Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Milliy ozodlik harakatlari



Download 1,83 Mb.
bet140/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Milliy ozodlik harakatlari. Turkiston o’lkasida imperiya mahmurlarining mustamlaka siyosatiga qarshi harakatlar (turli ko’rinish va miqyoslarda) Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoni bosib olayotgan paytlardayoq boshlangan bo’lsa-da, ular shafqatsizlarcha bostirilib borildi. 1873-1876 yillar Qo’qon xonligidagi Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olondan so’ng o’lkaning bir qancha hududlarida xalq ommasining norozilik harakatlari bo’lib o’tdi.
Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi hozirgi O’zbekiston va Qirg’iziston respublikalarining tog’li hududlarida “Oloy malikasi” nomi bilan mashhur bo’lgan Qurbonjon dodxox 1876 yilning oxiriga qadar bosqinchilarga qarshi kurashib kelgan. Uning qo’shinlariga qarshi yuborilgan general Skobelev boshliq rus qo’shinlari qo’zg’olonchilarga qarshi harakatlarda yengilganligi bois, mustamlakachi mahmurlar Qurbonjon dodxox bilan sulh tuzishga majbur bo’ldilar. Ana shunday harakatlardan yana biri 1878 yilda Mingtepa (Andijon) da Yetimxon boshchiligida bo’lib o’tgan isyondir. Bu isyondan so’ng Farg’ona viloyati general-gubernatori viloyatdagi mahalliy aholidan g’ayriqonuniy soliq undiruvchilarni ishdan olib tashlashga majbur bo’lgan. 1885-90 yillarda Andijonning Qo’rg’ontepa uezdida Darveshxon to’ra boshchiligidagi xalq harakatlari bo’lib o’tdi. Ammo, bu harakatlar rus mahmurlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.
“Vabo isyoni” nomini olgan 1892 yilgi Toshkent qo’zg’oloni X1X asr oxiridagi muhim harakatlardan biri bo’ldi. Bu qo’zg’olon ko’plab tarixiy adabiyotlarda o’lkada vabo kasali tarqalishi oldini olish uchun bo’lgan harakat deb tahriflangan bo’lsa-da, aslida bu qo’zg’olon Rossiya imperiyasining o’lkadagi mustamlakachilik siyosatiga qarshi qaratilgan harakat bo’lib, mustamlakachilik zulmiga qarshi qaratilgan milliy ozodlik kurashining bir bosqichi edi.
1898 yil may oyida Andijonda mustamlakachi mahmurlarning zulmiga qarshi yana bir ozodlik harakati bo’lib o’tdi. Andijonning Mingtepa qishlog’ida boshlangan bu qo’zg’olon tarixda “Andijon qo’zg’oloni” deb nom olgan bo’lib, unga Muhammadali Eshon – “Dukchi Eshon” boshchilik qildi. Mustamlakachilar qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirib, uning rahbarini dorga osgan bo’lsalarda, Farg’ona vodiysining Asaka, Quva, SHahrixon, O’sh, Marg’ilon kabi shahar va qishloqlarida norozilik harakatlari keng yoyildi. Ammo, rus qo’shinlari barcha harakatlarni vahshiylarcha bostirdilar.
XX asrning boshlariga kelib o’lkadagi xalq harakatlari yangi bosqichga ko’tarildi. Ayniqsa, 1900-1903 yildagi iqtisodiy inqirozlar o’lkadagi mahalliy aholining ahvoliga salbiy tahsir etishi dehqonlarning omaviy noroziliklariga sabab bo’ldi. Ana shunday norozilik harakatlaridan biri 1904-1907 yillarda Samarqand viloyatida bo’lib o’tdi. Bu harakatga rus mustamlakachilari orasida “Namoz o’g’ri”, xalq orasida “Namoz botir” deb nom olgan Namoz Pirimqulov boshchilik qilgan. Bu harakat Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo’rg’on, Jizzax va Xo’jand uezdlarida keng tarqalib, general-gubernator mahkamasi Namoz botir operatsiyasi uchun maxsus qo’shimcha mablag’ ajratganligi bu harakat rus mahmurlarini ancha tashvishga solganligidan dalolat beradi.
Birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi bo’ynida og’ir yuk bo’lib turgan vaqtda 1916 yil 25 iyunda Nikolay II ning “Imperiyadagi rus bo’lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonlarida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo’llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida” farmoni (mardikorlikka olish) ehlon qilindi. Ushbu farmonga ko’ra Sibir, O’rta Osiyo, Qozog’iston va Kavkazorti xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan 400 ming kishi safarbar qilinishi rejalashtirilgan edi.
Turkiston general-gubernatoriga ushbu farmonni zudlik bilan amalga oshirilish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 88 ming, Farg’onaga 50 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi. Natijada 1916 yilning 4 iyulida savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan Xo’jand shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo’rg’on, Toshkent, Qo’qon, Andijon uezdlarida norozilik harakatlari avj oldi. Bu harakatlarning eng yirigi Jizzaxda bo’lib o’tdi. Tarixda “Jizzax qo’zg’oloni” deb nom olgan bu harakatga Nazirxo’ja Eshon boshchilik qilgan. Dahshatli tus olgan ushbu qo’zg’olonni bostirish uchun Turkiston general-gubernatori Jizzaxga ikki yarim ming kishilik jazo otryadini yubordi. Ayovsiz qirg’inlar evaziga qo’zg’olon shafqatsizlarcha bostirildi.
Xullas, chor Rossiyasi mustamlakachilari O’rta Osiyo hududlarini bosib olganlaridan so’ng ular zulmiga qarshi norozilik harakatlari doimiy davom etib turdi. Milliy ozodlik harakatlari dastavval mahalliy xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi tengsizlik va adolatsizlikka qarshi stixiyali noroziligi sifatida shakllanib bordi. Keyinroq esa, bunday harakatlar chorizm mustamlakachiligiga butunlay barham berish, yangi mustaqil Turkiston davlatini barpo etish g’oyalari bilan bog’landi-ki, bunday g’oyalarning shakllanishi va yoyilishida jadidlar alohida jonbozlik ko’rsatgan edilar.
Xulosa qilib, aytish mumkinki, chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri O’rta Osiyo davlatlarining hayoti, siyosati, iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzumi va davlatchiligidagi muayyan o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  1. CHor Rossiyasining harbiy istilosi oqibatida Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari zabt etildi.

  2. Hokimiyatning mustamlakachilikka asoslangan tuzilmasini o’rnatilishi oqibatida Qo’qon xonligi butunlay tugatildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi yarim mustamlakaga aylandi.

  3. CHorizmning iqtisodiy va siyosiy hukmronligini mustahkamlashga xizmat qiladigan qonunchilik tashkilotlari paydo bo’lib, Rossiya savdo, sanoat va moliya kapitali hukmronligi o’rnatildi.

  4. O’rta Osiyo va Rossiya o’rtasidagi mahsulot ayirboshlashni kengaytirish, mustamlakachilik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqaning iqtisodiy tuzilmasida aniq o’zgarishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan yangi iqtisodiy sharoitlarning yaratilishi oqibatida o’lka Rossiyaning arzon xom ashyo bazasiga aylantirildi.

  5. Mintaqa xalqlarining milliy-mahnaviy manfaatlari hamda qadriyatlari poymol etildi, ularning eng oddiy haq-huquqlariga mensimaslik kayfiyati bilan qaralib, ular ommaviy ravishda asoratga solindi.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish