Xivchinlilar-odam parazitlari - Reja
- Umumiy ma’lumot
- Tripanasomalar
- Leyshmaniya
- Lyamblya
- Trixomonada
XIVCHINLILAR SINFI (flagellata)
Xivchinlilaming hozirgi vaqtda 6—8 ming turi fanga ma’lum. Ular o‘zlarining
harakatlantiruvchi organellasi — xivchinlari borligi bilan xarakterlanadi.
Xivchinlar bazal tanachaga birikkan bo‘ladi. Ulaming soni bir yoki bir nechta
bo‘lishi mumkin. Ba’zi vakillarida hilpillovchi membranasi rivojlangan bo‘ladi.
Xivchinlilaming erkin yashaydigan va parazit formalari mavjud. Xivchinlilaming
ko‘payishi, asosan, jinssiz, lekin ba’zi turlari (kopulatsiya) jinsiy yo‘l bilan
ham ko‘payadi.
TRIPANOSOMALAR OILASI (trypanosomatidae)
Tripanosomalar (trypanosoma). Tripanosomalarning 9 ta turi odamlarda
parazitlik qiladi. Ulardan 2 turi yaxshi o‘rganilgan: Afrika uyqu kasalligini
qo‘zg‘atuvchisi — Trypanosoma brucei gambiense va Amerika tripanosomasi,
ya’ni Shagas kasalligini qo‘zg‘atuvchi — Trypanosoma cruzi
Yashash joyi. Odam va sutemizuvchi hayvonlarning qon plazmasida, limfa
tugunlarida, orqa miya suyuqhgida, bosh va orqa miya to‘qimalarida parazitlik
qiladi. Keltirib chiqaradigan kasalligi — tripanosomoz.
Geografik tarqalishi — G ‘arbiy Afrika va Afrikaning ekvator rayonlari.
Morfologiyasi. Shakli duksimon, ikki uchi o‘tkirlashgan xivchinli va hilpillovchi membranasi bor. Xivchini tanasining keyingi qismida joylashgan blefaroplastdan boshlanib, oldinga qarab yo‘naladi va pellikula bilan xivchin orasida
membrana hosil bo‘ladi. Xivchin oldingi tomonda erkin tugaydi. 0 ‘lchamlari
13—39 mkm keladi. Osmotik yo‘l bilan oziqlanadi.
Trypanosoma brucei gambiense va trypanosoma brucei rhodesiense
Rivojlanish sikli. Rivojlanishining bir qismi se-se pashshasining hazm
sistemasida, bir qismi odam, uy va yowoyi hayvonlar organizmida o‘tadi. Amerika
tripanosomozi (Shagas kasalligi)ni qo‘zg‘atuvchi trypanosoma cruzi ning spetsifik
tashuvchisi suyuvchi qandala hisoblanadi.
Klinikasi. Afrika tripanosomozi uchun limfa tomirlarining kengayishi, jigar
va taloqning kattalashishi, kamqonlik, darmonsizlanish xarakterli bo‘lib, kasallik
bir necha yil cho‘zilishi mumkin. 0 ‘ziga xos uyquga moyillik (meningoensefalit)
va o‘lim bilan tugaydi. Rhodesiense turida kasallikning yuqoridagi belgilari tez
amalga oshadi. Kasallik yuqqandan so‘ng 3—9 oy ichida uyquga moyillik boshlanadi.
Amerika tripanosomozida esa kasallik surunkali yoki jadal kechishi mumkin.
Leyshmaniya (leishmania)
Leyshmaniyalaming quyidagi turlari odamlarda parazitlik qiladi:
1. Leishmania tropica — teri leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchisi (5-rasm);
2. Leishmania major — teri leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchisi;
3. Leishmania braziliensis — Amerika teri leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchisi;
4. Leishmania donovani — visseral (ichki) leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchisi
(4-rasm);
5. Leishmania infantum — 0 ‘rtayer dengizida ichki leyshmaniozini
qo‘zg‘atuvchisi.
Leyshmaniyalar xivchinlilar ichida eng og‘ir va xavfli kasalliklami keltirib
chiqaruvchi parazitlar hisoblanadi. Ular bir qator umurtqali hayvonlar: baliqlar,
reptiliyalar, sutemizuvchilar, shuningdek, odamlarda parazitlik qiladi.
Leyshmaniyalaming tarqatuvchisi qon so‘ruvchi ikki qanotli hasharotlar (phlebotomus) avlodining turlari hisoblanadi. Odamlarda leyshmaniyaning asosan 2
xili: leishmania donovani va leishmania tropica turi uchraydi. Shulardan Leishmania donovani 0 ‘rta Osiyoda «kala-azar» deb ataladigan umumiy yoki visseral
leyshmanioz kasalini qo‘zg‘atuvchisidir.
Yashash joyi. Leyshmaniyalar odam tanasida — jigar, taloq, limfa bezlari,
qon tomiriari va ko‘mik endoteliysining hujayralari ichida ko‘payadi.
Geografik tarqalishi. U faqat 0 ‘rta Osiyoda uchraydi. Uning manbalari
Hindiston, Sharqiy Xitoy va 0 ‘rtayer dengizi sohillarida bor.
Morfologiyasi. Bu tur parazitning kattaligi 3—4 mkm, tanasi yumaloq va ovalsimon shaklda, hazm qiluvchi vakuolalari yo‘q. Oziqni osmotik yo‘l bilan qabul qiladi. Rivojlanish sikli. Leyshmaniyalar ko‘payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100—200 tagacha yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin, ular limfa va qonga o‘tib, yangi hujayralarga kirib oladi. Ilgaridan ma’lumki, leyshmaniyalarni qon so‘rar iskabtopar chivinlar tarqatadi. Chivin kasal odam qonini so‘rganida leyshmaniyalar chivinning hazm yo‘liga o‘tadi. Bu yerda ular kattalashib, tanasi duksimon shaklga aylanadi, oldingi uchida esa uzun xivchin o‘sib chiqadi. Kasallangan chivin sog‘lom odam qonini so‘rganda odamga leyshmaniyalarni yuqtiradi va natijada «kala-azar» deb ataluvchi og‘ir kasallikka yo‘liqadi. Bu kasallikdan davolanmaslik ko‘pincha o‘limgaolib keladi. Bu kasallikning oldini olish uchun iskabtopar chivinlarga qarshi kurashish kerak. Leyshmaniyaning leishmania tropica turini birinchi marta toshkentlik olim P.F. Borovskiy 1897-yili topgan. Klinikasi. Bu tur parazit keltirib chiqaradigan kasallik pendinka, sharq kuydirgisi yoki Borovskiy kasalligi deb ataladi. Joylarda uni «pashshaxo‘rda» nomi bilan ham yiiritiladi. Bu kasallikning mohiyati shundan iboratki, odatda, badanning ochiq qismlarida, yuz, qo‘llarda shish hosil bo‘ladi. Keyin bu shish yaraga aylanadi. Yara olti oydan bir yilgacha va undan ko‘pga cho‘zilishi mumkin, yara tuzalib ketsa-da, uning o‘mi chandiq bo‘lib qoladi. Leyshmaniyalar odamga ikki xil yo‘l bilan, ya’ni kasallangan iskabtopar chivin odamni chaqqanda va chaqayotgan iskabtopami teri ustida qisib ezganda yuqadi Tashxisi. Teri leyshmaniozida yaralardan olingan surtmalar RomanovskiyGimza usuhda bo‘yab tekshiriladi. Umumiy leyshmaniozda to‘sh ko‘migidan ohngan surtmalar ko‘zdan kechiriladi. Profilaktikasi. Leyshmaniozga qarshi kurashda iskabtopariami qirish bilan birga kemiruvchilaming tarqalishiga qarshi kurash ohb borish zarur.
Lyambliya (lamblia intestinalis)
Lyambliya — birinchi marta o‘tgan asming o‘rtalarida (1859-yilda) Xarkov
universitetining professori V. Lyambl tomonidan topilgan. Lyamblioz qo‘zg‘atuvchisi.
Yashash joyi. Odam paraziti, o‘n ikki barmoq ichakda hayot kechiradi, o‘t
pufagida yashamaydi, o‘t unga kuydiruvchi ta’sir etadi.
Geografik tarqalishi. Yer sharining hamma qismida uchraydi.
Morfologiyasi. Lyambliyaning tanasi noksimon ko‘rinishda, uzunhgi 10—
20 mkm keladi. Qorin tomondan yassi ko‘rinishda. Shu yerida parazitning yopishib
turishi uchun xizmat qiladigan organi - so‘rg‘ichlari boTadi. Tanasining
o‘rtasidan ikkita tayanch ipi — aksostillar o‘tgan, ulaming ikki tomonidan
simmetrik ravishda ikkita yadro joylashgan. Ularda 4 juft xivchinlari bo‘lib, harakat
organellasi sifatida xizmat qiladi. Hazm organoidlari bo‘lmaydi.
Rivojlanish sikli. Lyambliyalar jinssiz, uzunasiga boTinish yo‘li bilan
ko‘payadi. Ularning hayot sikli vegetativ va sistaga o‘ralgan formalarining
almashinib turishidan iborat. Vegetativ formalari so‘rg‘ichlari bilan ichak shilliq
pardasiga yopishib olgan holda yashaydi. Наг 1 sm shilliq pardada bir milliongacha
individlar bo‘lishi mumkin. Lyambliyalar odam organizmida 30—40 kun
yashaydi.
Lyambliya sistalari odamga oziq-ovqat, ichiladigan suv, iflos qo‘l va boshqa
yo‘llar bilan o‘tadi. Sistalar o‘n ikki barmoq ichakda yoriladi va undan yangi
vegetativ formalar chiqadi. Lyamblioz, asosan, yosh bolalarda uchraydi.
Klinikasi. Lyamblioz bilan kasallangan bemorlarda kasallik belgilari aniq
ko‘rinmaydi. Ba’zida kasallik belgilarsiz o‘tadi, bemor sista tashuvchi hisoblanadi.
Tashxisi. Diagnoz qo‘yishda, asosan, bemor najasi maxsus usullar asosida
tekshirib ko‘riladi. Buning uchun najas lyugol eritmasi bilan bo‘yalib, mikroskop
(x400) orqali kuzatiladi va sistalar topiladi. Ba’zan o‘n ikki barmoq ichakdagi
borliq zond bilan olinib mikroskop ostida tekshiriladi.
Profflaktikasi. Lyamblioz kasalligi nistatin dorisi bilan davolanadi. Parazitlarning yuqmasligi uchun profilaktik qoidalarga qat’iy amal qilish kerak:
a) ovqatni yaxshi pishirish va suvni qaynatib ichish; b) xomligicha iste’mol
qilinadigan sabzavot va boshqa mahsulotlami yaxshilab yuvish; d) pishirilgan ovqat
va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash; e) pashshalami qirish; 0 ovqatdan
oldin va hojatdan keyin qo‘lni yuvishga odatlanish zarur
TRIXOMONADALAR OILASI (trichomonadidae)
Odam oiganizmida uch tur trixomonadalar parazitlik qiladi. Yo‘g‘on ichakda —
ichak trixomonadasi — trichomonas hominis, og‘iz bo‘shlig‘ida — og‘iz
trixomonadasi — trichomonas tenax, jinsiy va siydik yo'llarida — qin trixomonadasi — trichomonas vaginalis.
Ichak trixomonadasi (trichomonas hominis) (7-rasm) — hamma joyda keng
tarqalgan, odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qilib yashaydi. Tanasi oval
shaklda, ketingi uchi o‘tkirlashgan, uzunligi 5—15 mkm, sharsimon yadrosi
tananing oldingi qismida joylashgan. Gavdaning oldingi uchida 4—5 ta xivchini
bor, ulardan bittasi to‘lqinsimon parda bo‘ylab orqaga qayrilgan. Xivchinlar
trixomonadaning harakatini ta’minlaydi. Protoplazmasida hazm qiluvchi
vakuolalari mavjud. Ularda bakteriya va eritrotsitlar uchraydi. Trixomonada uzunasiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Sistalik formalari yo‘q.
Odam ichagida parazitlik qiluvchi trixomonadalar xavfli kasalliklami keltirib
chiqarmaydi, lekin koht (ich qotish) kasalini tezlashtiradi, degan ma’lumotlar
bor.
Qin trixomonadasi (trichomonas vaginalis) (8-rasm) — tanasining kattaligi
15—30 mkm gacha, noksimon shaklda. Tuzilishiga koYa ichak trixomonadasiga
o‘xshaydi. Bu parazit hamma joyda tarqalgan bo‘lib, erkak va ayollaming siydik
yo‘llarida uchraydi. Zararianish ayollarda 20—40 %, erkaklarda 15 %ni tashkil
qiladi. Qin trixomonadasi ayollarda og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi. Ular,
asosan, jinsiy aloqa vaqtida yuqadi. Shuningdek, ginekologik asboblar orqali
ham yuqishi mumkin.
Og‘iz trixomonadasi (trichomonas tenax) tuzilishiga ko‘ra ichak
trixomonadasiga o‘xshaydi, o‘lchamlari 6—13 mkm. Hilpillovchi membranasi
tanasining oxirigacha yetib bormagan. Sistalar hosil qilmaydi. Aniqlanishicha,
og‘iz bo‘shlig‘ida turli xil jarohatlar bo‘lganda (gingivit, parodontoz, tishlar
darz ketganda) uchraydi. Patogen xususiyati aniqlanmagan.
15Organizm zaiflashganda amyobalar ichak devorining ichiga, shilliq parda ostiga
o‘tadi va yirik vegetativ shaklga aylanadi. Mayda vegetativ shaklning yirik vegetativ
shaklga aylanishida tashqi omillaming ahamiyati katta. Oiganizmning o‘ta toUqishi,
оЧа sovuq qotishi va оЧа ochiqishi kichik vegetativ shakllaming yirik shaklga
aylanishiga sabab bo‘ladi.
Amyobaning yirik vegetativ shakli 20—40 mkm keladi. Protoplazmasi
shishasimon tiniq ektoplazma va mayda donachali yarim tiniq endoplazmaga
ajralib turadi. Yirik vegetativ shakldagi ichak bo‘shlig‘iga o4ib, mayda vegetativ
shaklga aylanadi va sistaga o‘ralib axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Bemor bir
kecha-kunduzda 300 mln tagacha sista chiqaradi. Sistalar juda chidamli bo‘ladi:
nam najasda 5 haftagacha, suvda ikki oygacha tirik saqlanadi. Dizenteriya
amyobasining sistalarida 4 ta yadro hosil bo‘ladi.
Klinikasi va tashxisi. Kasallik qorinning pastki sohasida og‘riq bo‘lishi bilan
boshlanadi. Ich ketadi, axlat qizil-jigarrang tusga kiradi. Yo‘g‘on ichakda yuza
joylashgan qon oquvchi yara hosil bo‘ladi. Qonli, yiringli ich ketish kuzatiladi.
Tana harorati ko4arilishi, rang oqarishi (anemiya), darmonsizlanish yuzaga
keladi. Dizenteriyaning og‘ir holati o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallikka axlatni
Lyugol eritmasi bilan bo‘yab mikroskopda (x400) sistalarini topish orqali
tashxis qo‘yiladi. Kasallikning xuruj davrida axlat bilan to‘qimada amyobaning
barcha shakllari, ayniqsa, vegetativ (F.magna), sog‘ayish davrida F.minuta
yoki sistalari chiqishi mumkin.
Profilaktikasi. Shaxsiy suvni qaynatib ichish, xomligicha iste’mol qilinadigan
sabzavot va boshqa mahsulotlarni yaxshilab yuvish, pishirilgan ovqat yoki
ichiladigan suvlami yopiq idishda saqlash, pashshalami qirish, ovqatdan oldin
yoki hojatdan keyin qo£lni yuvish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |