Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi Valyuta cheklanishlarining mavjud bo'lishi yoki bo'lmasligi davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo'lib, valyuta tizimining elementi hisoblanadi. Valyuta cheklanishlari hukumat tomonidan qonuniy asosda milliy iqtisodiyot manfaatlarni himoyalash maqsadida kiritiladi. Valyuta qimmatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklashlar Xalqaro Valyuta Fondi orqali davlatlararo muvofiqlashtirish ob’yektiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |