Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngach divertikullari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Qizilo’ngach divertikullari 
Qizilo’ngach divertikullari – qizilo’ngach devorining chegaralangan bo’rtib 
chiqqan joylaridir. So’nggi vaqtlarda qizilo’ngach divertikullari, ilgari tasavvur 
qilinganidek, kam uchraydigan kasallik emasligi aniqlandi. Bu klinik amaliyotga 
rentgenologik tadqiqotlarning keng joriy qilinishi, aholining profilaktik 
maqsadlarda yalpi rentgenologik tekshiruvlardan o’tkazilishi bilan bog’liq. 
Rokitansky, 1840 yildayoq divertikullarni pulsion va traktsion turlarga bo’lgan 
edi. 
Pulsion divertikullar qizilo’ngach bo’shlig’ida uning qisqarishlari vaqtida 
paydo bo’ladigan bosim ta’siri ostida qizilo’ngach devorining bo’rtib chiqishi 
natijasida hosil bo’ladi, traktsion divertikullarning paydo bo’lishi esa atrof 
to’qimalardagi yallig’lanish jarayoni va qizilo’ngach devorini kasal a’zo 
yo’nalishida tortadigan (tractio) chandiqdar hosil bo’lishi bilan bog’liq (o’pka 
ildizlari sohasida limfatik tugunlarga tomon yo’nalishda yoki bu tugunlar sildan 
zararlanganda yuz beradigan traxeya bifurkatsiyasida). 
Ko’pchilik tadqiqotchilar traktsion mexanizm divertikul rivojlanishining 
boshidagina kuzatiladi, deb hisoblaydilar. Keyinchalik divertikul kattalashadi va 
pulsion mexanizm ta’siri ostida o’z shaklini o’zgartiradi. Bu xildagi divertikullar 
pulsion-traktsion divertikul nomini olgan. 


267 
Qizilo’ngach divertikullarini pulsion, traktsion va aralash (pulsiontraktsion) 
turlarga bo’lish bilan birga ularning joylashuvi bo’yicha klassifikatsiyasi ham 
qabul qilingan. Shu tariqa halqum-qizilo’ngach yoki Tsenker divertikullari, 
epibronxial (bifurkatsion, o’rta qizilo’ngach), epifrenal (epidiafragmal) va 
boshqa kam uchraydigan xillari farq qilinadi. Yu.E. Berezov va M.S. 
Grigorevning yig’ma statistikasi bo’yicha ko’proq halqum-qizilo’ngach 
divertikullari (58,7%), so’ngra epibronxial (27,2%) va epifrenal divertikullar 
(13,4%) uchraydi. 
Shuningdek tug’ma va orttirilgan, haqiqiy va soxta divertikullar farq 
qilinadi. Tug’ma divertikullar kamdan-kam uchraydi. Ko’pchilik hollarda ular 
orttirilgan bo’ladi. Devori normal qizilo’ngach devorining xamma qatlamlarini 
saqlagan divertikullar «haqiqiy», devori mushak qatlamidan mahrum bo’lgan 
divertikullar «soxta» degan nom olgan. Soxta divertikullar prognostik jihatdan 
yomonroq, chunki qisilib qolishi, cho’zilishi va hatto teshilishi mumkin. 
Qizilo’ngach divertikullari aksariyat 5 dan 70 yoshgacha, ayollarda erkaklarga 
nisbatan birmuncha ko’proq uchraydi. 
Halqum-qizilo’ngach divertikullari ko’pincha ularni batafsil tasvirlagan 
Zencer
nomi bilan Tsenker divertikullari deyiladi. Halqum-qizilo’ngach 
divertikullari aslini olganda halqum distal bo’limining divertikullari hisoblanadi, 
biroq, ularning paydo bo’lishi ko’pincha qizilo’ngach funktsiyasining buzilishi 
bilan o’tadi, shuning uchun qizilo’ngach patologiyasini bayon qilishda ushbu 
kasallik ustida to’xtalib o’tish o’z-o’zidan joiz hisoblanadi. 


268 
62-rasm. Halqum-qizilo’ngach va Tsenker divertikuli. 
Tsenker divertikuli paydo bo’lishida, aftidan, mexanik omil – ovqat 
luqmasining halqum devorining kuchsiz joyini ko’p bosib turish, ehtimol, 
halqum mushaklari va qizilo’ngachga kirish qismidagi mushaklar qisqarishining 
uyg’unligi buzilishi asosiy ahamiyat kasb etsa kerak. Ayrim mualliflar halqum, 
halqum-qizilo’ngach divertikullari rivojlanishida embriologik shart-
sharoitlarning ahamiyatiga ishora qilib, embrionda halqum devoridagi shu 
xildagi bo’rtmalarni qayd qiladilar. 
Patologik anatomiyasi. Divertikul asta-sekin bir necha yillar ichida 
rivojlanadi. Halqum quyi bo’limi orqa devorida hosil bo’lgan divertikul 
qizilo’ngachning orqa devori va umurtqa pog’onasi orasida pastga tushadi. 
Divertikul teshigi odatda enlik va halqumning to’g’ridan-to’g’ri davomi 
hisoblanadi va qizilo’ngach kirish qismi oldinga, hiqildoqqa siljigan. Divertikul 
katta-kichikligi har xil – kichkina botiqlikdan to nok kattaligigacha bo’ladi. U 
ovqat bilan to’lganda qizilo’ngachni oldinga qisib qo’yadi va yutishni juda 
qiyinlashtiradi. Divertikul qopchasida mushak tolalari bo’lmaydi va odatda 
atrofdagi to’qimalar bilan yopishib ketmagan bo’ladi. Divertikulning ichki 
yuzasi halqum shilliq pardasi bilan qoplangan. Ba’zan yuzasida eroziyalari bilan 
donador yoki yassi chandiqlari bo’ladi. 


269 
Klinik manzarasi. Kichik divertikul bir necha yilgacha yuzaga chiqmasligi 
yoki halqumda achishish, qirilish sezgisi, yo’tal, halqumda yot jism bordek his 
qilish, yutinish buzilishi, ko’p so’lak oqishi, og’izdan badbo’y hid kelishi, 
ko’ngil aynishi kabi simptomlarni paydo qilishi mumkin. Ko’ngil aynish belgisi 
ba’zan me’da kasalligi to’g’risida o’ylashga majbur etadi. Divertikul qopchasi 
kattalashuvi bilan bir vaqtda yutishning buzilishi paydo bo’ladi. Bemorga 
hiqildoq orqasida ovqat to’xtab qolayotgandek tuyuladi, agar qopcha katta 
bo’lsa, qizilo’ngachning yuqori qismida to’xtab qolayotgandek bo’ladi. Ovqat 
luqmasi to’xtashi Bensaude va Gregorie «Blokada fenomeni» deb tasvirlagan 
qator simptomlar bilan o’tadi: bemor yutish harakatlari qiladi, shundan keyin 
yuzi qizarib, nafasi qisa boshlaydi, qayt qilganidan keyin engil tortadi. Agar qayt 
qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga keladi. 
Regurgitatsiya yoki qayt qilish har kuni bo’lsada, ovqat divertikulda 
kamdan-kam bir necha kun turib qoladi. Divertikul suyuqligining 
regurgitatsiyasi va uning nafas yo’llariga tushishi aspiratsion zotiljam 
kasalliklariga sabab bo’ladi. Boshqa simptomlardan qaytuvchi nerv bosilishi 
oqibatida paydo bo’ladigan tovush bug’ilishi, traxeyaning bosilishi sababli nafas 
olish qiyinlashuvini ko’rsatib o’tish mumkin. 
Umumiy holat bir necha yilgacha unchalik o’zgarmay qoladi. Qator 
hollarda bemor ozib ketadi. Ko’zdan kechirilganda ko’pincha bo’yinda bo’rtib 
chiqqan joy ko’rinadi (bosh orqaga tashlanganda). Ba’zan u buqoqni eslatadi. 
Bo’rtma yumshoq konsistentsiyali bo’lib, bosilganda kichiklashadi. Bemorga 
suv ichirib bo’rtib chiqqan joy urib ko’rilganda chayqalish shovqinini eshitish 
mumkin (Kuper belgisi). Rentgenologik tekshirishda kontrast modda 
divertikulni to’ldiradi, so’ngra esa qizilo’ngachga o’tadi. To’lgan divertikul 
qizilo’ngachning orqa yoki yon tomonidan ko’rinib turadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish