37 – mavzu
1040. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi?
A) Porsu, Alieli, Ko'hna Urganch, G'azovot
B) Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko'hna Urganch
C) Xo’jayli,Qo’ng’irot,Mo’ynoq,Xonqa
D) Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Xonqa
1041. Qachon Matyoqub pishiq rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bog'ot tumanlari dehqonlari qo'zg'olon ko'tarishdi?
A) 1902-yil B) 1906-yil C) 1907-yil D) 1911-yil
1042. 1902-yilda kim rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bog'ot tumanlari dehqonlari qo'zg'olon ko'tarishdi?
A) Mashirip B) Nariman pishiq
C) Matyoqub pishiq D) Matrasul
1043. Qachon Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlashdi?
A) 1902-yil B) 1906-yil C) 1907-yil D) 1911-yil
1044. 1906-yilda Xiva xonligining qaysi tumanlarida muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlashdi?
A) Yangi Urganch, Xonqa, Hazorasp
B) Xonqa, Bog’ot, Xiva
C) Yangi Urganch, Xonqa, Bog’ot
D) Xiva, Mo’ynoq, Beruniy
1045. Xiva xonligida qachon qurg'oqchilik va hosilsizlik yili bo'ldi?
A) 1908-1909-yillar B) 1910-1911-yillar
C) 1911-1912-yillar D) 1912-1913-yillar
1046. Xiva xonligida ………….-yilgi qo'zg'olon xalq norozilik chiqishlarida yangi omilni namoyon qildi, ya'ni - Qo'zg'olonchilar o'qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o'zlashtirgan edilar ?
A) 1909-yil B) 1910-yil C) 1911-yil D) 1912-yil
1047. 1912-yilda Xiva xonligining qaysi tumanlarida qo'zg'olonlar keskin tus oldi?
A) Xonqa,Xiva B) Hazorasp, Xonqa
C) Urganch,Xiva D) Hazarasp,Xiva
1048. 1912-yilda Asfandiyorxonning 1000 kishilik eng sara qo'shini qayerda Hazorasp, Xonqadagi qo'zg'olonchilar tomonidan tor-mor etildi?
A) Arkdagi bo’lgan jangda
B) Alieli va Toshhovuz o'rtasida
C) Tashqi Rabotdagi jangda
D) Alieli va P.Mahmud darvoza yonida
1049.Yosh xivaliklar harakatining Yosh buxoroliklardan farqli jihati ...?
A) Harakatda aholining turli qatlamlari - dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayda mulkdorlarning ishtirok etishi edi
B) Unda yirik-yirik mulkdorlarning ishtirok etishida edi
C) Qo'zg'olonchilar o'qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o'zlashtirgan edilar
D) Und axon oila a’zolarining ham harakati bor edi
1050. Yosh xivaliklar harakati rahbarlari kimlar bo'lgan?
A) Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sultomnurodov
B) Abdulvohid Burhonov , Abdurauf Fitrat , Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev
C) Usmon Xo'ja ,Abduqodir Muhitdinov , Musojon Sayidjonov, M.Behbudiy
D) Abdulla Avloniy , Boboxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Abdurauf Fitrat
1051. Qachon Xiva xoni "Islohotlar loyihasi" ni qabul qildi?
A) 1909-yil B) 1910-yil
C) 1911-yil D) 1912-yil
1052. 1910-yilda Xiva xoni qabul qilgan "Isiohotlar loyihasi" nimani nazarda tutar edi?
A) Ma’muriy tizimni tartibga solishni
B) Boshqaruv tizimini tartibga solishni
C) Moliyaviy masalalarni tartibga solishni
D) Inqilobiy isloxatlarni tartibga solishni
1053. Muhammad Rahimxon II vafot etgach, podsho hukumati yordamida taxtni uning o'g'li ... egallaydi?
A) Said Abdulla B) Said Olimxon
C) Asfandiyorxon D) Abdulazizxon
1054. Xiva xoni Asfandiyorxon qachon hukmronlik qilgan?
A) 1911-1918-yillar B) 1915-1918-yillar
C) 1910-1917-yillar D) 1910-1918-yillar
1055. Qachon Xiva xoni Asfandiyorxon islohotchilar rahnamolaridan biri, mamlakat bosh vaziri Islomxo'jani o'ldirtiradi?
A) 1909-yil B) 1913-yil C) 1915-yil D) 1917-yil
1056. Xiva xoni Asfandiyorxon islohotchilar rahnamolaridan biri, mamlakat bosh vaziri Islomxo'jani nimada ayblab o'ldirtiradi?
A) Fitna uyushtirishda
B) Rossiya bilan til biriktirishda
C) Buxoro bilan yashirincha shartnoma imzolashda
D) Davlat mablag'larini o'zlashtirishda
1057. Xiva xoni Asfandiyorxon buyrug'iga ko'ra yerlami yangidan o'lchash boshlandi. Aslida, bu tadbir nimadan iborat edi?
A) Yerlarni tortib olish edi
B) Yangi soliqlarni joriy qilishdan
C) Soliqlarni kamaytirish
D) Amaldorlarga yer bo’lib berish
1058. Xiva xoni Asfandiyorxon buyrug'iga ko'ra yerlami yangidan o'lchash boshlandi. Dehqonlar esa bunga qayerlarda qo'zg'olonlar ko'tarish bilan javob berishdi?
A) Xonqa va Xiva B) Hazorasp va Xonqa
C) Urganch va Xiva D) Mang'it va Xo'jayli
1059. Qachon Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o'tkazish to'g'risidagi manifestni imzolashni talab qilishdi?
A) 1917-yi1 11-aprel B) 1917-yi1 8-aprel
C) 1917-yi1 18-aprel D) 1917-yi1 5-aprel
1060. Xiva xonligida 1917-yil 26-apreldagi Majlisning birinchi sessiyasida ... ishtirok etdi?
A) 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil
B) 25 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 5 nafar vakil
C) 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 11 nafar vakil
D) 25 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 9 nafar vakil
1061. Kim 1918-yil yanvarda 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini egallab oldi?
A) Junaidxon B) Jalolxon C) Said Abdullo D) Islomxo’ja
1062. Junaidxon kim bo'lgan?
A) Qozoq urug'laridan birining sardori
B) Qirg’iz urug'laridan birining sardori
C) Qoraqalpoq urug'laridan birining sardori
D) Turkman urug'laridan birining sardori
1063. Kimning buyrug'iga ko'ra, Asfandiyorxon o'ldirildi?
A) Junaidxon B) Jalolxon C) Said Abdullo D) Islomxo’ja
1064. Asfandiyorxon o'ldirilib, o'miga kim Xiva xonligi taxtiga o'tqazildi?
A) Junaidxon B) Jalolxon C) Said Abdullo D) Islomxo’ja
1065. Qachon Xiva xonligi tugatildi?
A) 1920-yil 2-fevral B) 1920-yi1 27-aprel
C) 1920-yi1 11-aprel D) 1920-yi127-fevral
1066. Qachon Sovetlarning birinchi Butun Xiva qurultoyi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topganini e'lon qildi?
A) 1920-yil 2-fevral B) 1920-yi1 27-aprel
C) 1920-yi1 11-aprel D) 1920-yi127-fevral
1067. Xiva xonligi necha yil mavjud bo'lgan?
A) 200 yil B) 310 yil C) 400 yil D) 410 yil
1068. Hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati, qonun kuchiga teng hujjat qanday ataladi?
A) Bill B) Petitsiya C) Rezend D) Manifest
1069. Eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o'zgarishlarga qarshi turuvchilar qanday ataladi?
A) Liberal B) Monax C) Leyborist D) Konservativ
Do'stlaringiz bilan baham: |