Qaltislik uchun mukofot.
Loyiha qaltisligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning daromadli bo‘lish darajasiga talab ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Chunki katta qaltislikni olishga faqat katta foyda sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun qaltislik loyihalarni baholashda diskontlash darajasi oshiriladi, ya’ni haqiqiy foiz stavkasiga «qaltis uchun mukofot» ham qo‘shiladi. NPV, IRR va boshqa ko‘rsatkichlar yangi diskontlash darajasi bo‘yicha hisoblanadi va solishtiriladi. Bu yesa investitsiya loyihalarini baholashda qaltislikni ham hisobga olishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |