Shunday qilib, F. Bopp, R.K .Rask, Ya.Grimm, A.X.Vostokovlar Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. va bu tilshunoslikning ilmiy tekshirish metodi boʻlgan qiyosiytarixiy metodp. asos soldilar. Grimm va nemis olimi A.Pott esa Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. ning asosi boʻlgan qiyosiytarixiy fonetikani fan sifatida amaliyotga kiritdilar. Bobo tilni rekonstruksiya qilish yoʻlidagi dastlabki jiddiy urinishlar 19-asr oʻrtalarida nemis olimi AShleyxer tomonidan amalga oshirilgan. Tillarning yozuvgacha boʻlgan tarixi materiallarini, eng avvalo fonemalarni, dalillar asosida rekonstruksiya qilishning aniq metodikasi (daniyalik K.Vernerning , nemis olimi K.Brugman boshchiligidagi "yosh grammatikachilar"ning , F.de Sossyur va boshqalarlarning asarlarida) 19-asrning soʻnggi choragida ishlab chiqilgan; ushbu metodika hozirgi Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning xdm asosi hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yangi bosqichi A. Meye, fransuz olimi A.Benvenist, daniyalik X.Pedersen, polyak olimi Ye. Kurilovich, italiyalik V.Pizani, rus olimlari A.V.Beletskiy, A.V.Desnitskaya, V.M.IllichSvitich va boshqalarning nomlari bilan bogʻliq. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. fani Hindistondan Yevropagacha boʻlgan oʻzaro qarindosh tillarni qiyoslash va eng qadimiy shakllarni tiklashga urinish asosida yaratilganligi uchun baʼzan hindevropa tilshunosligi deb ham atalgan. - Shunday qilib, F. Bopp, R.K .Rask, Ya.Grimm, A.X.Vostokovlar Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. va bu tilshunoslikning ilmiy tekshirish metodi boʻlgan qiyosiytarixiy metodp. asos soldilar. Grimm va nemis olimi A.Pott esa Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. ning asosi boʻlgan qiyosiytarixiy fonetikani fan sifatida amaliyotga kiritdilar. Bobo tilni rekonstruksiya qilish yoʻlidagi dastlabki jiddiy urinishlar 19-asr oʻrtalarida nemis olimi AShleyxer tomonidan amalga oshirilgan. Tillarning yozuvgacha boʻlgan tarixi materiallarini, eng avvalo fonemalarni, dalillar asosida rekonstruksiya qilishning aniq metodikasi (daniyalik K.Vernerning , nemis olimi K.Brugman boshchiligidagi "yosh grammatikachilar"ning , F.de Sossyur va boshqalarlarning asarlarida) 19-asrning soʻnggi choragida ishlab chiqilgan; ushbu metodika hozirgi Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning xdm asosi hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yangi bosqichi A. Meye, fransuz olimi A.Benvenist, daniyalik X.Pedersen, polyak olimi Ye. Kurilovich, italiyalik V.Pizani, rus olimlari A.V.Beletskiy, A.V.Desnitskaya, V.M.IllichSvitich va boshqalarning nomlari bilan bogʻliq. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. fani Hindistondan Yevropagacha boʻlgan oʻzaro qarindosh tillarni qiyoslash va eng qadimiy shakllarni tiklashga urinish asosida yaratilganligi uchun baʼzan hindevropa tilshunosligi deb ham atalgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |