1.Oila hamkorligining asosiy ko’rinishlari va usullari. Maktabgacha tarbiya muassasasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlikning borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib xilma-xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ota-onalar bolalarini birinchi marta bolalar bog‘chasiga olib boradigan kun ko‘pgina hissiy tuyg‘ular bilan bog‘lik. Shuning uchun ham har yili avgust oyining ikkinchi yarmida ota-onalar uchun maktabgacha tarbiya muassasasi bo‘yicha ekskursiya, uchrashuv hamda umumiy majlislar o‘tkazish mumkin. Bunda bog‘chaning rejimi, ish mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayoni va hokazolar haqida so‘zlab beriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining ota-onalar bilan ishlashning jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishi mumkin.
Bolalar bog‘chasi xodimlarining ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarning eng keng tarqalgan shakl va usullaridan bir nechalarini keltiramiz:
A) Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarning ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega va kutilgan samaralarni beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib, ularni o‘zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. Buning natijasida tarbiyachi bilan oila o‘rtasida do‘stlik munosabatlari, o‘zaro hurmat va ishonch tezroq o‘rnatiladi. Bog‘chalarimizning tajribasida ota-onalar va oila bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan, ya’ni oilaga tarbiyachining borishi ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarni bolaning bog‘chadagi hayoti bilan tanishtirish va shu kabilar.
B) Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar (bolalar bog‘chasi xodimlarining ota-onalar bilan birgalikdagi amaliy faoliyati), savol va javob kechalari.
V) Ko‘rsatmali ishlar.
Ishning bu turi: ko’rgazmalar, fotomontajlar, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari (ota-onalar burchagi), ota-onalar uchun kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo`yicha materiallar solingan papka va shu kabilarni qamrab oladi.
Albatta bu shakllarning boshqacha ham bo`lishi mumkin. Bu ishga ijodiy yondashish bog`cha mudirasi, tarbiyachilar hamda ota-onalarning o`zlariga (ayrim hollarda tajribali ota-onalar maslahat berishlari mumkin) ham bog‘liqdir.
G) Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish.
D) Ota-onalarga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bularning orasida bolaning oilasiga borish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish hamma uchun ham oydingina oson ish hisoblanmaydi.
Ota-onalar va oila bilan hamkorlikda olib boriladigan ish shakllarining ayrimlarini qanday muvofiq deb hisoblaymiz.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish, ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyalashda yosh ota-onalarga tavsiyalar. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davr). Bola rivojlanishining dastlabki yilida unda kattalarga bog’liqlik (itoat qilish mexanizmi) va ularga qaramlik shakllangan bo’lsa, bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan davrda esa bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning dastlabki belgilari rivojlanadi. Bu davr boladagi amaliy bilimlarning keyingi yo’lini belgilaydi. Bu yoshda bolalar har bir sohada o’zlarini sinab ko’rishga intiladilar. Ayni shu paytda unda narsalar dunyosini o’zlashtirish, amaliy xatti- harakatlarni bajarish, o’z tanasini boshqarish mexanizmlari shakllanadi.
Agar bu davrning imkoniyatlari boy berilsa bolada tegishli qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Bu davr bolaning biror- bir ishni bajara olish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrligini ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim.
Aziz ota-onalar! Bolalar bilan so’zlashganda gap va so’zlarni to’liq talaffuz eting. Agar bola biror so’zni noto’g’ri talaffuz etsa, unga «bu noto’g’ri» demang, uning o’rniga so’zning to’g’ri talaffuzini takrorlang.
Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan bo’ladilar. Ularni qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling.
Yodingizda bo’lsinki, agar kichkintoyingizni qiziqtirgan savolga javob berishdan qochsangiz, uning bilishga bo’lgan qiziqishlarini so’ndirib qo’yishingiz mumkin.
Bu yoshdagi bolalarga ko’proq ertaklar aytib berish, she’r yod oldirish, magnitofon eshitishiga harakat qilish ularda nutq va xotiraning rivojlanishiga yordam beradi.
Maktabgacha bo’lgan yosh davri (3yoshdan 7yoshgacha). Ma’lumki, har bir yosh davri o’zining xarakterli jihatlari bilan bir- biridan farq qilib turadi.
Maktabgacha bo’lgan yosh davri uchun o’yin yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Shuning uchun bu davrda bola bajarishi mumkin bo’lgan deyarli barcha faoliyatlar (o’yin, o’qish, mehnat va h.k.)ni o’yin tarzida tashkil qilish yaxshi samara beradi:
Ota-onalar, bolangizga o’yin uchun ko’proq vaqt ajrating. Agar bolangiz biror o’yinga berilib uzoq vaqt o’ynayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang.
Bola uchun kattalar bilan birgalikda o’ynash, ularning o’yinida kattalarning bir zum bo’lsa-da, ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.
O’yinda kattalarning ishtirok etishi natijasida bola o’yin qoidalari hamma uchun bir xil bo’lishi, kattalar ham adashishi, bola ularni tuzatishi mumkinligini, adolatlilik qoida- larini o’zlashtiradi.
O’yin — bolaning hayoti. Xuddi hayotdagi kabi o’yinda ham qiyinchiliklar, xatolar, omadsizliklar bo’ladi. Aynan mana shu qiyinchiliklarni yengib o’tish jarayonida bola shaxsi shakllanadi.
Ota-onalar! Jazoningfoydali bo ‘lishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling!
Bolani jazolayotganda uning yoshiga va xatoning qay darajada og’ir yoki yengilligiga e’tibor bering.
Bolaning xatosi uchun jazolashni kechiktirmaslik kerak, kechiktirilgan jazo bolada qo’rquv, tashvish, xavotirlik, depressiyalarga olib kelishi mumkin.
Bolaning jahli chiqib turganda jazo qo’llash kerak emas.
Bolaning qilgan xatosini ko’pchilik ishtirokida, ayniqsa, uning o’rtoqlari yoki tanishlari davrasida muhokama qilmang. Ayniqsa, uning «siri»ni saqlasangiz, u bu qiliqlarni boshqa qilmaslikka harakat qiladi.
Ushbu berilgan tavsiyalar ota-ona va farzandlar o’rtasidagi mu- nosabatlarni yanada yaxshilashda, bola tarbiyasi borasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni maqsadga muvofiq tarzda yengib o’tishda sizga yordam beradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |