Xix asr oxiri XX asr boshlarida Angliyaning ijtimoiy ahvoli


XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Angliyaning iqtisodiy ahvoli



Download 28,78 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi28,78 Kb.
#665432
1   2   3   4   5
Bog'liq
ррррррр

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Angliyaning iqtisodiy ahvoli
Sanoat burjuaziyasining ta’siri ham o’sib va kuchayib bordi. Burjuaziya bir hovuch oqsuyak (aristokart) oilalarning siyosiy hukmronligiga qarshi chiqa boshladilar. Vigilar va torilar partiyasidagi bir guruh radikallar birlashib, siyosiy islohotlar uchun kurash boshladilar.
1873 yildagi iqtisodiy inqirozdan keyin Angliyada sanoat, qishloq xo’jalik, savdo va moliya sohasida uzoq cho’zilgan «buyuk tushkunlik» yuz berdi. Angliya sanoat sohasidagi gegemonligidan mahrum bo’ldi. Faqat 20 yildan keyingina ishlab chiqarish jonlana boshladi. 80-90-yillar davomida Angliyadan dastlab AQSH, keyinchalik Germaniya o’zib ketdi. 1879-1914 yillarda Angliyada sanoatning umumiy ishlab chiqarishi 2 marta ko’paydi, lekin dunyoda bu ko’rsatkich 4 marta o’sgan edi, buni quyidagi ma’lumotlardan ham ko’rsa bo’ladi:
Angliyaning jahon bozoridagi mavqei ham o’zgarmoqda edi. U hali ham tashqi savdoda etakchilik qilsada, boshqa davlatlar u bilan raqobatlasha boshlagan edilar, buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin:
Angliya sanoatning to’qimachilik, kemasozlik, ko’mir qazib olish kabi eski tarmoqlarida ancha vaqtgacha o’z ustunligini saqlab qolgan bo’lsada, bu sohalarda uning jahon miqyosidagi ishlab chiqarishi pasayib bordi. Jumladan jahonda toshko’mir ishlab chiqarishda Angliya hissasiga 1860 yilda maxsulotning 57,6 % i to’g’ri kelgan bo’lsa, 1900 yilda 29,7 % i to’g’ri keldi, dunyoda etkazilgan paxta xom ashyosining Angliyadagi iste’moli 1860 yildagi 51 % dan 1900 yilda 28,2 % ga tushib qoldi.
Angliyaning jahon xo’jaligidagi hissasi 1873 yildan 1900 yilgacha bo’lgan davrda 2 marta qisqardi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 3-o’ringa tushib qoldi.
Angliya jahon savdosida xali ham birinchi o’rinda turgan bo’lishiga qaramay Germaniya uning asosiy raqibiga aylandi. Germaniya tovarlari Angliya mustamlakalariga kirib bormoqda, shuningdek ilgari Angliya savdogarlari hukmronlik qilgan bozorlarni egallab olmoqda edi. X1X asr oxiriga kelib Angliyada Germaniya raqobatining halokatli oqibatlaridan ogohlantiruvchi yuzlab pamfletlar bosilib chiqqan edi.
1885 yilda Angliya parlamenti ingliz sanoati inqirozini o’rganish uchun «katta komissiya» tashkil etdi. Bu komissiya yirik shaharlar vakillari va savdo firmalarining fikrlarini o’rgandi. Ularning hammasi chet el raqobatining halokatli oqibatlari haqida gapirardilar.
1887 yilda burjua doiralarining talabi bilan Germaniyadan Angliyaga keltiriladigan barcha tovarlarga «Germaniyada ishlab chiqarilgan» degan tamg’a yopishtirilishi haqida qonun qabul qilindi. Bu bilan inglizlarning vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’ab, ularni chet el tovarlarini sotib olmaslikka da’vat etish ko’zda tutilgan edi. Lekin bu yo’l kutilgan samaraga olib kelmadi, chunki nemis tovarlari ancha arzon edi.
Ingliz burjuaziyasi o’z sarmoyalarini chet ellarga chiqarish orqali daromadlarini ko’paytirishga harakat qilardi. Chet ellarga chiqarilgan ingliz sarmoyalarining umumiy summasi 1850 yilda 200 mln.funt sterling bo’lgan bo’lsa, 1875 yilda 1,1 mlrd.f.s.ga etdi, 25 yil davomida chetga sarmoya chiqarish 5 martadan ko’proq o’sdi. 80-yillardan boshlab Angliya mustamlakalarida ( Hindiston, Avstraliya, Kanada), shuningdek Janubiy Amerika, AQSH va Yevropaning bir qator mamlakatlarida temir yo’llar qurilishi munosabati bilan chetga sarmoya chiqarish yanada ko’paydi. 1900 yilga kelib AQSHning chet ellardagi investitsiyalari deyarli 2 mlrd. f .s.ga etdi va barcha yirik kapitalistik davlatlar chetga chiqargan sarmoyalarining yarmini tashkil etdi.
Chetga sarmoya chiqarish ingliz tadbirkorlariga juda katta daromad keltirardi. X1X asr oxirida bu daromadlar 90 mln. f.s.ga etdi, Angliyaning tashqi savdodan oladigan daromadi 18 mln.f.s.dan oshmas edi.
Chetga sarmoya chiqarishning o’sishi Angliyaning o’zida sanoatga mablag’ qo’yishning qisqarishiga olib keldi. 1875 yildan 1914 yilgacha bo’lgan davrda mamlakat ichida mablag’ qo’yish 80 % ga o’sgan bo’lsa, chetga sarmoya chiqarish 250 % ga teng bo’ldi.
Angliya texnika taraqqiyoti jihatidan boshqa mamlakatlardan tobora orqada qola boshladi. Ko’pgina korxonalarning jihozlari eskirib qolgan edi. AQSH va Germaniyada elektr energiyasidan keng foydalanilgan bir davrda Angliyada bug’ asosiy energetika kuchi hisoblanardi. Sanoatning elektrotexnika, ximiya kabi Yangi tarmoqlari Angliyada keng rivojlanmadi.
Angliyada sanoat jihatidan orqada qolish bilan birga qishloq xo’jaligida ham orqada qolish kuzatilmoqda edi.
X1X asrning 70-yillarigacha Angliya qishloq xo’jaligi mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining 80 % ini qondirar edi. Lekin XX asr boshiga kelib Angliya oziq-ovqat mahsulotlarining deyarli 65 % ini mustamlakalardan va boshqa mamlakatlardan keltirar edi. Bunday ahvol Angliya mustamlakachilik monopoliyasi bilan bog’liq edi. Ingliz burjuaziyasi mamlakat qishloq xo’jaligiga katta zarar etkazishiga qaramasdan mustamlakalardan arzon oziq-ovqat va xom ashyo maxsulotlarini olib kelishni afzal ko’rardi.
Lekin qishloq xo’jaligini orqada qolishining asosiy sababi Angliya qishlog’ida lendlordizm tizimining hukmronligi edi.
1873 yildagi aholini ro’yxatga olish ma’lumotlari bo’yicha 4 mingga yaqin eng yirik yer egalari mamlakat yer fondining yarmidan ko’prog’ini egallagan edilar. Qolgan yerlarning uncha katta bo’lmagan qismi 217 ming mayda fermerlarga tegishli edi. Lordlar yerlarini kapitalist-fermerlarga ijaraga berardilar, bu fermalarda qishloq xo’jalik ishchilari ishlardi. Fermerlar juda katta ijara haqi to’lashga majbur bo’lganlari uchun Angliyaning o’zida etishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari chetdan keltiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlaridan qimmat bo’lardi. Angliya g’allasi o’zining tannarxi bo’yicha ancha arzon bo’lgan Shimoliy Amerika, Kanada, Amerika g’allasi bilan raqobatlasha olmasdi. 70-yillarda Angliyaga chet el g’allasi ko’plab keltirila boshlandi. Ingliz g’allasining narxi 50 % ga tushib ketdi. CHet el mahsulotining raqobati Angliyada qishloq xo’jaligi sohasi daromadini pasaytirib yubordi, qishloq xo’jaligiga mablag’ solishni qisqartirdi va qishloq aholisining kamayishiga olib keldi.
40 yil (1851-1891) davomida qishloq aholisi 33 % ga qisqardi. 1891 yildagi aholini ro’yxatga olish ma’lumotlari bo’yicha Angliyada shahar aholisi 77 % ni, qishloq aholisi 23 % ni tashkil etardi.
Dunyoning hech bir mamlakatida sanoatning qishloq xo’jaligidan ustunligi Angliyadagidek emas edi. SHuning uchun ham ingliz iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan katta miqdordagi xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj edi. Bu esa dengiz kemachiligining rivojlanishiga yordam berdi. Angliya kemachilikda o’zining etakchilik rolini saqlab qoldi. 1890 yilda Angliyaga dunyo savdo floti tonnajining 48 % i to’g’ri kelardi.

Download 28,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish