligida yana hujjatlar to`plami chop etildi.
5
Bundan tashqari biz Ya.M.Zaxer,
V.M.Dalin, N.M.Lukin, A.F.Yefimov, V.A.Orlovlarning faoliyatini ham ta’kidlab
o`tishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |