XIX asrga kelib Angliya sanoati, qishloq xo‘jaligi rivojlangan yirik
kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik
va qishloq xo‘jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko‘payishini talab
qila boshladi. Xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ingliz
seleksionerlari ko‘p mahsulot beradigan qo‘y, qoramol, parranda zotlarini, ko‘p
hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya
natijalari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan hayvon, o‘simlik organizmlari
o‘zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi.
Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni
butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya
tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi
Darvinni ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 km
uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga
soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan
toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir
orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa
xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq
qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar
tarqalgan.
Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar
olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi,
xossalari bo‘yicha farq qiladi.
Qirilib ketgan qadimgi oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov,
chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi. Bu dalillar
qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro
qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi.
Hayvonlar geografi k tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar
davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini
o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi. Chunonchi,
Janubiy Amerikada keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r,
zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Ame rika da uchramaydi. Uning
fi kricha, o‘tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo‘lib, faunasi o‘xshash
bo‘lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko‘tarilishi tufayli
hayvonlarning bir qit’adan boshqa qit’aga o‘tishi uchun to‘siq hosil bo‘lgan.
Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amerika faunasi o‘rtasida hozirgi farq
vujudga kelgan.
Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh
yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos
bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini
belgilab berdi.
Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan
qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan
tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir
qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi.
U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni
15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi.
1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U
«Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868),
«Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida
chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi.
Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi
va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot
natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining
harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va
tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |