KOMMUNA INQIROZIDAN KEYINGI FRANSIYA-PRUSSIYA
MUNOSABATLARINI KESKINLASHUVI.
Bu davrdagi siyosiy jarayonlar avvalgi kurashning bevosita davomi edi. Agar eslasak, 1871 yilning boshlarida Fransiya o‘z tarixidagi g‘oyat murakkab va ziddiyatli voqealarni boshidan kechirdi. Parij qamal holatida turgan bo‘lishiga qaramay, Millat majlisiga saylovlar 1871-yilning 8-fevralida o‘tkazildi. Parlamentdagi 630 ta deputatlik mandatining 400 tasini monarxiyachilar egalladi. “Garchand 1870-yilning 4-sentyabrida xalq qo‘zg‘oloni tufayli Fransiyada respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, Milliy majlisdagi ko‘pchilik o‘rinlami monarxiyachilar egallashgan. Respublikachilar parlamentda ozchilikni tashkil qilishgan. Ular turli oqimlarga mansub edilar, go‘yo mamlakatda “respublikachilarsiz respublika mavjud edi”. Monarxiyachilar guruhi siyosiy hokimiyat uchun kurashishdi.
Ligitimistlar.
Burbonlar.
Bonopartchilar.
Ligitimistlar-Burbonlar sulolasining nomzodi Karl X ning nabirasi graf Shamborni quvvatlashsa, orleanchilar sulolasiga mansub monarxiyachi deputatlar Lui Filippning nabirasi graf Parijskiyni quvvatlashdi. Monarxiyachi deputatlar o‘rtasidagi kurashdan Ter ustalik bilan foydalandi. U 1871- yilning 31-avgust kuni Fransiya prezidenti etib saylandi. Mamlakatda chiqarilgan ichki zayomlar evaziga qisqa muddat oralig‘ida 1873 -yilning martiga qadar Germaniyaga 5 milliard frank
miqdoridagi tovon puli to‘landi. Tyer Fransiyada konservativ respublika tuzumini amalda saqlanishiga majbur bo‘ldi. Ter monarxiyani tiklashga jur’at etolmadi va monarxiyachilar ishonchini oqlamadi.”
I II Mana shu tarzda Tyer monarxiyachilarning ishonchini oqlay olmaganligi uchun Tyer 24-may (1873y) iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng, Burbonlarga mansub Mak Magon o‘sha yilning may oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. 1873-yilning noyabrida monarxiyachilarning xoxishi bilan prezidentlik vakolati 7 yilga cho‘zildi. Mak Magon mamlakatdagi “ahloqiy tartiblar”ni tiklash maqsadida davlat maxkamalaridagi amaldorlarni monarxiyachilar bilan almashtirdi. O‘sha davrdagi Fransiyani istehzo bilan “Gersoglar respublikasi” deb atalgan. 1875-yilning 21- yanvarida Fransiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unda davlat tuzumining shakli haqida so‘z ketganda, “Respublika” atamasi ishlatiladi. Faqat bir ovoz farqi tufayli (353 qarshi 352) konstitutsiya qabul qilindi. Germaniyaning «yuqoridan» va Prussiya monarxiyasi boshchiligidagi birlashishi yakunlandi.
“Frankfurt shartnomasi Veralda imzolangan shartnomaning asosiy shartlarini tasdiqladi. Umuman, shartnomaning shartlari iqtisodiy, siyosiy va harbiy jixatdan Fransiyani zaiflashtirdi va Germaniyani kuchaytirdi. Fransiya- Prussiya urushi davrida Rimda joylashgan va papani qo‘llab-quvvatlagan fransuz korpusi vataniga chaqirib olindi; Papa viloyati Italiya bilan birlashdi - Italiyaning birlashishi yakunlandi.”
1 Urush lokal tarzda bo‘lib o‘tadimi yoki boshqa davlatlar ham bu urushga aralashishadimi? Bunday asosiy muammo fransuz va prus diplomatlari oldida turar edi. Fransuz hukumati Avstriya-Vengriya va Italiyaning ko‘magini qo‘lga kiritishga intilardi; pruss hukumati esa ularning betarafligiga erishmoqchi edi. Avstriya-Vengriyaning urushga kirishi yoki betarafligi masalasining hal etilishida Rossiyaning munosabati eng katta ahamiyatga ega edi.
Ikkinchi imperiya 60-yillarda Sharqda Rossiyaga qarama-qarshi harakatlar olib borar edi. Parij-Rim koalitsiyasi siyosati Fransiya tomonidan davom etardi. Bundan tashqari, Napoleon III rus-polyak ishlariga (1863-yil Polshadagi qo‘zg‘olon) aralashishga urinardi. Prussiyaning urushda Fransiyadan mag‘lubiyati Avstro-Vengriyaning kuchayshiga olib borardi. Bu holat ham Peterburgda inobatga olinardi. Barcha omillarni inobatga olib, rus podshohi, Avstriyaning urushga aralashgan taqdirda, Prussiyaga harbiy yorda ko‘rsatish va’dasini berdi. Bundan tashqari, fransuz armiyasining Sedandagi mag‘lubiyatidan so‘ng Avstriyaning urushga aralashuvi to‘g‘risidagi masala kun tartibidan olib tashlandi.
Ikkinchi imperiya siyosati Italiyaning birlashishiga to‘sqinlik qilardi va ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga imkoniyat bermasdi. Ikkinchi tomondin, Italiya Fransiyadan moliyaviy jihatdan qaram edi. Shuning uchun, Italiya hukumati Napoleon III bilan munosabatlarni keskinlashtira olmasdi. Oxiriga kelib, Italiyaning tashqi siyosiy munosabatini Sedan belgilab berdi. Fransuz armiyasining halokatidan so‘ng, Fransiyaga yordam berish rejalari chetga surib tashlandi. “Angliyaga to‘xtalsak, Gladston hukumati qit’adagi urushga aralashishga intilmasdi. Ikki urushayotgan tomondan Belgiya betarafligini saqlash tasdig‘ini olish bilan ingliz hukumati kifoyalandi. Angliyaning hukumat doiralari kuchli dengiz va mustalakachi davlat-Fransiyaning zaiflashuvidan manfaatdor edi.”
1 Fransiya-Prussiya urushi XIX asrning oxirgi choragidagi xalqaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib berdi. Yevropaning siyosiy xaritasida qudratli Germaniya imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat kuchli va yirik harbiy, sanoat va moliyaviy salohiyatga ega edi. Fransiya-Prussiya urushining muhim xalqaro
I II
ahamiyatga ega natijasi sifatida Italiya birlashishining yakunlanishi namoyon bo‘ldi. Bu buyuk davlat O‘rta yer dengizi xavzasida Fransiyaning raqibi bo‘lib qoldi. “Avstriya-Vengriya, o‘z navbatida, urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olish g‘oyasidan voz kechib, Germaniya bilan yaqinlashishiga qaror qildi. Germaniya iqtisodiy qudratining tez kuchayishi va uning mustamlakachilik ekspansiyasi maydoniga chiqishi ingliz-german ziddiyatlarning keskinlashuvini muqarrar qilib qo‘ydi.”
Shunday qilib, Fransiya-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasining tashkil topishi Yevropada kuchlarning qayta guruhlanishiga olib keldi va xalqaro vaziyatni keskinlashtirdi. Germaniya imperiyasining asoschisi va uning birinchi kansleri Otto fon Bismark Germaniya boshchiligida harbiy-siyosiy koalitsiya (ittifoq) tuzishga intildi. Bundan asosiy maqsad Fransiyani yakkalab qo‘yish va keyinchalik unga qarshi yangi urush uchun qulay diplomatik sharoit yaratish edi. Fransiyaga qarshi Bismarkning tashqi siyosati «Uch imperator» ittifoqini (Rossiya, Avstriya-Vengriya, Germaniya) 1873-yilda tashkil etishida namoyon bo‘ldi. Fransiyani ehtimoliy ittifoqchilar sifatida Rossiya va Avtsriya-Vengriyadan mahrum etish uchun Bismark Yevropada «tartibni» mustahkamlashda monarxik birdamlik qilish g‘oyasidan foydalandi. «Uch imperator» ittifoqi 1887- yilgacha umr ko‘rdi. Bu paytga kelib Avstriya-Rossiya va Germaniya-Rossiya ziddiyatlari yangi kuch bilan keskinlashib ketdi. Rossiyaning «Uch imperator» ittifoqiga kirishi yangi german tajovuzi paytida Fransiyani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi emasdi. Rossiya Fransiyaning yanada zaiflashuvidan manfaatdor emasdi. “«Evropada kuchlar muvozanatini» saqlab qolish siyosatini olib borgan Angliya ham harbiy Yevropada bitta buyuk davlatning (Germaniyaning) ustivorligi o‘rnatilishiga qarshi edi. Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyalari (mavqei) 1875-yilda Bismarkka Fransiyaga qarshi yangi urush ochishga to‘sqinlik qildi.”
1
Xulosa
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu jarayon intelektual qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Chunki sobiq ittifoq tarixshunosligi tomonidan ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan mavzular ma’naviy jihatdan yaroqsiz holda ekanligi ikkinchidan esa tarixni o‘rganishdagi ko‘pgina masalalarni tarixni “qora dog‘”lari sifatida talqin qilinishi mustaqillikning ilk kunlaridanoq qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masalaga aylandi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning isboti sifatida yurtboshimizning, “Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bodadi”
I, deb aytgan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyati qo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ular hozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda”
Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asming oxiriga kelib, „egallanmagan yerlar"ni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta'siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta'sir doiralarni qayta bo'lish masalasi paydo bo'ldi. Ko'plab davlatlar muammoni hal qilishning vositasi sifatida kuchga tayanishni lozim topdilar. Oqibatda, hayotni harbiylashtirish borgan sari avj oldi.
Yevropa davlatlari o'rtasidagi hududiy nizolar ham bor edi. Yevropa davlatlari o'rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sabab, ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo'ldi.
Ayni paytda, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha sohalar: savdo- iqtisodiy, harbiy, mustamlakalar, tashqi siyosat- Yevropada gegemonlik, ya’ni birinchi darajali davlat o’rni uchun Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg’in kurashi ostida kechdi. Lekin Fransiya iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgan edi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi natijada muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo xohlamas edi. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g'olibona urush-barcha muammolaring to’g’ri yechimidek tuyuldi. Bu urash Fransiyaning, shuningdek, Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi.
Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarar edi. „Ems depeshasi"ni Fransiya o'z sha'ni uchun haqorat deb hisobladi. Natijada minglab odamlaming hayotiga zomin bo’lgan , qirg’inbarot fojia- 1870-yil 17- iyulda Fransiyaning Prussiyaga urush e'lon qilishi bilan boshlandi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi; harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan; ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. 1-sentabr kuni Napoleon III Sedan qamali tufayli Napoleon III
sentabr kuni oq bayroq ko'tardi. Natijada Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini topdi. Oqibatda Fransiya Germaniyaga tahdid sola olish qudratidan mahrum bo’ldi. Bu mag'lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham bo'ldi.
sentabr kuni qo'zg'olon, 4-sentabrda imperator hokimyati ag'darilishi- Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. (Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.)
Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko'proq holdan toydirishi, katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo'lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intilishi urushni Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylanganini ko’rsatardi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871- yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. 26-fevralda Fransiya- Germaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
1871- yil 18- mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag'lubiyat va voqealari ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan tinchlik shartnomasi parijliklarning hukumatga qarshi qahr-g'azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari nar-xining keskin oshib ketishi yuz berdi. Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'ldi. Bu hodisalar Parij aholisini oyoqqa turg'azdi. Ular Milliy gvardiya bilan birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega bo'lgan joylarini qo'lga kiritdilar.
Ishchilar, ziyolilar va qo'zg'olonning boshqa qatnashchilari vakillaridan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Shu tariqa Parij shahri o'ziga xos kichik bir davlat edi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi. Parij Kommunasi xalq farovonligim ko’zlab qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Biroq, Kommuna o'z faoliyatida qator xatolarga ham yo'l qo'ydi. Mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo'llab-quvvatlamagani, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo'lmagani, stixiyali harakatlar- olib bormagani oqibatida Kommuna to'la tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunachilar qamoqqa olindi. Bular orasida minglab xotin-qizlar va bolalar ham bor edi. Shu tariqa 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o'zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini isbotlab berdi.Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida Fransuz xalqiga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi...