Xitoyda mavjud dinlarning Koreya va Yaponiya diniy hayotidagi o’rni



Download 244,81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.08.2021
Hajmi244,81 Kb.
#139035
Bog'liq
xitoyda mavjud dinlarning koreya va yaponiya diniy hayotidagi orni



Xitoyda mavjud dinlarning Koreya va Yaponiya diniy hayotidagi oʽrni 

M.Raxmatullayeva 

ToshDShI magistri  

Annotatsiya: Ushbu maqolada Koreya va Yaponiyaga Xitoyning ta’siri doirasida 

Xitoydagi  din  va  diniy  ta’limotlarning  Koreya  va  Yaponiyaga  kirib  kelishi 

oʽrganiladi.  Maqolad  buddaviylik  dinining  bu  ikki  mamlakatda  qay  tarzda 

yoyilganligi bu jarayonlardagi oʽziga xosliklar tahlil qilingan. 

 

Oʽzbekiston    Respublikasi    Prezidenti    I.    A.    Karimov    “Modomiki,    oʽz  



tarixini  bilgan,  undan  ruhiy  quvvat  oladigan  xalqni  yengib  boʽlmas  ekan,  biz  

haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu  tarix  bilan  

qurollantirishimiz  zarur. Tarix  bilan  qurollantirish,  yana  bir  bor  qurollantirish  

zarur”


1

–deya  e’tirof  etadilar. 

Darhaqiqat,  oʽz  tarixini  yaxshi  bilish,  oʽz  oʽtmishini  chuqur  anglab  yetish 

nafaqat bugungi kunning farovon kechishida, balki porloq va barqaror rivojlangan 

kelajak barpo etishda ham muhim omil boʽlib xizmat qiladi. 

Tarix  sohasining  yana  bir  muhim  jihati  shundaki,  biz  oʽtmishda 

ajdodlarimizning  olib  borgan  ichki  siyosatdagi  yutuqlari  bilan  birgalikdagi  tashqi 

siyosiy tajribalarini oʽrganish orqali hozirgi jadal global rivojlanish davrida qoʽshni 

mamlakatlar  bilan  diplomatik  aloqalar  olib  borish  uchun  juda  ham  ahamiyatli 

boʽlgan  bilim  va  tajribalarni  orttiramiz.  Bu  bilimlar  asosida  esa  biz  dunyoning 

rivojlangan mamlakatlari yutuq va tajribalarini oʽrganib, ularni oʽz yurtimizda ham 

tatbiq  etib,  Ona  Vatanimizni  ham  dunyoning  mana  shunday  eng  rivojlangan 

mamlakatlari  qatoriga  olib  chiqish  biz  yoshlarning  eng  fahrli  va  muqaddas 

burchimiz hisoblanadi.   

Bugungi kunda oʽzining taraqqiyotdagi erishayotgan yutuqlari bilan koʽplab 

mamlakatlarga oʽrnak boʽlayotgan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) dunyoning eng 

                                                           

1

Karimov  I.  A.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida. – T.: O’zbekiston, 2011. B. 149 




rivojlangan  mamlakatlarini  ham  havasini  keltirmoqda.  Bu  moʽjizakor  oʽlkaning 

iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  sohalarda  erishayotgan  yutuqlarini  oʽrganish  bilan  bir 

qatorda,  avvalambor,  uning  tarixi  va  madaniyatini  oʽrganish  ham  biz 

xitoyshunoslarning muhim vazifalarimizdan biridir. 

Xitoy  tarixiga  oid  boʽlgan  manbalarning  barchasi  Xitoyning  oʽtmishi  va 

madaniyatini  naqadar  qadimiy  va  boy  ekanligini,  uning  dunyoning  ilk 

sivilizatsiyasi  oʽchoqlaridan  biri  ekanligini  ta’kidlaydi.  Mana  shu  tarixiy  ming 

yilliklar  davomida  mamlakat  oʽzining  boy  va  betakror  boʽlgan  oʽziga  xos 

madaniyatini  shakllantirib  keldi.  Oʽz  navbatida,  bunday  boy  madaniyatning 

qoʽshni mamlakatlarga ta’siri boʽlmasdan qolmagan, albatta. Shu nuqtayi nazardan 

kelib  chiqib,  Xitoyning  chegaradosh  qoʽshni    mamlakatlar,  ya’ni  Koreya  va 

Yaponiyaga ta’siri sezilarli darajada boʽlganligini e’tirof etishimiz mumkin.  

Ayniqsa, Xitoy  madaniyatining bu ikki mamlakat madaniyatiga ta’siri juda 

yuqori  boʽlganligini  tarixiy  manbalar  bilan  bir  qatorda,  hozirgi  kunning  oʽzi  ham 

fikrimizni  tasdiqlaydi.  Xitoy  madaniyati  omillari  bu  mamlakatlarning,  hattoki, 

siyosiy  hayotiga,  ya’ni  davlat  boshqaruviga  ham  bevosita  ta’sir  qilganligini 

aytishimiz mumkin. Bunga biz Xitoydagi mavjud dinlar va diniy ta’limotlarni bu 

omilga  bevosita  xizmat  qilganligini  misol  qilib  keltirishimiz  mumkin.  Chunki, 

tarixdan bilamizki, Sharqda davlat boshqaruvida din oʽziga xos oʽringa ega boʽlgan.  

Xitoyda mavjud boʽlgan din va diniy ta’limotlarning ta’sirini dastlab Koreya 

misolida koʽrib chiqamiz.  

Xitoy orqali kirib kelgan dinlar orasida ayniqsa, buddizm va konfutsiychilik 

Koreya  ijtimoiy  hayotida  keng  oʽrin  olgan  hisoblanadi.  Koreya    haqidagi  tarixiy 

manbalarda  Koryo  davrida  davlat  dini  buddizm  boʽlganligini  uchratish  mumkin. 

Konfutsiylik  esa  Koreya  yarim  orolida  miloddan  avvalgi  III  asrda  tarqala 

boshlagan  boʽlib,  hozirgi  kungacha  ham  Koreyaga  bo`lgan  ta`siri  kamaymagan 

hisoblanadi. 



Bilamizki, buddizm dini asosiy e`tiborni har bir odamning hayotiga qaratsa, 

konfutsiychilik  ta`limotining  bosh  maqsadi  jamiyatning  farovon  turmush  tarzini 

tashkil etishga qaratilgan. Boshqa tomondan, buddizmda qadimgi dinlarga oʽxshab 

falsafiy tarkibga ega ekanlik, bu dinning yuqori qatlam orasida rivojlanishiga olib 

keldi. Quyi qatlam orasida keng tarqalgan konfutsiylik ta`limoti esa dinning ayrim 

elementlarinigina oʽziga singdirgan edi.  

Buddizm  dastlab  davlat  va  amaldorlar  tomonidan  qoʽllab-quvvatlangan 

boʽlsa,  keyinchalik  bu  din  mahalliy  xalq  orasida  ham  milliy  g’oya  sifatida  qabul 

qilina boshladi. Buddizmning aynan yuqori qatlam orasida tarqalganligi unga keng 

imkoniyatlar bergan. Jumladan, buddist ibodatxonalari yer solig’idan ozod etilgan, 

yuqori  mansab  sangxi(buddist  ruhoniylar)lar  esa  amaldorlarga  tenglashtirilgan. 

Ibodatxonalar faqat yer bilan chegaralanib qolmay, katta miqdordagi nobilar bilan 

ham  hukmronlik  qilardi.  Silla  davridan  farqli  ravishda,  Koryo  davrida  monaxlar 

davlatning  siyosiy  hayotida  katta  rol  oʽynagan.  Ular  ham  taxt  uchun  kurashlarda 

qatnashish  imkoniyatiga  ega  boʽlganlar.  Taniqli  monaxlarga  “vansa”  (qirollik 

ruhoniysi),  “guksa”  (davlat  ruhoniysi)  kabi  davlat  unvonlari  berilgan.

2

 Davlat 


imtihonlari  dasturiga  buddizm  haqidagi  mavzular  kiritilgan.  Lekin,  keyinchalik 

buddizm dini orasida tarqalgan korrupsiya, dinga nisbatan jamiyatda salbiy fikrlar 

uyg’onishiga olib keladi. Amaldorlarning yuqori davralarda ham dinni suiste`mol 

qilish  holatlari  kuzatilardi.  Shu  tariqa  buddizmning  ahamiyati  susaya  boshladi  va 

oʽz navbatida konfutsiychilikning ahamiyati esa ortib bordi. 

Qirol  Kvanchjon  davrida  kiritilgan  “gvago”  davlat  imtihon  tizimi,  ya’ni 

amaldorlarni  davlat  xizmatiga  qabul  qilishda  saralash  ishlarini  olib  borish  tizimi 

Koryoda  konfutsiychilik  va  Xitoy  adabiyotini  rivojlanishini  ta`minladi. 

Keyinchalik  konfutsiychilikni  qirol  Sonchjon  tomonidan  ham  qoʽllab-

quvvatlanishi  hamda  “Gukdjakam”  markaziy  davlat  kollegiyasi  va  “Xyanxak” 

bilim  yurtining  tashkil  etilishi  mamlakatda  konfutsiychilikning  yuksalishiga  asos 

                                                           

2

 Курбанов С. О. К вопросу об установлении фактов истории Кореи (На примере описания корейских экспедиций Эрнста Оперта 1866 и 



1868 гг.) // Вопросы истории Кореи 2004. СПб., 2004. С. 48-67; Орреrt Е.) Forbidden Land. Voyages to the Corea. London, 1880.

 



boʽldi.  “Gukdjakam”  markaziy  davlat  kollegiyasi  –  davlat  konfutsiychilik 

universiteti sifatida ham faoliyat olib borgan.

3

 

Koryo  rivojlanishining  dastlabki  davrida  buyuk  konfutsiychilik  olimi  Soy 



Chun  (984-1068)  yashab  oʽtgan.  Uni  “Xetonkondja”,  ya’ni  “koreys  Konfutsiyi” 

deb  atashgan.  Soy  Chun  9  ta  xususiy  konfutsiychilik  maktabi  (saxak)ga  asos 

solgan  boʽlib,  u  yerda  koʽplab  talabalarni  oʽqitgan.  Bu  davrda  hattoki, 

“Gukdjakam”  markaziy  davlat  kollegiyasining  nomi  tushib  ketadi  va  Soy  Chun 

maktabining  soni  12  taga  yetadi.  Qirol  Yejon  davlat  ta`limini  rivojlantirish 

maqsadida “yanxyongo” stipendiyasini joriy qiladi va  “Gukdjakam”da esa davlat 

ta`limi sifatini yaxshilash uchun 7 ta maxsus kafedralar tashkil etadi.

4

  



Koryo davrining soʽnggi yillarida Yuan (Xitoy)dan konfutsiychilikka qarshi 

boʽlgan  “sonni”  g’oyasi  kirib  kela  boshladi.  An`anaviy  konfutsiychilikdan  farqli 

ravishda  “sonni”  falsafasi  borliq  va  insoniyat  haqidagi  fundamental  masalalarga 

javob  topishga  qaratilgan  edi.  Bu  oqimni  oʽrganish  orqali  hattoki,  koryolik 

konfutsiantlar  An  Xyan, Li  Gok, Li  In  Bok, Li  Seklar  Xitoyda  imtihon  topshirib, 

davlat mansablarida ishlashga ham muvaffaq boʽlishadi. 

Koryo  davrida  tarix  toʽg’risida  yozilgan  kitoblar  orasida  Kim  Bu  Sik 

tomonidan yozilgan “Samguksagi” (uch davlat solnomasi), budda monaxi Ir Yon 

tomonidan yozilgan “Samgukyusa” (uch davlat tarixi) asarlari mashhur hisoblanadi. 

Ularning  ahamiyati  shundaki,  “Samguksagi”  uch  davlat  tarixi  haqida  saqlanib 

qolgan eng qadimiy kitoblardan biri boʽlib, konfutsiylikni yoqlab yozilgan boʽlsa, 

“Samgukyusa”  buddizmni  yoqlab  yozilgan  va  qadimgi  madaniyat  bilan  bog’liq 

muhim  ma`lumotlarni  oʽz  ichiga  olgan  kitoblardir.  “Samguksagi”  va 

“Samgukyusa”  mamlakatning  qadimgi  tarixini  oʽrganishda  muhim  manbalar 

hisoblanadi. 

                                                           

3

 Глухарева О. Н. Искусство Кореи с древнейших времен до конца XIX в. М.: 1982.



 

4

 



Ланьков А. Корея. Будни и праздники. – М.: Международные отношения, 2000.

 



Davlat  imtihonlari  “gvago”  va  konfutsiychilikni  davlatning  bosh 

ideologiyasi  qilib  olinishi, konfutsiylik  va  buddizm  madaniyatining  birga, bir-biri 

bilan bog’liqlikda shakllanishiga olib keldi. 

Yaponiya  VI  asrdan  boshlab  juda  tez  sur’atlarda  rivojlana  boshladi,  bunga 

uning  boshqa  davlatlarning  tajribalarini  juda  yaxshi  oʽzlashtirishi  sabab  boʽldi. 

604-605-yillarda  xitoy  rivojlanish  tarafdori  boʽlgan  shahzoda  Syotoku-taysi 

konfutsiychilik  va  buddizm  tamoyillari  asosidagi  birinchi  yapon  qonunlari 

toʽplamini  tuzib  chiqdi.

5

 Yaponiyaga  shahzodaning  tashabbusi  bilan  Xitoy  va 



Koreyadan mulkdorlar, monaxlar va olimlar kela boshlashdi,  oʽz navbatida yapon 

yoshlari  bu  davlatlarga  ta’lim  olish  uchun  joʽnatildi.  VII  asr  oʽrtalarida  davlat 

boshqaruviga  kelgan  shahzoda  Karu  davrida  yanada  koʽproq  islohotlar  oʽtkazildi. 

Uning  boshqaruvi  “Buyuk  burilish”  deb  atalib,  bu  davrda  nafaqat    hukmron 

tabaqani,  balki  butun  yapon  jamiyatini  xitoy  andozasida  shakllantirila  boshlandi.

6

 



Yaponlarning  an’anaviy  dini  hisoblangan  sintoizm  esa  daosizm,  shuningdek  VI 

asrda Xitoydan kirib kelgan  buddizm hisobiga  yanada boyitila boshladi. 

Yapon  adabiyotida  ham  buddizm  va  konfutsizm  goʽyalariga  asoslangan 

adabiy oqimlar vujudga keldi. Xususan, buddistik she’riyat yoʽnalishi shakllandi. 

Buddizmning  ta’siri,  ayniqsa,  arxitekturada  yaqqol  koʽzga  tashlanadi. 

Yaponiyaning  qadimgi  poytaxtlari  Nara  hamda  Xeyan  (Kioto)  va  koʽplab  boshqa 

shaharlar, ibodatxona va saroylar aynan xitoy arxitekturasi uslubida barpo etilgan. 

Yaponiyada  xitoy  buddistik  me’morchiligiga  oid  haykalchalar  yasash  ham  VII-

VIII asrda keng tarqalib, yaponlarning tasvirli madaniyatini siqib chiqargan.

7

 



Garchi yaponlar oʽzlarining milliy dinlariga ega boʽlgan xalq boʽlsalarda, faqatgina 

yapon millatiga mansub boʽlgan kishilar e’tiqod qiladigan din hisoblansada, lekin 

ularning  milliy  dini  -  “sintoizm”  ham  xitoy  daosizmi  va  buddizmining  ayrim 

                                                           

5

 Торкунов А. В. История Кореи. M.:2003 



 

6

 



Волков С. В. Служилые слои на традиционном Дальнем Востоке. М., 1999.

 

7



 

http://www.grandars.ru/college/sociologiya/kultura-drevney-yaponii.html

 

 



jihatlarini  oʽziga  singdirgan  va  yaponlarning  diniy  ta’savvurlariga    kuchli  ta’sir 

oʽtkazgan.  

Dinning  ta’sir  qilish  xususiyati  kuchliligi  jihatidan  kelib  chiqib,  xulosa 

oʽrnida shuni aytish mumkinki, Xitoy orqali kirib kelgan din va diniy ta’limotlarni 

Koreya  va  Yaponiyaning  nafaqat    madaniy-ijtimoiy  hayotiga,  balki  siyosiy 

hayotiga ham ta’siri chuqur boʽlganligini e’tirof etsakda, lekin bu ikki davlat ham 

qabul  qilgan  din  va  diniy  ta’limotlarning  oʽz  milliy  dunyoqarash  va  falsafiy 

fikrlariga  mos  jihatlarinigina  oʽzlashtirib  oʽz  turmush  tarzi  va  madaniyatini 

shakllantirib borganlar deb aytish mumkin. 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Karimov  I.  A.  Oʽzbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.– 

T.: Oʽzbekiston, 2011. B. 149 

2.  Курбанов  С.  О.  К  вопросу  об  установлении  фактов  истории  Кореи 

(На примере описания корейских экспедиций Эрнста Оперта 1866 и 

1868  гг.)  //  Вопросы  истории  Кореи  2004.  СПб.,  2004.  С.  48-67; 

Орреrt Е.) Forbidden Land. Voyages to the Corea. London, 1880. 

3.  Торкунов А. В. История Кореи. M.:2003  

4.  Глухарева  О.  Н.  Искусство  Кореи  с  древнейших  времен  до  конца 

XIX в. М.: 1982. 

5.  Волков  С.  В.  Служилые  слои  на  традиционном  Дальнем  Востоке. 

М., 1999. 

6.  Ланьков  А.  Корея.  Будни  и  праздники.  –  М.:  Международные 

отношения, 2000. 

7.  www. history.go.kr  

 

 




 

 

 



 

Download 244,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish