Xirurgik kasalliklar


-rasm. Qorin bo’shlig’ini drenajlash sxemasi.  Enteral zond orqali ozuqalantirish



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
119-rasm. Qorin bo’shlig’ini drenajlash sxemasi. 
Enteral zond orqali ozuqalantirish 
Peritonitli bemorlarni davolashda parenteral ozuqalantirish uchun 
qo’llaniladigan vositalarning soni juda ko’p, biroq ulardan foydalanishda bir 
qancha qiyinchiliklar uchraydi. Bularga chuqur venalarni kateterlash bilan 
bog’liq asoratlar (venada kateterning uzoq vaqt turib qolishiga bog’liq 
yallig’lanish va septik jarayonlar), allergik reaktsiyalar kiradi.
Bevosita parenteral infuzion muolajani o’tkazish vaqtida, uning tarkibiy 
qismlarining zarur miqdori va sifat tarkibini to’g’ri hisoblash murakkab 


566 
tekshiruvlar o’tkazishni talab qiladi, hamda qiyinchiliklar tug’diradi. Bular 
qilinmasa, parenteral ozuqalantirish organizmda sodir bo’layotgan jarayonlarni 
boshqarish qobiliyatini amalda yo’qotadi.
Shunday qilib, amaliy jarrohlik uchun bemor organizmining energetik 
talabini qondirish va plastik materiallarga bo’lgan ehtiyojlarini qoplashning 
birmuncha soddaroq, fiziologik va xavfsizroq usullarini izlab topish, eng dolzarb 
masalalardan biri bo’lib qolmoqda. 
Keyingi yillarda bemor organizmida modda almashinuvi jarayonining 
buzilishlarini bartaraf etish, hamda operatsiyadan keyingi yaqin davrda 
organizmining energetik talabini qondirish va plastik materiallarga bo’lgan 
ehtiyojlarini qoplash maqsadida, operatsiya vaqtida bevosita burun yo’llari 
orqali ingichka ichakka o’tkazilgan zond vositasida ozuqa moddalarini yuborish 
– enteral zond orqali ozuqalantirish (EZOO), keng qo’llanilayotgani haqida 
ko’plab tadqiqot ishlari paydo bo’ldi. Biroq, bu usul qator afzalliklarga egaligiga 
qaramay, hanuzgacha klinikada keng qo’llanilmayapti. Buning bir necha 
sabablari bor. Ulardan biri enteral zond orqali ozuqalantirish (EZOO) uchun 
oziqli aralashmaning optimal tarkibiga doir aniq tushunchalar yo’qligi, 
ikkinchisi bu xastalikda me’da va ichak faoliyatining sustligi, hamda ozuqani 
hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar etishmovchiligidir. 
Ilmiy adabiyotlarning tahlili, ingichka ichakka yuboriladigan ozuqa 
vositalari tarkibiga nisbatan bir biridan farq qiladigan ikkita yondoshuvni 
aniqlashga imkon beradi.
S.I. Spasokukotskiy (1933) taklif qilgan birinchi endoshuv etarli miqdorda 
oqsil saqlaydigan tabiiy mahsulotlardan engil hazm bo’ladigan moddalarni 
yuborishdan iborat (bulon, tuxum, qaymoq, sharbatlar va b.) (E.K. Kurapov, 
1974, M.I. Yatsentyuk, 1974). Bu ozuqa aralashmalari tayinlangan bemorlarning 
asosiy qismi – me’da-ichak faoliyatida jiddiy buzilishlar bo’lmagan rak yoki 
yara kasalligi bo’yicha me’da rezektsiyasi operatsiyasini o’tkazgan bemorlardan 
tashkil qilganligini ta’kidlab o’tish lozim.


567 
Ayni vaqtda ko’pgina olimlar (Yu.M. Galperin, 1975, T.S. Popova, 1973, 
A.A. Shalimov, 1977) peritonitda, ichak atoniyasi ro’y berishini va uning 
negizida me’da-ichak sistemasining nafaqat motor, balki sekretor va so’rish 
qobiliyatining buzilishi ichak qovuzloqlari ichida katta miqdorda el va suyuqlik 
yig’ilishiga olib kelishi bilan birga qo’shilib kelgan buzilishlari yotadi. Bu esa, 
o’z navbatida ichaklarning cho’zilib kengayishiga, undagi buzilishlarning 
chuqurlashuviga olib keladi. Bunday sharoitlarda katabolik buzilishlarni 
ingichka ichakka ovqat moddalarni kiritish yo’li bilan bartaraf etishga urinish 
faqat muvaffaqiyatsiz bo’libgina qolmay, balki operatsiyadan so’nggi davr 
kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, be’mor holatini og’irlashtirishi ham mumkin. 
Keng tarqalgan ikkinchi usulning zamirida operatsiyadan keyingi ilk 
davrda, avvaldan gidrolizlangan polimerlarni EZOO sifatida ishlatish 
to’g’risidagi tushuncha yotadi. Bu, ma’lum muhitda vena qon tomiriga 
yuboriladigan parenteral ozuqa moddalarini EZOO uchun ichakka yuborib, 
ozuqa sifatida foydalanish nazarda tutiladi. Biroq, bu toifadagi ozuqa 
moddalarini (faqat monomerlar tarzida) ingichka ichak bo’shlig’iga yuborish, 
uning osmotik bosimi yuqoriligi (2000-3000 mosm.) hisobiga ichakda so’rilish 
sur’atining o’ta pastligi yoki chegaralanganli, bu eritmalarni kiritish sur’atining 
oshirilishi – ko’ngil aynish, qayt qilish, diareya singari qator asoratlarga sabab 
bo’lishi aniqlandi. Bu asoratlar birinchi galda monomer eritmalarning suv-tuz 
almashinuvi buzilishiga olib keladigan giperosmolyarligi bilan bog’liq bo’lgan. 
Bunda, asoratlar vujudga keltirmaydigan elementli aralashmalarning maksimal 
hajmi sutka mobaynida 1-1,5 litrga etadi. Monomer ozuqa moddalarining 
kontsentratsiyasi pasaytirilishi hisobiga aralashmaning suyuqlashishi, nafaqat 
uning hajmini ko’payishiga, balki uning energetik qiymatining pasayishiga olib 
keladi. Bu sharoitda, EZOO – organizmning ichki muhitiga tushadigan ozuqa 
moddalarining umumiy miqdori, uning energetik va plastik ehtiyojlarini qoplash 
uchun etarlicha bo’lmaydi, natijada bir vaqtning o’zida parenteral 
ozuqalantirishni yanada kuchaytirish zarurati paydo bo’ladi. 


568 
O’tkir xirurgik patologiyalarda metabolik buzilishlarni bartaraf etish 
muammosini hal qilishning yangi istiqbolli yo’nalishlaridan biri – Rossiyaning 
N.V. Sklifosovskiy nomidagi Shoshilinch Tez Yordam Ilmiy Tekshirish Instituti 
(ShTYoITI) eksperimental patologiya laboratoriyasida (Yu.M. Galperin, T.S. 
Popovalar rahbarligida), hazm qilish jarayonlari bosqichlarini chuqur 
o’rganishlar negizida ishlab chiqilgan ozuqa aralashmalari, EZOO da yangi 
yo’nalish hisoblanadi. Bu yo’nalish, nafaqat ozuqa moddalarining yangi 
turlarini, balki EZOO da ularni kiritish usullari, uning samaradorligini o’rganish 
yo’llarini taklif etdi. Hozirda, jahon miqyosida taklif etilayotgan ozuqa 
moddalarining (Perative, Nutrien standart, Nutrien pulmo va b.), shu yo’nalish 
asosida ishlab chiqilgan desak bo’ladi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda to’la 
qonli 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish