Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’rta bo’lak sindromi 
O’rta bo’lakning surunkali yallig’lanishi. O’pkaning atelektazi hisobiga 
o’rta bo’lak bronxi o’tkazuvchanligining buzilishi oqibatida rivojlanadi. 
O’pkaning yallig’lanish kasalliklari umumiy sonidan 20-26% ni tashkil etadi. 


56 
Kasallik o’rta bo’lak bronxining tuzilish xususiyatlariga, uning kattalashgan 
limfa tugunlari tufayli ezilishiga bog’liq, surunkali kechish xususiyatiga ega. 
Klinik manzarasi. Yiringli balg’am ajralib turadigan yo’tal, qon tuflash, 
nafas siqishi, intoksikatsiya alomatlari bilan ifodalanadi. O’pkada o’rta bo’lak 
proektsiyasi ustida yirik-o’rtacha pufakchali xirillashlar eshitiladi. 
Rentgenologik jihatdan o’rta bo’lak atelektazi, bronxoskopik jihatdan o’rta 
bo’lak bronxi o’tkazuvchanligining uning torayishi hisobiga buzilishi, 
chegaralangan 
yiringli 
endobronxit 
aniqlanadi. 
Bronxografiyada 
o’tkazuvchanlikning buzilishi, o’rta bo’lak bronxining «cho’ltog’i» aniqlanadi. 
Davolash
 
jarrohlik usulida – lobektomiya amaliyoti qilinadi. Jarrohlik 
amaliyotiga monelik qiladigan hollar bo’lganda (qo’shilib keladigan kasalliklar, 
keksa,yosh) konservativ muolaja olib boriladi. 
O’pkaning yallig’lanish kasalliklari asoratlari
O’pkadan qon ketishi – nafas yo’llaridan qon ajralib chiqishi, o’pkadagi 
turli kasalliklarning ko’p uchraydigan va xatarli asoratidir. O’pkaning surunkali 
yiringli kasalliklari orasida 10% dan 60% gacha hollarni tashkil etadi. Bunda 
ko’p miqdorda qon ketishi faqat qon yo’qotilishi jihatidan emas, balki tezda yuz 
beradigan asfiksiya sababli xavfli bo’ladi. L. M. Nedvetskaya klassifikatsiyasi 
bo’yicha o’pkadan qon ketishi 3 darajaga bo’linadi:
I darajasi – 300 ml gacha qon tuflash; 
II darajasi – 700 ml gacha; 
III darajasi – 700 ml dan ko’p qon yo’qotish. 
O’pkadan qon ketishida jarrohlik aralashuv kerak bo’ladi, konservativ 
davolash naf bermayotgan ko’p qon ketishida shoshilinch jarrohlik amaliyoti 
o’tkaziladi. Oshig’ich hollarda qon ketish manbaini aniqlay olmasdan bemor 
axvoli og’ir paytida, ko’pincha majburan jarrohlik amaliyoti qilishga to’g’ri 
keladi. Shuning uchun bunday hollarda jarrohlik amaliyoti natijalari rejali 
jarrohlik amaliyotlariga qaraganda birmuncha yomon bo’ladi. Shu munosabat 
bilan o’pkadan qon ketishini diagnostika qilish va davolashga yondoshishda 


57 
quyidagicha taktika tavsiya qilinadi. Hamma bemorlarni turli jarrohlik 
amaliyotlarni bajarishga ko’rsatmalariga ko’ra quyidagi 2 guruhga bo’lish 
mumkin: 
1-guruh – o’pkasidan qon ketishi I-II darajali bemorlar, ularda davolash-
diagnostik tadbirlar intensiv davolash fonida shoshilinch bronxoskopiyadan 
boshlanishi kerak. Shoshilinch bronxoskopiya asfiksiyaning oldini olish, 
traxeobronxial shoxni qunt bilan sanatsiya qilish, qon ketishini to’xtatish uchun 
bronxni vaqtincha obturatsiya qilishni o’z ichiga olgan qator chora-tadbirlarni 
o’z ichiga oladi. Bemor ahvoli barqaror bo’lgandan keyin yaqin 6-12 soatda 
bronxial arteriografiyani o’z ichiga olgan rentgenologik tekshiruv o’tkaziladi, 
diagnoz aniqlanadi va zarur bo’lganda zararlangan tomonda bronxial arteriya 
embolizatsiyasi bajariladi. Bunday taktika ko’pchilik bemorlarda qon ketishini 
vaqtincha to’xtatish, qon ketishi tufayli yuz bergan gomeostaz buzilishlarni 
yo’qotish uchun vaqtni qo’ldan boy bermaslik, bemorni qunt bilan tekshirish, 
diagnozni aniqlash va ehtiyotlab jarrohlik amaliyotini o’tkazishga imkon beradi. 
2-guruh – o’pkasidan qon ketishi III darajali bemorlar. Bunda bemorlar 
kasalxonaga keltirilganda konservativ tadbirlar kompleksidan tashqari ularda 
rentgenologik tekshirish bilan birga (rentgenoskopiya, ko’krak qafasini 2 
proektsiyada rentgenografiya qilish) fibrobronxoskopiya qilish zarur. 
Fibrobronxoskopiya qattiq bronxoskopiyaga o’tish sharoitlarida o’tkazilishi 
lozim, chunki bunday bemorlarda tekshiruv jarayonida ko’p qon ketish 
ehtimolini istisno qilib bo’lmaydi. Olingan bronxoskopik rentgenologik 
ma’lumotlar ko’pchilik bemorlarda qon ketish manbaini aniqlash, diagnoz 
qo’yish, keyingi tekshiruv va davolash rejasini tuzishga imkon beradi. Jarrohlik 
amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan hollari bo’lgan bemorlarda qon 
oqishining takroran ro’y berishiga qarshi zararlangan tomonda bronxial 
arteriyani embolizatsiya qilish kerak. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish