Investitsiya loyihasini amalga oshirish ishtirokchilarining institutsional tahlili
Loyiha ishtirokchilari- bu loyiha maqsadiga mos ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ularning qarashlari loyihani
amalga oshirish vaqtida inobatga olinishi talab etiladi. Investorlar, banklar, pudratchilar, asbob-uskuna etkazib beruvchilar, ishlab chiqarilgan mahsulotni ulgurji sotib oluvchilar, lizing beruvchilar va oshqalar loyiha ishtirokchilari bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘pchilik iste‘molchilar va manfaat ko‘ruvchilar talabini ifoda etuvchi yirik, ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojlantirish loyihalarida ko‘p hollarda loyiha maqsadi va unga erishish vositalarini belgilash qiyin bo‘ladi. Bunga misol tariqasida ta‘lim dasturiga va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga investitsiya sarflari loyihalarini taqqoslashimiz mumkin. Ma‘lumotli va o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchan kishilarni tayyorlash vazifasini ma‘lum miqdordagi o‘g‘it ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra baholash qiyin. O‘qitish dasturida maqsadga erishish usullari ham ancha murakkab va noaniqdir.
Bugungi kunda turli yuridik maqomga ega bo‘lgan ko‘plab korxonalarda boshqaruvning yangi, innovatsion shakllarini, institutsional tashkil etishni qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida AQShning
―McKinsey‖ konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan ―McKinsey 7S‖ modelini qo‘llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi.
Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va Robert Vatermanlar hisoblanib, ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan va mazkur tamoyil asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilingan hamda korxona tasarrufida omilkor biznes jarayonlarini yaratishga va optimallashtirish uchun foydalanadigan strategik menejment va marketing bo‘yicha ko‘plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan.
―McKinsey 7S‖ modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. Ushbu model asosida tashkilot mikro iqtisodiyotining ettita asosiy elementi tahlil qilinadi va quyidagi xulosani berishga imkon beradi, ya‘ni, korxona tasarrufidagi biznes
jarayonlar qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik samarali tarzda yo‘naltirilgan.
―McKinsey 7S‖ modeli har qanday korxonaning ichki biznes jarayonlarini takomillashtirishga, korxona samaradorligini oshirishga yordam beradi hamda tashkiliy tuzilmada rejalashtirilgan o‘zgarishlarning mumkin bo‘lgan natijalarini tahlil qilish, bo‘linmalarni birlashtirish va birlashuvni amalga oshirish, korxonaning rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning eng yaxshi usulini aniqlash uchun hizmat qiladi. ―McKinsey 7S‖ modeli quyidagi ettita tamoyilni o‘zida jamlaydi:
korxona strategiyasi;
korxonaning tarkibiy qismi;
boshqaruv tizimi;
korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi;
xodimlar faoliyati tarkibi;
ko‘nikma va qadriyatlar miqdori;
hodimlarning malakasi.
Model tashkilot muhitining ettita asosiy tamoyilini tahlil qilish asosida qurilgan. Modeldagi barcha tamoyillar o‘zaro bir-biriga bog‘liq. Bu shuni anglatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan sohalarning hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgarsa, darhol boshqa o‘zgarishlar talab qilinadi. Quyidagi 2-rasmda ―McKinsey 7S‖ modelining namuna sifatida bir ko‘rinishi keltirilgan. Chizmada barcha tamoyillar bir-biriga bog‘langan hamda ―yumshoq‖ va ―qattiq‖ ikki yirik bo‘linmalarga bo‘lingan.