TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
II Pediatriya fakulteti 114-guruh talabasi: Xolmurzayeva Dilshoda
XIVCHINLILAR - ODAM PARAZITLARI
TRIPANASOMA
.
Tripanosomalar avlodi (Trypanosoma). Tripanosomalarning quyidagi turlari yaxshi
o'rganilgan.
1) Afrika uyqu kasalligi qo'zg'atuvchisi -Trypanosoma gambiense;
2) Shagas kasalligi chaqiruvchisi - Trypanosoma cruzi.
1
2
Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan og'ir «uyqu kasalligi» deb atalgan xastalikni chaqiruvchi parazit. XX asrning birinchi yarmida Afrikada shu kasallikdan bir milliondan ortiq kishi halok boʻlgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, soʻngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv tizimining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemor uxlab qolishi yoki aksincha uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi.
.
Morfologik tuzilishi. Tripanosomaning tanasi ingichka, cho'ziq, har ikki tomoni uchli boʻladi. Tanasining o'rtasida yumaloq-oval shaklidagi yadro boʻladi, tanasining orqa tomonida esa yadro bo'yoqlari bilan yaxshi boʻyaladigan kichkina tanacha-ble faroplast yotadi. Uning yonida bazal tanacha joylashib, bu tanachadan xivchin o'sib chiqadi. Tripanosomaning xivchini uning tanasini aylanib o'tib, old tomonidan erkin holda chiqib turadi. Tripanosomaning harakatlanishi xivchini bilan pardasining tebra nishi hamda tanasining egilishi natijasida yuzaga keladi. Blefaroplast xivchinni energiya bilan ta'minlab turadi. Tripanosoma boʻyiga qarab bo'linib ko'payadi, ko'payish blefa roplastdan boshlanib, yadro va oxirida protoplazma bo'linishi bilan tugaydi.
Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbayi jayronlar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa Se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qonso'rar pashsha tarqalgan zonalarda uchraydi. Se-se pashshasi odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi
Trypanosama cruzi - Shagas kasalligini qoʻzgʻatuvchisi. Lotin Amerikasi mamla katlarida xavfli Shagas kasalligini qo'zg'atuvchisi - Trypanosama cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligi chaqiruvchisidan farq qilmaydi, lekin Trypa nosoma cruzi joylashish joyiga qarab shakli har xil. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz shakl - amastigotaga o'tadi va intensiv ravishda ko'payib, psev dosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi organizmida va sun'iy usulda o'sti rilganda xivchinli shaklda bo'ladi.
Shagas kasalligining tarqatuvchisi qon soʻradigan qandala - Triatoma infestans hisoblanadi. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o'ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2 yil umr koʻradi) oʻzida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.
Hayotiy sikli. Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yo riqlari, jarohatlar orqali faol yo'l bilan o'tadi. Triatom qandalalari odamga asosan ke chasi uxlab yotganida hujum qilib, lablardan, ko'z va burunning shilimshiq qatlamlari dan qon soʻrib oziqlanadi
Ovqatlangan joyiga ko'pincha triponosomalar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanasomalar juda osonlik bilan odamga o'tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko'paya boshlaydi. So'ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tomirlarga o'tadi va butun organizmga tarqaladi. Mana shu davrda odamning tana harorati ko'tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm tizimi va retukulo-endotelial organlarning hujayralariga o'tib, u yerda yashab qoladi.
Kasallikning belgilariga tana haroratining ko'tarilishi, jigar va taloqning katta lashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabi belgilar kiradi. Keyinchalik ularga menin go-ensefalit va miokardit qo'shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo'lgan bolalarda Shagas kasalligi juda og'ir o'tib, o'limga ham olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo'yi cha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan oʻladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug'ma ham bo'lishi mumkin). Shagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p tarqalgan. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda chang, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari ko'rinmasdan be malol rivojlanadi.
Kasallikni har xil kemiruvchilar, yirtqich hayvonlar, maymunlar tarqatadi. Aholi yashaydigan joylarda esa it va mushuklar kasallik tarqatuvchi hisoblanadi. Qoʻllanadi gan dori-darmonlar yaxshi foyda bermaydi.
Tashxis qo'yish. Tripanosomalarga tashxis qo'yish uchun qon, orqa miya suyuq ligi, limfa bezlaridan preparat tayyorlanadi va Romanovskiy-Gimza usulida bo'yalib, mikroskop ostida ko'riladi va parazitlarning xivchinli shakli aniqlanadi. Shunday qi lib, Tripanosoma crusi-Shagas kasalligi qo'zg'atuvchisi uch atom qandalalar, yovvoiy va uy hayvonlari hamda odamda parazitlik qiladi. Tabiatdagi manbasi: zirhlilar, opos sum, chumolixo'r, tashuvchisi triatom qandalalar-Triatoma infestana. Tashxis qo'yish uchun qondan surtma tayyorlanadi, biosinov, immunodiagnostika usullari qo'llaniladi.
UCHUN
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |