Xitoy 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 38-mavzu Sun sulolasining (960–1279) hokimiyatga kelishi bilan Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o‘zaro urushlarga chek qo‘yildi. Rivojlangan o‘rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko‘payib borgan. Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30–40 mu yer bo‘lib, davlat bu tabaqani qo‘llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to‘laganlar.. Xitoy savdosida suv yo‘llari alohida ahamiyat kasb etgan. Xitoyning janubida hunarmand-to‘quvchilar shoyi gazlamalarning o‘nlab xillarini tayyorlaganlar.
XII asrda ipakdan shoyi so‘zana – panno to‘qish ixtiro qilinib, keng tarqalgan.
Xitoyda paxtachilik ham tobora keng rivojlanib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash yo‘lga qo‘yila boshlagan.
Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo‘g‘ullar davlati Xubilay xonligi davrida o‘z ta’sirini mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ham o‘tkazadi.
Xubilay mamlakatni boshqarishning
xitoycha usulini qo‘llasa-da, mahalliy amaldorlar xizmatidan voz
kechadi.
Yevropalik savdogarlar Xubilay
qabulida
Mo‘g‘ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asrning o‘rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi.
Qo‘zg‘olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yilda mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi.
Xitoy imperatori Yuan
Chjan
Min qo‘shinlari mo‘g‘ullarni ta’qib etib, ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi.
Shu tariqa ko‘chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo‘yiladi.
Xitoy XV asrda.
XV asrning boshlaridan Min sulolasining
Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi.
Faqat Amir Temurning qo‘qqisdan vafot etishi Xitoyga
qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo‘ladi, bu esa Xitoyga 1406-yilda Vyetnamni, keyinchalik Mo‘g‘ulistonni istilo qilishiga yo‘l ochadi.
Min sulolasi
Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Chjan Xe
Tarkibida 62 ta kema, 30 ming jangchisi bo‘lgan harbiy ekspeditsiya 1405–1433-yillarda Zond arxipalagi, Shri Lanka va Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi.
Xitoy imperatorlari 1415–1420-yillarda Samarqandga Ulug‘bek saroyiga ham elchilar yuborgan. Lekin Temuriylar davlati mavqei balandligidan unga Xitoyning tazyiqi ta’sir etmagan. XV asrning o‘rtalaridan iqtisodiy inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Savol va topshiriqlar 1. Mamlakat xo‘jaligi yuksalishining sababi nimalardan iborat edi? 2. Xitoyni mo‘g‘ullar istilo qilishi va Yuan sulolasining boshqaruvi qanday amalga oshirilgan? 3. Min sulolasining boshqaruvi qanday bo‘lgan? 4. Chjan Xe kim va uning faoliyati haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |