Bog'liq Xorijiy investisiya siyosati O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omili sifatida 043303
3.3 O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish
tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Xulosa Bugungi kurs ishimdan xulosa qilib shuni ayta olamanki investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi va investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.