Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
121
w
www.oriens.uz
December
2021
janubiy teatri va dramalarida saqlanib qolgan, ya’ni qo‘shiq kuylash (ariya), prozaik
dialog va pantomimolarning (raqs) birga kelishi yaqqol ko‘rinib turadi.
XIII-XIV asrlarda Yuan sulolasi xukumronligi davrida dramaning «siven» janri
yangi «szatszyuy» (
杂剧
)
5
janriga aylantirildi. Bu dastavval Shimoliy Xitoyda paydo
bo‘lib, tez orada «siven»ni ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi va nafaqat shimolda, balki
janubda ham rivojlana boshladi.
Xitoy xalqining ham ma’naviy olami vaqt o‘tgan sari o‘zgarib bordi. X-XIII
asrlarga kelib san’at asarini tushunishga qodir tomoshabinlar soni ko‘payib bordi va
bunga, albatta, dramaturgiya va teatr san’ati sabab bo‘ldi. San’atning aralash turi,
ya’ni drama, musiqa, voizlik san’ati, ommaviy sig‘inish marosimlari, xalq
tomoshalari kabilar rivojlandi. Imperator saroyidagi oliy tabaqalar uchun
mo‘ljallangan sahna tomoshalariga ham zarurat paydo bo‘ldi. Xitoy
dramaturgiyasining rivoji ham ayni shu davrga to‘g‘ri keldi.
Xitoy dramatik janrlarining paydo bo‘lishi masalasida adabiyotshunos olimlar
o‘z tadqiqotlarida xitoy dramaturgiyasi janrlarining yuzaga kelishida qadimiy hind
madaniyatining Xitoyda keng yoyilishi sabab bo‘ldi, degan fikrlarni ilgari surdilar.
Ushbu masalada XX asr boshlariga kelib yozuvchi Chjen Chjendo va Syuy Dishanlar
tomonidan bir qator izlanishlar olib borilgan.
Ilk bor adabiyotshunos, yozuvchi Syuy Dishan
许地山
1925 yilda Kembridjda
tahsil olib yurgan kezlarida o‘zining “Hind dramasining uslubi va uning Xitoy
dramasiga oid tafsilotlari” nomli maqolasida ayni shu masalani ko‘tarib chiqqan, edi.
Adibning ilmiy tadqiqotlari bir qator muammolarni qamrab olgan, jumladan, qiyosiy
adabiyotshunoslik, Hindiston va Xitoy madaniy aloqalari tarixi va xorij
madaniyatining Xitoy adabiyotiga ta’siri kabilar. Syuy Dishan Xitoy
dramaturgiyasining paydo bo‘lishi Sharqiy Turkiston xududlariga baddizmning
Maxayana maktabi ta’limotlarining kirib kelishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. U yana
shuni ta’kidlaydiki, meloddan avvalgi ikkinchi asrda sanskrit dramasi Maxayana
buddizmi bilan bir vaqtda shakllangan bo‘lib, ayni shu davrda Xan sulolasida ham
Maxayana maktabi ta’limoti kengg tarqalgan. (er. avv. 206.—er. 220y.) .
1911 yilda nemis olimi Genrix Lyuders
6
ning arxeologik ishlari orqali Sharqiy
Turkiston xududlarida sanskrit dramasining qo‘lyozma nus'halari topiladi. Bularning
hammasi Germaniyaning Berlin shahridagi nashriyotda nashr etiladi. Bular orasida
Asvagxoshaning
“Shariputraprakaran”
dramasi,
Kalpanamanditikaning
5
. “Szatszyuy” (
杂剧
) janrida biror bir syujet xikoya kilinadi. Xikoya ariya va rakslar bilan bir aktyor tomonidan ijro etilgan.
6
Genrix Lyuders(1869-1943)-Sharqshunos-xindshunos. Sharq adabiyoti bo‘yicha muxbirlar a’zosi (Xindshunoslik)
Do'stlaringiz bilan baham: |