Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Kindik churralari 
Kindik halqasi orqali o’tadigan churralarga kindik churralari deyiladi. 
Kindik churralari hamma churralarning 6-8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar 
farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi 
orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari. 
Anatomik ma’lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini 
bo’sh joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi 
murakkab jarayondir. Normada antinatal davrning 6-oyidayoq kindik halqasi 
hosil bo’ladi, uning o’lchami asta-sekin kichrayib boradi va tug’ilishdan bir 
necha kun o’tgach tushgan kindik o’rnida ichiga botgan yamoqcha xolida uzil-
kesil berkilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug’ma 
rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar 
kuzatiladi. 
Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi bir muncha beqaror strukturalar – 
teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi. 
Kindik halqasi serbar va fastsiyasi sust rivojlangan bo’lganda churralar 
paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul 
pardasi bo’lmagan faqat kindik venasi o’tadigan yuqori bo’limi pastki 
bo’limidan kuchsiz bo’ladi. Kindik fastsiyasining to’rtta biriktiruvchi to’qima 
tortmalari bilan mahkamlanganligini eslatib o’tish lozim: bitib ketgan kindik 
venasi, kindik arteriyalari va obliteratsiyalangan siydik yo’li. Biroq fastsiya 
yaxshi rivojlangan qorin to’g’ri muskullari va uning kindik halqasi diametrini 
toraytiradigan qin aponevrozlari bo’lgandagina pishiq bo’ladi. Shuning uchun 


302 
kindik churrasi, odatda, to’g’ri qorin muskullari sust rivojlangan ayollarda 
(80%) va bolalarda kuzatiladi. 
Kindik tizimchasi churrasi yoki kindik churrasi (omphalocele) rivojlanish 
nuqsonidan iborat bo’lib, bunda bola tug’iladigan fursatda qorin bo’shlig’i 
qisman qorin pardasidan tashqarida – amnion, Vartanov liqildog’i va birlamchi 
oddiy qorin pardasidan tashqil topgan kindik pardalarida joylashadi (ichakning 
aylanish jarayoni buzilishi natijasida, qorin bo’shlig’ining o’sib etilmaganligi 
yoki qorin oldingi devorining yopilishi buzilishidan). Qorin oldingi devori 
rivojlanishining to’xtash vaqtiga ko’ra kindik churralarining 2 turi – embrional 
va fetal churralar tafovut qilinadi. Embrional churralarda jigarda Glisson 
kapsulasi bo’lmaydi va u kindik pardalari bilan qo’shilib ketadi. 
Churra o’lchamlariga ko’ra kichiqroq – 5 sm gacha, o’rtacha – 10 sm
gacha, kattalari – 10 sm dan katta bo’ladi. 
Churra pardalari holatiga ko’ra: asoratlangan (pardalarining yirtilishi, 
ularning yiringli parchalanishi, ichak oqmalari) va asoratlanmagan (pardalari 
o’zgarmagan) turlariga bo’linadi. 
Kindik tizimchalarining churralari bo’lgan bolalarning taxminan 65 foizida 
rivojlanish nuqsonlari (yurak, me’da-ichak yo’li, siydik-tanosil sistemasining) 
birga uchraydi. 
Tug’ilishdan keyin dastlabki soatlarda churra xaltachasini hosil qiladigan 
kindik pardalari yaltiroq, tiniq, oqimtir rangli bo’ladi. Biroq birinchi sutka 
oxirida ular quriydi, loyqa tortadi, so’ngra infektsiyalanadi va fibrin qatlamlari 
bilan qoplanadi. Pardalar yupqalashganda va yirtilganda eventeratsiya yuz 
beradi. 
Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi. 
Operatsiyaga mutloq monelik qiladigan xollarga tug’ma yurak nuksoni, 
bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kalla suyagi-miya shikasti 
kiradi. 
Diametri 5-7 sm li churralarda qorin oralig’i devori qatlam-qatlam qilib 
tikiladi. 


303 
Diametri 7-9 sm li churralarda faqat teri tikiladi. 
Katta o’lchamli churralar qorin ichi bosimining xayot uchun xavfli oshib 
ketishi sababli operatsiyaga nisbiy monelik qiladigan xol xisoblanadi. Bunday 
xollarda churraga steril bog’lam qo’yiladi va qorin devorini yopishkoq plastir 
tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi peritonit 
va sepsisdan nobud bo’ladi. 
Agar bu kasallar oyi-kuni to’lib va qo’shilib keladigan og’ir rivojlanish 
nuqsonlarisiz tug’ilgan bo’lsalar Gross bo’yicha 2 boskichli operatsiya qilish 
yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin. 
Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki 
keyinchalik hosil bo’ladi. Bolalarda kindik churralari ular yig’laganda, qattiq 
yo’talganda va fimozda doimiy kuchanganda, oriqlab ketganda vujudga keladi. 
Bolalarda kindik churralari odatda katta o’lchamli bo’lmaydi va oson joyiga 
tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi. 
Davolash.
 
Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’lik. Chaqaloq va 
yosh bolalarda qorin pressi o’sishi va rivojlanishi jarayonida odatda bola 3-5 
yoshga, ba’zan 5-6 yoshga etganda churraning o’z-o’zidan tuzalib ketishi 
kuzatiladi. Bundan kechroq muddatlarda kindik halqasi o’zicha yopilmaydi. 
Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi. 
Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi: 
1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yib qo’yish. 
Uning chekkalari churra teshigi chekkalarini yopib turishi lozim. Bog’lam 1 
oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi; 
2) qorin pressini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan massaj va 
gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi; 
3) qorin muskullarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasallikni 
davolash; 
4) to’g’ri rejim, vannalar, to’g’ri ovkatlanish. Konservativ davo yordam 
bermaganda (odatda 2-3 yildan keyin) va churra qisilganda operatsiya qilishga 
to’g’ri keladi. 


304 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish