bo’ldi. Jamiyatda ijtimoiy tajribani o’rgatuvchilar (ustozlar) va urganuvchilar
(shogirdlar) toifalari ajraldn. Ta’lim ustoz va shogirdning o’zaro ta’siri
yoshlarning u yoki bu faoliyat soxasida o’z ustozi darajasiga ko’tarilishiga,
ba’zilarining esa o’z ustozidan o’zib ketishiga sabab bo’ldi. Natijada ijtimoiy
tajribani o’rganishning dastlabki qolipi («Men bajarganday bajar») bilan
16
yonma-yon ikkinchi qolip («o’zing istaganday bajar») ishlatila boshlandi.
Oqibatda ijtimoiy metodlar ta’limda o’z maqomini egalladi.
Ta’limning ijtimoiy institut sifatida shakllanishi bilan parallelь yozuv,
keyinchalik bosma kitob ixtiro qilindi. Bu insoniyat tarixida o’ziga xos
inqilob edi. Yoshlar bilimni ikki manbadan—xam pedagog nutkidan, xam
kitobdan o’rgana boshladi.
qadimgi grek faylasuflarining asarlarida «didasko», «didaskal»,
«didaskales» so’zlari «o’rganish», «pedagog», «o’rganuvchi» ma’nolarida
qo’llangan. SHuningdek, quldorlik jamiyatida «kalokagatxiya» formulasi
(grekcha «kalos kay agatos» so’zlarining qisqargan shakli) mavjud bo’lib, u
ma’naviy va jismoniy munosabatlarda uyg’unlik mazmunini anglatgan. SHu
formulaga ko’ra ma’naviy boyliklarni o’rgatish mazmuni, jismoniy mashqlar
tizimi belgilangan. Bu paytga ke-lib ta’lim muayyan mazmun va ma’lum
maqsadga yo’nalganlik kabi xususiyatlarga ega bo’ldi. Binobarin, quldorlik
jamiyatidayok ilmiy didaktikaning kurtaklari paydo bo’lgan edi.
XVII asrning boshlarida nemis tilshunos olimi Volьfgang Ratixiy —
Ratke (1571—1635) «didaktika» terminini «o’qitish san’ati» ma’nosida
qo’llagan. 1613 yilda Kristof Xel’vig va Yoxim Yung Volьfgang Rat-kening
tilshunoslik va nemis Oliy ukuv yurtlari yoki ta’lim muassasalariida ona tili
o’qiish soxasydagi tajribalarini umumlashtirib, «Didaktikadan qisqacha
xisobot yoki Ratixiyning o’qitish san’ati» nomli asarni yozishgan. Bu
asarda «didaktika termini «o’qitish va tarbiya san’ati» ma’nosida
qo’llangan. Keyinchalik ingliz faylasufi Fransis Bekon (1561—1626) 1620
yilda yozilgan «Yangi organon» nomli asarida fanlar sistemasi xususida fikr
yuritib, «didaktika» terminini «badiiy asarni o’qish san’ati» ma’nosida
ishlatgan. Garchand XVII asrning ikkinchi yarmigacha «didaktika» termini
turli ma’nolarda qo’llangan bo’lsada, ta’lim didaktik tizim sifatida
asoslanmagan edi. Didaktik tizim nima?
Didaktik tizim — ta’limda pedagog
va o’quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari,
tashkiliy shakllari to’g’risidagi qarorlar (g’oyalar) majmuydir.
17
Didaktik tizimlarning ayrimlarida asosiy e’tibor pedagog faoliyatiga,
ba’zilarida esa talaba faoliyatiga qaratilgan. Ana shunga ko’ra didaktik
tizimlarni shartli ravishda uch guruxga ajratamiz: klassik! didaktik
tizimlar. Bunday didaktik tizimlar «o’qitish o’qishdan katta» qolipi
asosida yaratilgan; progressiv didaktik tizimlar «o’qish o’qitishdan
katta»! qolipi asosida yaratilgan bo’lib, ularda ustunlik o’quvchi faoliyatiga
berilgan zamonaviy didaktik tizimlar o’qitish va o’qish faoliyatlarining
o’zaro uyg’unligini xisobga olish asosida yaratilgan.
quyida yetakchi didaktik tizimlarning tarixiy — tanqidiy tavsifini
keltiramiz.
Klassik didaktik tizim — namunali, xamma tomonidan e’tirof etilgan,
umuminsoniy ma’naviyatlar darajasida tan olingan didaktik qarashlar
majmuidir.
Klassik didaktik tizimlarda didaktika fanining kategorial apparati —
didaktika logikasiga oid asosiy tushunchalar chegaralangan, ma’lumot
mazmunini moddiylashtirish vositalari (masalan, darslik, ko’rgazma qurol va
sh.k.) belgilangan, didaktikadagi asosiy g’oyalar—ta’limning rivojlantirish
(I.G.Pestalotstsi), tarbiyalovchanlik (I.F.Gerbart) xususiyatlari, shuningdek,
tabiatga (Ya.A.Komenskiy) va madaniyatga (A.Disterveg) moslab o’qitish
kabi qarashlar"; asoslangan, ta’limning yetakchi printsiplari, ta’lim metodlari
va uning asosiy tashkiliy shakllari ishlab chiqilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: