Semantik maydon. Ma’lum bir arxisistema asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmui.
Semantik so‘z. Semasiologiyaning o‘rganish, tadqiq etish ob’ekti sifatida qabul qilingan so‘z.
Semasiologik tahlil. Lug‘aviy birliklarning semantikasi va u bilan aloqador bo‘lgan hodisalar
nuqtai -nazaridan olib boriladigan tahlil.
Semasiologiya (yun.semasia – ifoda etish, logos – fan, ta’limot, tushuncha). Til birliklarining,
lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha.
Semiologiya (yun.sema – belgi, logos – tushuncha, ta’limot). Ayn. semiotika.
Semiotika (yun.semiotike – belgi). Belgilar, ramzlar tizimining umumiy xususiyatlarini tadqiq
etuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |