Ishlab chiqarish qaltisliklari. Bu guruh qaltisliklar ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik jarayonlarni buzilishi, xom-ashyo va materiallarni yetkazib berishdagi uzilishlar, ularning sifatidagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday qaltislikni boshqarish uchun biznes rejada aniq chora va tadbirlar ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1.Texnologik jarayonlarni talab darajasida nazorat qilish.
2. Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarga korxonaning ta’sirini kuchaytirish. Jumladan, boshqa qo‘shimcha xom ashyo va materiallar, butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish va shartnomalar tuzishga tayyor bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |