Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Ginekologik peritonitlar:
nospetsifik va spetsifik peritonit turlari tafovut 
qilinadi. Nospetsifik peritonit bachadon ortiqlarining yallig’li o’smasi, 
parametriy abstsessi, tuxumdonning yiringlangan kistasi qorin bo’shlig’iga 
yorilganda paydo bo’ladi. Diagnostika: tug’ruqdan keyingi davrda va 
kasalxonadan tashqari holatda qilingan septik abortdan keyin, infektsiya 
(metroendometrit, metrotromboflebit) bachadondan limfogen yoki gematogen 
yo’llar orqali rivojlanadigan ginekologik peritonitlar eng ko’p qiyinchilikka 
sabab bo’ladi. Peritonitning paydo bo’lishini yana bir ehtimoliy sababi – 
bachadon va qinning jarohatlari (bachadon perforatsiyasi yoki yirtilishi, ochiq 
jarohati va b.), mikrofloraning qorin bo’shlig’iga tushishi hisoblanadi. Bunda 
yallig’lanish jarayoni kichik chanoq bo’shlig’ini qamrab olgach, pelvioperitonit 
deb atalgan kasallikni chaqirishi va qorin pardasining katta qismiga o’tishi 
oqibatida tarqalgan peritonit kelib chiqishi mumkin. Ginekologik tarqalgan 
peritonit, infektsiyaning boshqa ko’p uchraydigan joylaridagi peritonit kabi 
kechadi. Pelvioperitonit nisbatan xavfsiz kechadi. Kasallikning boshlanishidagi 
qorin pastidagi simillagan og’riqlar, oldingi qorin devorining taranglashishi, 
yuqori xarorat jadal antibiotikoterapiya ta’siri ostida bir vaqt o’tgach kamayadi, 
ekssudat so’rilishga moyil bo’ladi, sog’ayish boshlanadi. Pelvioperitonit avj 
olganda og’riqlar tobora kuchayib boradi, yiringli intoksikatsiya belgilari, 


578 
yaqqol gipertermiya holati paydo bo’ladi. Bu holda xirurgik davolash 
o’tkaziladi. 
Spetsifik pelvioperitonit 
– ko’pincha gonokokk florasiga bog’liq gonoreya 
bilan kasallangan bemorlarining taxminan 15% da pelvioperitonit rivojlanishi 
bilan boshlanadi. Mikroblar qorin bo’shlig’iga kasallangan bachadonning 
naylari orqali tushadi. Jarayon odatda, chanoq bo’shlig’idan tashqariga 
chiqmaydi. Bunda qorinning pastki qismida kuchli og’riqlar, tenezmlar, ichning 
suyuq kelishi, tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Qorin dam bo’lib, silab 
ko’rilganda qorin old devori mushaklarining taranglashishi, musbat Shyotkin-
Blyumberg belgilari aniqlanadi. Rektal va vaginal tekshirishda chanoq qorin 
pardasining yallig’lanish belgilari topiladi, qindan esa seroz-yiringli ajralmalar 
kelishi kuzatiladi. Bakteriologik tekshirish diagnozni tasdiqlaydi. 
Davolash: gonoreya peritonitida xos dori-darmonlar ishlatiladi. 
Detoksikatsion va antibakterial muolaja tayinlanadi. Bemor o’rinda yotganida, 
tananing yuqori qismini balandroq holda tutishi lozim bo’ladi. 


579 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish