shayxulislom – mamlakat va har bir tobe hududlarda islom ahlini nojo’ya hatti-harakatlardan saqlash, nazorat qilish, ularni savob ishlarga undash bo’yicha mashul shaxs;
sadrlar – ular asosan sayyidlardan chiqqan shaxslardan bo’lib, ularning muhim vazifalaridan biri vaqf mulklarini nazorat qilish bo’lgan va suyurg’olni belgilab turganlar. Ular ahli islomga boshchilik qilganlar;
mutavalliy – sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish hamda nazorat qilish uchun tayinlangan shaxs;
qozi – har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar darajasi va martabasiga ko’ra bir-birlaridan farqlangan;
mudarris – diniy masalalar, shariat, tafsif, hadis va fiqh bo’yicha dars beruvchi shaxs;
muxtasib – bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mashul shaxs.
Yuqoridagi qozilar va sadrlar faqat Sohibqironning o’ziga hisobot berib turganlar. “Tuzuklar”da Amir Temur tomonidan qathiy tartiblar va qonunlar bayon etilgan bo’lib, bunda quyidagicha mahlumot beriladi: davlat xazinachilari bo’lmish moliya vaziri o’z ishiga xiyonat qilib, boylikning bir qismini o’zlashtirib olgan bo’lsa, avvalo, tekshirib, agar o’zlashtirib olingan mablag’ o’ziga tegishli ulufa miqdoriga teng bo’lsa, mazkur mablag’ unga hadya etilgan. Agar o’zlashtirilgan mablag’ maoshdan ikki barobar ortiq bo’lsa, ortig’i olingan maoshidan ushlab qolingan. Agar maoshidan uch barobar ko’p bo’lsa, saltanat xazinasiga tortiq sifatida olingan.
Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan mahmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlarga jazo tayinlash alohida nazorat qilingan. Agarda qishloq oqsoqoli va shahar ulug’lari kichikroq darajadagi shaxsga zulm qilsalar, o’sha zulmga yarasha, har kimning sharoitiga yarasha jarima solinib, fuqarolarning ijtimoiy holati va turmush tarzi ehtibordan chetda qolmagan. Agar mansabdorlar xalqqa jabr-zulm etsa, ularni xonavayron etsa, bu qilmishiga yarasha ayovsiz jazolangan. Bu jazo oddiy jarimadan tortib, o’lim jazosigacha borgan. Davlat amaldorlarining sotqinligi, qo’poruvchiligi, poraxo’rligi va boshqa jinoyatlari ham eng xavfli hisoblangan. Sohibqiron bunday jinoyatlarni davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar deb hisoblagan va ularga qattiq jazolar tayinlagan. Ehtiborli tomoni shundaki, jazolar rayiatdan yashirin holatda emas, balki ochiqchasiga bozor hamda xalq gavjum bo’lgan joylarda ijro etilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida huquqni muhofaza etish ishlari bilan nafaqat maxsus organlar balki, har bir hududning mahmurlari ham shug’ullanganlar. Ularning barchasi davlat va fuqarolarning tinchlik hamda xotirjamligini, joylardagi adolat va qonun ustuvorligini tahminlashga mahsul bo’lib, asosan mahmuriy tartibdagi kichik huquqbuzarliklarni jazolash ishlari bilan shug’ullanganlar. Agar davlatga, shaxsga, jamiyatga va sog’liqqa qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko’rilgan hamda yarasha jazolar berilgan.
Amir Temur va temuriylar davri majburlov funktsiyasini tashkil etishdan hukmdorlarning asosiy maqsadi aholini qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo berish, jinoyat sodir etilgani aniqlangan holatdagina jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchlik hamda osoyishtaligini saqlash edi. SHu bois ham bu davrdagi huquqiy tizim qathiy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |