Qaltisliklardan qochish.
Qaltislikni taxmin qilish.
Biznes rejada qaltislikni oldini olish usulidan foydalanish yangi korxona uchun ma’qul usullardan hisoblanadi. Bu usul quyidagi xollarda qo‘llaniladi:a) zarar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. b) Zararni miqdori unchalik katta
emas. Misol uchun korxonada texnologik xavfsizlik mavjud, uning oldini olish uchun tegishli xodimlarni o‘qitish zarur bo‘ladi.
Zararni kamaytirish. Misol uchun vaziyat qaltis, zara yuzaga kelish ehtimoli bor. Bunga misol sifatida o‘simlikka zarakunandalar tusha boshladi. Uni oldini olish uchun himoya vositasini qo‘llash kerak. Shunda zararni oldini olish va qaltislikni boshqarish mumkin.
Sug‘urtalash. Qaltislikni boshqarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri sug‘urtalash usulidir. Bu xolda korxona qaltislikni bir qismini sug‘urta kompaniyasi zimmasiga o‘tkazadi. Sug‘urta kompaniyasi korxona ko‘rgan zararni bir qismini to‘lab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |