Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning , eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiytarixiy grammatikaning paydo boʻlishini odatda 18-asr oxirida yevropalik tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar [mas, nemis olimi F.Shlegelning "Hindlarning tili va donoligi" (1808) asari, ingliz olimi U. Jounzning sanskrit bilan "klassik tillar" (yunon va lotin) orasida qarindoshlik borligi haqidagi fikrlari va boshqalar]. Lekin Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soluvchi asarlar 19-asrning 1-choragida maydonga keldi. Nemis tilshunosi F.Boppning "Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash" (1816) va 3 jildli "Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi" (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning "Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi" (1818) asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir. Shuni aytish kerakki, F.Bopp va R.K.Rask birbirlarining tadqiqotlaridan bexabar holda, mustaqil ravishda qiyosiy tilshunoslikka asos soladilar. Nemis tilshunosi Ya.Grimm esa oʻzining 4 jildli "Nemis grammatikasi" (1819—37) va 2 jildli "Nemis tili tarixi" (1848) asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ka maʼlum hissa qoʻshib, tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A.X. Vostokov oʻzining "Slavyan tili haqida mulohazalar" (1820), 2 jildli "Cherkovslavyan tili lugʻati" (1858—61) bilan, chex tilshunosi yilDobrovskiy esa "Qad. slavyan tili grammatikasi" (1822) va boshqalar asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning slavyanshunoslik tarmogʻini asoslab, uni rivojlantirdilar. - Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning , eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiytarixiy grammatikaning paydo boʻlishini odatda 18-asr oxirida yevropalik tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar [mas, nemis olimi F.Shlegelning "Hindlarning tili va donoligi" (1808) asari, ingliz olimi U. Jounzning sanskrit bilan "klassik tillar" (yunon va lotin) orasida qarindoshlik borligi haqidagi fikrlari va boshqalar]. Lekin Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soluvchi asarlar 19-asrning 1-choragida maydonga keldi. Nemis tilshunosi F.Boppning "Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash" (1816) va 3 jildli "Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi" (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning "Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi" (1818) asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir. Shuni aytish kerakki, F.Bopp va R.K.Rask birbirlarining tadqiqotlaridan bexabar holda, mustaqil ravishda qiyosiy tilshunoslikka asos soladilar. Nemis tilshunosi Ya.Grimm esa oʻzining 4 jildli "Nemis grammatikasi" (1819—37) va 2 jildli "Nemis tili tarixi" (1848) asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ka maʼlum hissa qoʻshib, tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A.X. Vostokov oʻzining "Slavyan tili haqida mulohazalar" (1820), 2 jildli "Cherkovslavyan tili lugʻati" (1858—61) bilan, chex tilshunosi yilDobrovskiy esa "Qad. slavyan tili grammatikasi" (1822) va boshqalar asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning slavyanshunoslik tarmogʻini asoslab, uni rivojlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |