Xirurgik kasalliklar


Teri ostidagi paraproktit



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Teri ostidagi paraproktit
— eng ko’p uchraydigan formasi, o’tkir 
boshlanadi. Birinchi sutka mobaynida tana harorati 39°C gacha ko’tariladi, orqa 
chiqaruv yo’li sohasida kuchli og’riqlar paydo bo’ladi. Teri osti kletchatkasida, 
anal teshik yaqinida og’riydigan infiltrat paydo bo’ladi. Uning ostidagi teri 
qizargan, markazida flyuktuatsiya bor, shu soha lo’qillab og’riydi. Bemorlar 
dumbaning sog’lom tomonini bosib o’tirishga urinadilar. Agar vaqtida 
operatsiya qilinmasa, yiringlik 5-7 kuni teri orqali o’z-o’zidan yorilib chiqishi 
mumkin. 
Ishiorektal (quymich-to’g’ri ichak) paraproktit.
Kasallikning 
boshlang’ich bosqichida og’irlik va chot ichkarisida xojat paytida kuchayadigan 
og’riq paydo bo’ladi. Tana harorati oshadi, intoksikatsiya kuchayadi. 
Yallig’lanish jarayoni orta borgan sayin orqa chiqaruv yo’lining yonida, 
yallig’langan tomonda biroz shish paydo bo’lganligi qayd qilinadi. Barmoq 
bilan tekshirishda to’g’ri ichakning zararlangan yon tomonidan infiltratsiya
birmuncha kechikkan muddatlarda esa infiltratning yumshaganligi aniqlanadi. 
Yiringlik aksariyat teri orqali tashqariga yoriladi. 
Shilliq parda ostidagi paraproktit.
Paraproktitning bu formasida 
og’riqlar o’rtacha bo’lib, xojat paytida birmuncha kuchayadi. Tana harorati 
subfebril bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda yiringlik zonasida ichak bo’shlig’iga 


407 
bo’rtib chiqqan infiltrat yoki flyuktuatsiya aniqlanadi. Yiringlik o’z-o’zidan 
yorilganidan keyin ko’pincha sog’ayish boshlanadi.
Chanok-to’g’ri ichak (pelviorektal) paraproktiti.
Kam uchraydi, og’ir 
o’tadi va uni aniqlash ancha qiyin. Avvaliga intoksikatsiya belgilari: umumiy 
lohaslik, xolsizlik, tana harorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, bo’g’imlarda 
qaqshashi, qorin pastida og’riq paydo bo’ladi. Orqa chiqaruv yo’li sohasini 
tashqi ko’zdan kechirishda pelviorektal paraproktitni aniqlab bo’lmaydi. 
Kasallik boshlanishidan 15-16 kun o’tgach tana harorati gektik darajaga etib
qorin pastidagi og’riqlar kuchayadi. Infiltratning hajmi kattalashadi va orqa 
chiqaruv yo’lini ko’taradigan muskul bo’ylab pastga tushadi va paraproktitning 
mahalliy belgilari paydo bo’ladi. Ular endi quymich-to’g’ri ichak va teri osti 
kletchatkasi uchun xos bo’lib, quyidagi xarakterli simptomlar: chot terisida shish 
va qizarish, og’riq paydo bo’ladi. To’g’ri ichakni barmoq bilan tekshirish 
vaqtida infiltratni aniqlash mumkin, bunda barmoq bo’rtib chiqqan joyning 
yuqori chekkasiga etmaydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish