12. Xi bo millati (锡伯族) Xi bo millatining aholis 180 mingdan oshadi. Ularning istiqomad qiladigan yeri asosan, Shinjioan (新疆) va Xitoyning shimoliy sharqiy qismidir. Avvaliga ular Xitoyning shimoliy sharqiy qismini egallashadi. Keyinroq esa g’arbga shinjiong yerlariga kelib o’rnashadilar. Ularning hayoti ovchilik va baliqchilik bilan o’tadi.Shinjiongdagi Xibo millati Han, uyg’ur va qozoq tillarida suhbatlashishadi. Shimoliy-sharqiydagi aholi esa ko’proq han, man millatlariga o’xshab ketishadi. Xibo millatining ta’lim-tarbiyasi juda ajoyib. Bu xalq musiqa kuylashni, ot minishni o’ta yaxshi ko’rishadi. Xiboliklarni sportga mehri bo’lakcha. Ular Xitoy va jahonda uyushtiriladigan sport musobaqalarida doimo faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishadi. Xi bo asosan shomanizmga ishonishadi. Lamanizmga ishonadiganlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |