XXR sud tizimi. XXRning amaldagi Konstitutsiyasi va xalq sudlari to`g`risidagi qonunga asosan, xalq sudlari – sud ishlari yuritish organlari hisoblanadi.
Mahalliy quyi pog`ona sudlariga uyezdlar, avtonom uyezdalar, shaharlar, shaharga bo`ysunuvchi tumanlar sudari kiritilgan. Xalq sudlarini tashkil etish to`g`risidaga qonunga muvofiq, quyi pog`ona sudari quyidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolatiga ega:
Quyi pog`ona sudari quyidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolatiga ega:
birinchi instansiya sudi sifatida jinoyat, fuqarolik ishlari, maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari;
fuqarolik nizolari va ochiq ko`rishni talab etmaydigan kam ahamiyatli jinoyat ishlari;
xalq yarashuv komissiyalari ishlarini yo`naltirish.
O`rta pog`ona xalq sudlariga provintsiya, avtonom tumanlar, markazga bo`ysunuvchi shaharlar, provintsiyaga bo`ysunuvchi shaharlar va tumanlar xalq sudlari kiradi. O`rta pog`ona sudlari quyidagi toifadagi ishlarni ko`rib chiqadi:
qonun normalari asosida ushbu sudlar yurituviga kiritilgan ishlar:
quyi pog`ona sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko`rib chiqish uchun yuborilgan ishlar;
quyi pog`ona sudlari qarorlari, hukmlariga keltirilgan shikoyat va protestlar bo`yicha ishlar.
Yuqori pog`ona xalq sudlari provinsiya, avtonom tuman va markazga bo`ysunuvchi shaharlarda taʼsis etilib, ular vakolatiga quyidagilar kiradi:
qonunga asosan yuqori pog`ona sudlari yurituviga kiritilgan ishlar, quyi turuvchi sudlar tomonidan berilgan jiddiy jinoyat va fuqarolik ishlari va quyi turuvchi sudlarning qaror, hukmlariga shikoyat va protestlar bo`yicha ishlarni ko`rib chiqish;
o`rta pog`ona xalq sudlari tomonidan o`lim jazosi tayinlangan va sudlanuvchilar shikoyat keltirmagan hukmlarni tekshirish. Bunda ushbu sudlar bunday hukmlarni o`zgarishsiz qoldirishi, Oliy xalq sudiga tasdiq uchun jo`natishi, hukmni qayta ko`rib chiqishi yoki qayta ko`rib chiqish uchun qaytarishi mumkin;
o`rta pog`ona xalq sudlari tomonidan 2 yil keyin ijro etish sharti bilan o`lim jazosi tayinlangan hukmlarni tekshirish;
Oliy xalq sudi vakolatiga asosan alohida turdagi o`lim jazosi tayinlangan hukmlarni tasdiqlash.
Maxsus xalq sudlari - alohida muassasalarda zaruriyatga ko`ra taʼsis etiladigan sudlar bo`lib, hozirgi kunda Xitoyda harbiy sudlar, dengiz ishlari bo`yicha sudlar, temir yo`l transporti sudlari mavjud.
Oliy xalq sudi poytaxtda Pekin shahrida joylashgan bo`lib, davlatning oliy sud organi hisoblanadi va qonunga asosan davlatda oliy sud funktsiyalarini bajaradi, qo`yi turuvchi xalq sudlari va maxsus xalq sudlari faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Oliy xalq sudi rais, rais o`rinbosari, palata raisi, palata raisi o`rinbosari va sudyalardan iborat tarkibda faoliyat ko`rsatadi.
Oliy xalq sudi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
qo`yi turuvchi xalq sudlari va maxsus xalq sudlari faoliyati ustidan nazorat olib borish;
o`lim jazosi tayinlangan hukmlarni tasdiqlash;
huquq normalari sharhlash va boshqalar.
Sudyalarni tanlash va tayinlash tartibi, usullari, ularning vakolat muddatlari, taqdirlash va ularni intizomiy jazoga tortish, moddiy rag`batlantirish tartibi 1995 yil 28 fevralda qabul qilingan “Sudyalar to`g`risida”gi qonunda belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |